Inklyuziv ta’lim muassasalarida nogiron bolalarni o’qitishda maktab rahbarlari va tashkilotlarining o’rni


Eshitish va nuqsonlari bor bolalar


Download 12.03 Kb.
bet3/4
Sana18.10.2023
Hajmi12.03 Kb.
#1708737
1   2   3   4
Bog'liq
Inklyuziv ta\'lim nogiron bolalarni o\'qitish2

Eshitish va nuqsonlari bor bolalar

  • Nutq – murakkab ruhiy faoldiyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman, barkamol bo’lib o’sishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo’lib, atrofdagilarga taqlid etish yo’li bilan rivojlanib boradi. Og’zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizator bilan mahkam bog’langan holda ishlaydi. Eshituv analizatorining rivojlanishi esa ko’p jihatdan talaffuzga bog’liq. Bola nutqining o’sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina xarakterlanib qolmay, balki eng muhimi o’z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so’zlarning tuzilishi, tovush tarkibini farqlay bilish qobiliyati bilan ham harakterlanadi. So’z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega.

Ko’rish nuqsonlari bor bolalar

  • Tiflopedagogikada ko’zi ojiz bolalar ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar guruhlariga bo’linadi. Ko’r bolalarning ko’rish qobiliyati keskin kamaygan (total ko’rlik) yoki korrektsiya qo’llanilganda (ko’zoynak tutilganda) ham ko’rish o’tkirligi 0,04 gacha pasaygan, ya’ni bunday bolalar amalda ko’r bo’ladi. Zaif ko’ruvchi bolalarda ko’rish o’tkirligi 0,05 dan to 0,04 gacha bo’lishi mumkin. Ushbu gurhdagi bolalar tevarak – atrofni ko’rish analizatori orqali idrok etadi.
  • Ko’rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko’ra tug’ma va orttirilgan bo’ladi. Tug’ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar, homilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha va boshqa kasalliklar bilan kasallanishi sabab bo’lishi mumkin.

Og’ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar

  • Maxsus yordamga muhtoj anomal bolalarga og’ir nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar ham kiritiladi. Nutq nuqsoni logopediya fanida muayyan tilning me’yoridan chetga chiqish deb ta’riflanadi. Nutq nuqsoni o’z – o’zidan barham topmaydi, balki vaqt o’tgan sari yanada mustahkamlanib, zo’rayib boradi. Nutq nuqsoni gapiruvchining yoshiga mos kelmaydi. Nutq nuqsoniga ega bo’lgan kishilar logopedik yordamga muhtoj bo’ladi. Og’ir nutq nuqsoni kishining nafaqat nutqiga balki, umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko’rsatali.
  • Hozirgi kunda nutq nuqsonlarining turli klassifikatsiyalari mavjud. Nutq nuqsonlari asosan 3 ta katta guruhga ajratiladi. Fonetika – fonetik xarakterli nuqsonlar, sistemali nutq buzilishlari va yozma nutq nuqsonlari. Fonetika – fonematik nuqsonlarga tovushlar talaffuzidagi nuqsonlar, ovoz nuqsonlari, nutq sur’ati, tempi, ritmi va ravonligidagi kamchiliklar, nutqni idrok etishni buzilish oqibatida sodir bo’lgan nuqsonlar kiritiladi.

Download 12.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling