Injener-geodezik izlanishlar deb nimaga aytiladi?


Devor nima va uning qayday turlari bor?


Download 84.31 Kb.
bet22/27
Sana23.04.2023
Hajmi84.31 Kb.
#1385099
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
yo\'nalish bo\'cha

46. Devor nima va uning qayday turlari bor?
Devorlar — o‘z vazifasiga va joylashishiga ko'ra ichki va tashqi to‘siq, ya’ni xonani tashqi muhit ta’siridan himoyalovchi yoki xonalami bir-biridan ajratib turuvchi eiementlar. Devorlar yuk ko'tamvchi va yuk ko'tarmaydigan turlarga bo'linadi. Yuk ko'tamvchi devorlar yuqorida joylashgan konstruksiyalar, jihozlar, mebellar va shu kabilardan tushadigan og'irlikni ko'tarib turadi. Ham ichki, ham tashqi devorlar yuk ko'tamvchi bo'lishi mumkin. Binolami kichik-kichik xonalaiga ajratuvchi to'siq (parda) devorlar yuk ko'tarmaydigan hisoblanadi. Bunday devorlar, odatda, poydevorsiz bo'ladi. To'siq vazifasini o'tovchi devorlar poydevorlarga yoki poydevor to'siniga tayanib, o'zini ko'tarib turuvchi va ustunlarga ilingan osma devorlar tarzida ham bo'lishi mumkin.
Devor — 1) bino, uyning tomini koʻtarib turuvchi yoki xonalarga ajratuvchi tik qismi. Bino va uylarda yuk tushuvchi (tomni koʻtarib turuvchi) devorga va faqat xonalarni ajratib va toʻsib turuvchi — pardevorga; ichki va tashqi devorlarga boʻlinadi. Devor pishitilgan loydan (paxsa devor), pishiq gʻisht va xom gʻishtdan (gʻishtin devor), tosh, shlak-beton va temir-betondan (tosh devor) qilinishi, pardevor yaxlit gips plitalardan ham koʻtarilishi mumkin. Gʻishtin devor yarim, bir, bir yarim, ikki gʻishtli qilib teriladi. Devorning qalin va yupqa, yigʻma va yaxlit, terilgan va urilgan xillari boʻladi. Har qanday devor tashqari va ichkaridan har xil usulda (somon suvoq, sement suvoq, alebastr, ganch suvoq va boshqalar) suvab qoʻyiladi. devor koʻzli (deraza va eshik oʻrinlari tashlab ketilgan) va koʻzsiz yoki yaxlit boʻladi;
47. Qurilish tashkilotlarida mehnatni muhofazalash (texnikaviy havfsizlik) bo‘yicha ish beruvchining funksional vazifalariga nimalar kiradi?

48. Bosh reja nima?
Bosh reja, asosiy reja -1) meʼmorlikda shahar va boshqalarning kelajakdagi rivojini aks ettiruvchi ilmiy asoslangan loyiha. Aholi yashaydigan manzillar (shahar, qishloq, yoʻldosh shaharcha va boshqalar) da yangi binolar qurish, meʼmoriy obidalarni taʼmirlash, koʻkalamzorlashtirish, koʻcha, maydon, transport yoʻllari, yer osti yoʻllari, kanalizatsiya va boshqalarni vujudga keltirish kabilar aks etadi. Shahar qurilish ishlari (meʼmorlik, muhandislik, tibbiy, ijtimoiy taraqqiyot darajasi bilan qurish va loyihalash ishlari, aholi oʻsish darajasini hisobga olish) va boshqa loyihalar Bosh reja ga boʻysundiriladi. Unda shaharning maʼlum yillarda koʻzda tutilgan taraqqiyoti, qayta tiklash ishlari, qurilishlarning muddatlari mujassamlangan boʻladi; 2) sanoat korxonasi Bosh reja si korxona loyihasining asosiy qismlaridan biri boʻlib, tarkibiga ishlab chiqarish binolarini joylashishi, transport aloqalari, hududini obodonlashtirish va boshqa masalalarni rejalashtirishni uygʻunlikda hal qilish kiradi.

Download 84.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling