Microsoft Word 1-2-Ma'ruza Vokal Word
Download 480.71 Kb. Pdf ko'rish
|
1-2-Ma\'ruza Zamonaviy musiqa
1-Mavzu. Estrada xonandasi ovozini shakllantirishga doir uslubiy tavsiyalar Reja 1.Vokal va estarda xonandasining mashq jarayonidagi asosiy rejimi. 2.Ovoz mashqlarining asosiy vazifalari 3.Asarlarni o’rganishga doir metodik tavsiyalar 1.Vokal va estarda xonandasining mashq jarayonidagi asosiy rejimi. Taniqli bastakor Dilorom Omonullaeva 2007 yilda nashr ettirgan “Estrada xonandaligi” deb nomlangan musiqa va san’at oliy ta’lim muassasalari talabalariga mo’ljallangan o’quv qo’llanmada vokal va estrada xonandasining ovoz mashqlari va ular ustida ishlash borasida qimmatli ma’lumotlarni keltirib o’tgan. Jumladan mazkur ma’ruza matnida ushbu qo’llanmadan keng foydalanildi. Estrada xonandaligi sinfida dars vokal mashqlaridan boshlanadi.Vokal mashqlari estrada xonandasi tarbiyasida muhim o’rin tutadi, binobarin, u talabaning vokal-texnik malakalari ko’nikmalarini hosil qilish va rivojlanishida katta rol’ o’ynaydi. Vokal darslarining umumiy vaqti 40-45 daqiqa bo’lgan tarzda, (haftada 3 marta) vokal mashqlariga odatda 15-20 daqiqa vaqt ajratiladi.Amaliy mashg’ulotlar jarayonida har bir talaba (o’quvchi)ga individual ravishda yondoshish talab etiladi. Mashqlarni tanlaganda talabaning musiqiy qobiliyati va vokal tayyorgarligi, ovoz diapazoni va ovoz apparatidagi nuqsonlari hisobga olinishi muhimdir. Dastlabki darslardan boshlab ustoz yosh xonandaning ijro holatidagi qomatiga alohida e’tibor berishi lozimdir. Bunda xonanda qomatini tekis, boshini esa tik tutib, erkin nafas olib, oyoqlarga bardam tayanib kuylashi lozim bo’ladi. Vokal mashqlarini diapazonning o’rta (markaziy) qismidan boshlash lozimdir. Diapazonning pastki va ayniqsa, yuqori tovushlarini asta-sekinlik va ehtiyotkorlik bilan kengaytirish maslahat beriladi. Mashg’ulotlarning boshlang’ich davrida ovozni toliqtirmaslik lozim. Ovoz mushaklari toliqqanda talabaga 3-5 daqiqa dam berilib, suhbat o’tkaziladi. Suhbat davrida bajarilgan ish tahlil etiladi, uning yutuq va kamchiliklari aniqlanadi, yangi vazifalar belgilanadi. Dastlabki darslarda talaba xotirasida tez muhrlanib qoladigan oddiy, qisqa mashqlar kuylanadi. Keyinchalik, oddiy mashqlar o’zlashtirilgandan so’ng, murakkab mashqlarga kirishiladi. Birinchi mashqlar unli tovushlarni vokallashtirishga qaratilishi lozim. Tajribalar shuni ko’rsatdiki, unli tovushlar ichida xonandaning o’sishi uchun eng foydalisi – “A” va “I” tovushlardir. Ushbu tovushlar darslarda to’g’ri o’zlashtirilsa, qolgan “E”, “O”, “U” tovushlari ancha oson kuylanadi. Zero, ular unli tovushlarda ovozning tiniqligi, intonatsiyaning sofligi,registrlarning ravonligi, diapazonning kengayishi, ovoz mushaklarining erkin ishlatilishi va boshqa vokal malakalarini o’zlashtirishda muhim rol’ o’ynaydi. Har bir xonandalik sinfida o’qituvchilar bu malakalarni o’zlashtirishda o’z uslubiy yo’li bilan yondoshadi.Ayniqsa,“Opera xonandaligi” va “An’anaviy xonandalik” sinflarida xonandalarni tarbiyalash tizimida ko’pgina tajribaga egamiz. Ma’lumki, opera xonandaligida “A” va “O” tovushlari “doirasimon” yopiq tarzda kuylanadi. Estrada xonandaligi ijrochiligida esa mazkur tovushlar biroz ochiq va “xalqona” yo’lida kuylashi lozim. Zotan, xalq xonandaligi va an’anaviy maqom xonandaligining ovoz va nafas yo’llarini o’ziga mujassam etadi. Estrada san’atining xalq tomonidan tez va oson idrok etishning sababi ham shunda. The minstrel show, the first form of musical and theatrical entertainment to be regarded by European audiences as distinctively American in character, featured mainly white performers who blackened their skin and carried out parodies of African-American music, dance, dress, and dialect. Today blackface minstrelsy is regarded with embarrassment or anger. Yet there is reason to believe that its common interpretation as an expression of racism oversimplifies the diverse meanings it represented. In any case, it would be difficult to understand American popular music without some knowledge of the minstrel show. The minstrel show emerged from working-class neighborhoods where interracial interaction was common. Early blackface performers were the first expression of a distinctively American popular culture, in which working-class white youth expressed their sense of marginalization through an identification with African-American cultural forms. This does not mean that minstrelsy was not a projection of white racism, but its meanings were neither fixed nor unambiguous. 1 2.Ovoz mashqlari va ularning asosiy vazifalari 1. Kuylashda nafasni vokal ixtisosiga mos darajada olish; 2. Kuylashda “artikulyatsiyani” to’g’ri ishlatish; 3. Tomoq (ovoz) mushaklarini rivojlantirish; 4. Sof intonatsiyaga erishish; 5. Ovoz diapazonini (doirasini) kengaytirish; 6. Barcha kuylash texnikalari: kuychanlik (kantilena), stakkato, non legato, tayanchli tovush (opyortыy zvuk), fal’tset, tovush filirovkasi, ovoz dinamikasi (forte, piano) ni egallash; 7. Estrada xonandaligi uslubidagi barcha texnik yo’nalishlarini egallash. Ijrochi kuylash jarayonida mashqni formal tarzda qaytarmasdan, balki ongli va ijodiy tarzda his etib kuylashga yondoshishi shart. Bu uchun har bir mashqni talabaga kuylashni tavsiya etishda uni nafaqat kuylab ko’rsatish, balki uning asosiy maqsadini mufassal tushuntirib berish lozim.Shunda talaba ongli ravishda ovozini tug’ri yo’naltiradi, hamda fonetik va texnik qiyinchiliklarni onson yengib o’tadi. Eng avvalo ovozni erkin va to’liq chiqishini diapazonning o’rta qismida yangratishga erishish lozim. Shundan so’ng diapazoning yuqori tovushlarini kuylashga o’tish mumkin. 1 American popular music. Larri Star & Christopher Waterman. Oxford Universite Press. Inc. 2007 Ish jarayonida ustozning idroki nihoyatda xushyor bo’lishi, tomoq siqilishi, artikulyatsiyaning noto’g’ri pozitsiyada ekanligi va xususan ovoz toliqishini o’z vaqtida payqab olib zarur choralar ko’rishi shart. Dars jarayonida talabada vokal mashqlarining barcha turlari “M” (yumuq) tovushdagi yopiq lablar bilan ochiq tarzdagi unli tovushlar hamda unli va undosh tovushlar birligida “legato”, “stakkato”, “arpedjio”, intervallar, gammalar, kichik kuylarni (popevka) kuylash va ulardan tegishli malakalar va ko’nikmalar shakllanishi lozim. Ma’lumki, har bir ustoz-o’qituvchi o’zining shaxsiy tarjibasi va nuqtai nazariga tayanib vokal mashqlari orqali ovozni rivojlantirishda xususiy ish uslubiga ega. Ushbu qo’llanmada umumlashtirib berilgan vokal mashqlardan va uslubiy tavsiyalardan unumli foydalanib, o’z ish uslubini takomillashtirish tavsiya etiladi. Quyida D.Omonullaeva 2007 yilda nashr ettirgan “Estrada xonandaligi” deb nomlangan o’quv qo’llanmasida tavsiya etgan vokal mashqlari keltirib o’tiladi. 3.Asarlarni o’rganishga doir metodik tavsiyalar Yuqorida ta’kidlanganidek, taniqli bastakor Dilorom Omonullaevaning 2007 yilda nashr ettirgan “Estrada xonandaligi” deb nomlangan musiqa va san’at oliy ta’lim muassasalari talabalariga mo’ljallangan o’quv qo’llanmasiga asosan muallifning yangi va shuningdek, XX asrning 90-chi yillarida yaratilgan, respublikamizning taniqli xonandalari repertuaridan joy olgan taniqli qo’shiqlar kiritildi. Qo’llanmaga kiritilgan qo’shiqlar o’quv jarayonida «Estrada xonandaligi» kafedrasi talabalari tomonidan sinov-imtihonlarda, kontsert va konkurslarda ijro etilgan, shuningdek, bir karra tajriba sinovdan o’tgan ayol va erkak ovozi uchun mo’ljallangan qo’shiqlarni o’rganish talab etiladi. Har bir qo’shiqqa alohida izoh berishdan oldin, umumiy uslubiy ijro masalalariga to’xtalib o’tishni lozim topdik. Birinchi o’rinda qo’shiqning she’riy matn mazmunini, unda ifodalangan obrazlarni ijrochi-talabalar yaxshi tushunib olishi zarur. Har bir qo’shiq ma’lum bir kompozitsion tuzilishga ega. Bu kompozitson tuzilish she’riy mazmun bilan bog’langan bo’lib, ko’p qo’shiqlarning shakli ikki qismli, ya’ni “bandli” (“kuplet”) – “naqarotli” shaklda yozilgan. Naqarotda qo’shiqning asosiy g’oyasi muxtasar shaklda berilgan. “Naqarot” qo’shiqda markaziy o’rin egallaydi, chunki, matnning asosiy g’oyasi “naqarotda” mujassamlangan. She’rning g’oyaviy mazmuni musiqiy ohang tuzilishida ifodalangan. Musiqa va matn bir-biri bilan chambarchas bog’lanib, uyg’unlashib ketgan. Ijrochi- talabaga shuni uqtirib borish lozimki, qo’shiqning ijrosida xonanda she’riy matnga alohida e’tibor berib, ijrosida badiiy obraz va psixologik holatlarni aniq ifoda etishga alohida e’tibor berish kerak. Bu albatta, ijrochidan katta vokal-texnik va artistik mahoratni talab etadi. Ko’p yillik ijodiy va pedagogik ish faoliyatda shu narsa kuzatildiki, ayrim ijrochi-talabalar qo’shiqning mazmunini to’laqonli tushunib yetsasdan, uni butun vujudiga singdirmasdan, unda tasvirlangan badiiy obrazni tushunmasdan, ijroni maromiga yetkazmasdan, havaskorona ijro etadilar.Tajribali ustozlar hamisha ta’kidlashganidek, hozirda ham birinchi o’rinda yaxshi talaffuzga, so’zlarni oxirgi harflarigacha aniq va to’g’ri ifodalab, ijroni sekin-asta badiiy yuksak darajada bajara olish mahoratini shakllantira borishga alohida e’tibor berish shart. To’g’ri nafas olish – vokal ijrochilik san’atida katta ahamiyatga ega. Qo’shiqning mahoratli ifodasi nafas olishga bog’liq.Shunday nafas olish kerakki, she’r mazmuni va so’zlar ma’nosi buzilmasligi, bunda nafasni bir maromda olib, jumlani oxirigacha yetkazishga harakat qilish zarur. Jumla yoki uning ma’lum bo’lagi, ya’ni “frazani” yaxlitligiga va so’z mantiqi buzilmasligiga ahamiyat berish kerak. Ijro etilayotgan qo’shiqning obraz strukturasi (tuzilishi) hamisha ijrochidan yuksak mahoratni talab etadi. “Estrada xonandaligi” deb nomlangan qo’llanmada asosan uch tipdagi xarakterga ega bo’lgan qo’shiqlar: a) vatanparvarlik ruhidagi lirik-dramatik mazmunli qo’shiqlar; b) muhabbat iztiroblarini ifoda etuvchi psixologik lirik-dramatik mazmunli qo’shiqlar; v) yuksak insoniy g’oyalarni aks ettirgan chuqur falsafiy mazmunli qo’shiqlar tahlil etilgan. Bu uch tipdagi qo’shiqlar xonandadan qo’shiqning boshidan oxirigacha yaxlit obrazning yaratilishini talab qiladi. Bunda ijrochi mazkur obraz “mag’zi”ga kira olishga harakat qilmog’i lozim bo’ladi. O’qish davomida estrada xonandasi egallab olishi zarur bo’lgan bir muhim ixtisosiy malaka ustida alohida to’xtalib o’tmoqchimiz. Ya’ni, qo’shiqni zamonaviy yangicha uslub yo’nlishida ijro etishni o’rganish.Estrada vokal ijrochiligida bu eng murakkab texnik vositadir. Har bir yosh xonanda ijrochilik faoliyatini taqlid bilan boshlaydi. U o’zi sevgan xonandasining qo’shiqlarini, keyinchalik o’zining shaxsiy qo’shiqlarini o’sha o’rgangan taqlid yo’lida ijro eta boshlaydi. Bunda ijrochi qo’shiqlarni o’sha xonandalarning yo’liga o’xshatib ijro etish katta ovoz diapazonini, murakkab milliy nola va qochirimlar, ovozning baland texnik darajasini tushunib bilgan holda shunga yarasha o’z iste’dodini namayon etishini talab qiladi. Darhaqiqat, oxirgi paytlarda taniqli estrada yulduzlarining uslubiy yo’lida ishlayotgan ko’plab yoshlar estrada doirasida tanilib, yashab kelmoqda. Bu shunchalik murakkab va ma’suliyatli malakaki, uni yoshlikdan, ya’ni litsey, kollej bosqichida o’qitish davridan boshlab shakllantira borish zarurligini taqozo etadi. Yosh ijrochi o’zining individual, boshqa xonandalardan ajralib turadigan ijro yo’lini, ya’ni faqat o’z ovozi, iqtidoriga xos va yarashgan yangi estrada “imidjini” yaratishga harakat qilishi talab etiladi. Yuqorida aytilgan masalalar bilan birga o’qish jarayonida egallab olishlari zarur bo’lgan quyidagi malakalar ham turadi: a) xonandalik nafas yo’llarini vujudga keltirib, tirgakli nafas («opornoe dыxanie») ustida ishlash; b) pastki, o’rta va yuqori tessituradagi tovushlarni silliqlash (vыravnivanie); v) ovozni kuychan darajada («kantilena») yo’naltira bilish malakalarini shakllantirish; g) milliy va zamonaviy estrada ritmik usullarini ichidan his qilib kuylash malakalarini rivojlantirish; d) ijro paytida badan mushaklarini erkinlashtirib qo’shiqdagi usulga mos harakatlantirish. Ishlash davomida o’smirlar ovoz shakllanishga, ayniqsa, litsey, kollej bosqichidagi o’g’il bolalarda “mutatsiya” (ovoz o’sishini keyingi bosqichga o’tishi, o’zgarishi) davri jiddiy hisobga olish talab etiladi. Ushbu talablar yuzasidan har xil uslub (stilь) va xarakterga ega bo’lgan, texnik jihatdan turlicha (sodda va murakkab) qo’shiqlar berilgan. Kichik ovoz diapazoniga mo’ljallangan qo’shiqlar: “Men seni hech kimga bermayman”, “Saratonim ketdi”, “Kecholmayman”, “Yor, sendan kechib bo’lmas” litsey (kollej) o’quvchilariga va boshlang’ich bakalavr kurslariga mo’ljallangan. “Yomg’ir yog’di”, “Otash zamon”, “Sen eding”, “Bir-biringni asra o’zbegim”, “Sen qaydasan” kabi qo’shiqlar keng ovoz diapazonini va yuksak artistik mahoratni talab qiladi. “O’zbekiston”, “Siz yoqqansiz menga”, “Oq laylaklar”, “Turnalar qaytguncha omon bo’laylik” - lirik xarakterga va “soul” yo’nalishiga ega bo’lganligi tufayli, bu qo’shiqlar talabalar ovozini kuychanlik (“kantilena”) yo’lidagi ijrolarini mukammallashtirishga yordam beradi. Zamonaviy estrada qo’shiqchiligida “rechitativ” uslubi ham alohida o’rin egallagan. Ushbu yo’nalishda ko’plab qo’shiqlar yaratilib, teleradio to’lqinlari va kontsert maydonlarida ijro etilmoqda. Ushbu texnik yo’nalishni litsey (kollej) bosqichidan boshlab egallash maqsadida quyidagi qo’shiqlar tavsiya etiladi: “Saratonim ketdi”, “Siz yoqqansiz menga”, “Ikki daraxt”, “Meni kutma”, “Sen qaydasan”. “Sen eding” va “Sen ketarsan” – “djaz” yo’nalishida yaratilgan asarlar bo’lib, talabalarning ushbu uslubiy ijro malakalarini rivojlantirish maqsadida bakalavriatni bitirish davrida o’quv dasturiga kiritilishi tavsiya etiladi. “O’zbekiston”, “Saratonim ketdi”, “Ikki daraxt”, “Sen qaydasan” kabilar yakkaxon (solo), hamda ikki ovoz (duet) shaklida ijro etilishi mumkin. “O’ZBEKISTON” – Muhiddin Omon she’riga yozilgan bu qo’shiq yosh xonanda, “Nihol” mukofoti sovrindori Oksana Nechitaylo (Sogdiana) ijrosida “Mustaqillik-2000” va ko’plab davlat bayram dasturlarida ijro etilgan. Qo’shiq ikki kuplet va naqoratdan iborat bo’lib, mazmunan lirik tantanavor xarakterga ega. Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat his tuyg’ularini ifodalovchi lirik holda mayin boshlanib, naqoratda tantanavor ruh, millatga, Vatanga bo’lgan g’urur holatini ifodalaydi. Asar ustida ishlash jarayonida quyidagi xususiyatlarga alohida e’tibor berish lozim. Ikki xil ruhiy holatni ifodalash, bitta katta nafasda so’z mazmunini buzmagan holda jumlani oxirigacha yetkazish, talaffuzga alohida e’tibor berish. Qo’shiq ko’proq estrada ijrochiligi bilan dastlab shug’ullana boshlagan ijrochilarga mo’ljallangan. Ijro etishdan oldin, to’liq (uzun) nafas olish ustida ishlash maqsadida quyidagi mashq bajarish tavsiya etiladi.Bu mashq qo’shiqdagi lirik obrazga kirishga yordam beradi: 2-Mavzu: O’zbek estrada san’atining asoschisi - Botir Zokirov Bugun o’zbek estrada qo’shiqchiligining asoschisi Botir Zokirov tavallud topgan kun. Botir Zokirov hayot bo’lganida ushbu kun 86 yoshga to’lardi. Botir Zokirovning kundaliklarini va Fotima Sharipovaning Zokirovlar sulolasi haqidagi “Abadiyat ibtidosi” kitobi yaratildi. Ta’sirli kitob. Jaholat borligi uchun ham yaxshi insonlarning, buyuk g’oyalarning qanchasi muallifining qalbida armon bo’lib qolib ketadi.Mazkur kitobda Botir Zokirovning kundaligidagi bitiklar havola qilingan.Nazarimda insonlardagi loqaydlik va befarqlik dunyomizni yanada ko’proq to’ldirmoqda, u go’yo zamonaviy san’atimizni aks ettirayotgandek.Tuzsizlik va kaltafahmlik, baxillik va ikkiyuzlamachilik-loqaydlik hukmidagi bosh illatlar mana shular. Iste’dodlilarni yerto’lalarga haydab u tantana qilmoqda, kulmoqda. Kimlarki zaifroq bo’lsa, ular dosh berolmasdan turli yo’llar bilan hayotdan ketayotir. Bir xillarning boshiga ichkilik yetmoqda, boshqa birlari kasbini o’zgartirmoqda, yana bir xillar o’z joniga suiqasd qilsa, to’rtinchi toifa yashash uchun moslashmoqda. Hayotimning qo’shig’in topolsaydim Dunyoda kishilarni olijanob, poklikka e’tib da’vat. Baxilligu tubanlik, xudbinligu riyoga, kurashlarga chorlasa meni u azalu abad. Tilimning soqovligi do’zax o’tidan yomon, U menga shivirlaydi. Yashamagin yaxshisi. Yashashga kuch topganlarga qanday hasad qilaman, q Anday topay men o’sha alam va haq sasini. Inson nega kuyga, qo’shiqqa oshufta? Navo og’ushida goho bor-yo’qligini ham unutib qo’yadi, nega? Kuy-qo’shiqda qanday sehr borki, ko’ngilda mehr uyg’otadi? Botir Zokirovning qo’shiqlarini tinglagan inson mana shu savollar girdobida qoladi. Goh milliy ohangdagi qo’shiqlardagi tug’yon, dardlarni tinglasak, goho arab, eron, hind, livan, meksikacha, italьyancha, suriyacha qo’shiqlarini tinglab mehr-muhabbat u qay millatdan bo’lishidan qat’iy nazar inson qalbiga bir xil dard solishini anglaymiz. O’zbek estrada san’atining asoschisi va yorqin yulduzi, O’zbekiston xalq artisti Botir Zokirovning jahon musiqa san’atida o’z munosib o’rni bor. Tiniq, mayin, maftunkor ovoz sohibi bo’lgan bu ulug’ san’atkor betakror qo’shiqlari bilan o’ziga haykal qo’yib ketgan insondir. BOTIR ZOKIROV (1936-1985) O’zbek professional estrada san’ati asoschilaridan biri, dunyo tan olgan estrada yulduzi Botir Zokirov Toshkent shahrida san’atkorlar oilasida dunyoga keldi.Uning otasi Karim Zokirov o’zbek opera san’atining sarbonlaridan biri, onasi Sh. Saidova o’zbek xalq qo’shiqlari, laparlari va yallalarining ajoyib ijrochisi edi. Umuman Zokirovlar oilasi o’zbek xalqining musiqa madaniyatiga salmoqli hissa qo’shgan sulola sanaladi. Botir Zokirovning bolaligi, yoshligi, san’at muhitida tarbiyalanadi. Uning xotirasi va eshitish qobiliyati juda kuchli edi. Rasm chizishga, shexr yozishga ishkiboz edi. San’atda birinchi ustozlari otasi Karimjon aka, onasi SHoxista opa buldilar. U yoshlikdan qo’shikni dildan sevib kuylashni odat qildi. Uning birinchi qo’shigi “Qaydasan, seni kutaman” deb atalgan va o’n to’rt yoshida “Majnun” deb nomlangan kartinani chizdi.1952 yili Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakul’tetiga o’qishga kirdi. O’sha davrda estrada san’atida qaldirg’och sanalgan. “Yoshlik” estrada ansambliga qatnay boshladi. 1958 yilda shu ansambl bazasida O’zbekiston Davlat estrada orkestri tuzildi. Orkestrni tuzishda Botir Zokirov jonbozlik ko’rsatdi. Singlisi Luiza Zokirova bilan ushbu ansamblda ishlay boshladi. Orkestr Botir Zokirovning ijodiy yo’lini qat’iy belgilab berdi.1957 yilda Moskvada o’tkazilgan o’zbek dekadasida mashhur arab kompozitori Dorish Al-Attoshning “Arab tangosi” qo’shigi birinchi marta yangradi va chaqmoq kabi Botir Zokirov nomini qo’shiksevarlar qalbiga olib kirdi. Bu kutilmagan omad, shuxrat va kelajakka ishonch edi. Bu qo’shiq xonanda dasturining mukaddimasi bo’lib qoldi va minglab nusxada plastinkalar chop etildi.1959 yilda “Gullar ochilganda” badiiy fil’mida qahramonlardan birini obrazini yaratadi va qo’shiq ijro etadi. 1963 yilda esa “Seni izlaring” badiiy filmida shoir Turob Tula va kompozitor Ikrom Akbarovning “G’azli qo’shigi” yangradi. Keyinchalik Ikrom Akbarov bilan hamkorlikda “Qaro ko’zligim”, “Yor kel”, “Ey sarbon”, “Seni yo’qlab” singari mashhur qo’shiqlar dunyoga keldi.Botir Zokirovni ayniqsa, Moskvalik tomoshabinlar intiqlik bilan kutishardi. Mashhur kontsert zallarida chiptalar oylab oldindan sotilib bo’lardi.1966 yili Moskva “Myuzik – xolli” bilan Parijga qilgan ijodiy safari xonandaga chinakamiga jahonshumul shuhrat keltirdi. Jahonga mashhur Olimpiya estrada teatri sahnasida 20 kun davomida kontsertlarda qatnashdi. O’zi sevib ijro etgan qo’shiklari katorida “Dust haqida qo’shiq”,“O’lkam qizi”, “Meni tashlab ketma” singari frantsuzcha qo’shiqlar ham bor edi.Ayniqsa,“Maro bebus” qo’shig’ini tomoshabinlar qaytalab aytdirishdi.Gastrolning so’ngi kunlarida kontsertlarning ikkinchi bo’limida faqat o’zi kuyladi. O’sha paytda Parij gazetalari Botir Zokirovni jahonning mashhur qo’shiqchisi Sharlr Aznaur bilan tenglashtirib yozishdi.Oradan yigirma yil o’tib, o’zbekistonlik taniqli adiblardan biri frantsiyadagi safari chog’idagi bo’lgan uchrashuvda:“O’zbeklardan kimlarni bilasizlar-deb so’raganida, “Shoir Alisher Navoiyni, xonanda Botir Zokirovni”, deb javob berishgan ekan. Botir Zokirov turli tillarda qo’shik kuylardi. U boshqa xalqlar qo’shiqlarini kuylashdan oldin o’sha xalqning tarixi, turmushi, madaniyati va san’atiga oid har xil adabiyotlarni o’qib, o’rganardi. Shuning uchun ham ko’pgina xorijiy tillarda aytgan qo’shiqlari unga katta shuxrat olib keldi. Uni xindlar – “xind”, ruslar – “rus”, arablar – “arab”, frantsuzlar –“frantsuz”, deb atashardi. Vaholanki, u o’zbek xonandasi edi. 1972 yilda O’rta Osiyoda birinchi va sobiq ittifoqda uchinchi bo’lgan “Myuzik-xoll” guruhini tuzdi. “Myuzik-xoll” - bu estradaning eng yuksak chuqqisi hisoblanadi.U estrada ansambli, dramatik aktyor, tsirk artistlari, raqs guruhlari singari bir qancha janrlarni o’zida mujassamlashtirgan san’atdir. “Sindbod sayohati”,“Sharq bozori”, “Sharq ertagi”, “Toshkent to’yi” deb nomlangan dasturlari bilan respublikamizning turli shaharlarida, Moskvadagi “Rossiya”dagi “Oktyabr” kontsert zallarida oylab kontsertlar bergan. Botir Zokirov jahonning mashhur ijodkorlari Chingiz Aytmatov, Rasul Hamzatov, Nozim Xikmat, Yuriy Silantev, Iosif Kobzon, Mixail Ulyanov, Sergey Obraztsov, Tamaraxonim singari yozuvchi va san’atkorlar bilan mustahkam do’stlik va ijodiy aloqalar bog’lagan edi. Jahonning birinchi kosmo- navta Yuriy Gagarin 1963 yil 31 dekabr kuni “Goluboy Ogonyok” yangi yil bazmida, diktorning “Eng sevimli xonandangiz kim?” degan savoliga: “Mening yaxshi ko’rgan qo’shikchim Botir Zokirov”, deb javob bergan edi. Fazogir Toshkentga kelganida Botir Zokirovni ko’rish istagini bildiradi va u gastrolda bo’lganligi sababli, uyiga kelib onasi Shoxista opani ko’rib ketadi. Botir Zokirov sehrli muyqalam sohibi sifatida o’zidan ko’plab betakror asarlar qoldirdi.“Majnun”, “Oqshom”, “Avtoportret”, “Buxoro manzarasi”, “Saraton”, “Moskva manzaralari”, “Krim manzaralari”, “Yolgizlik”, “Ko’cha”, “Anor pishganda” singari asarlari shular jumlasidandir.Hikoyanavis yozuvchi sifatida “Ona”, “Muysafit”, “Paxlavon”, “Etakchi”, “Tabassum» hikoyalari “Sharq yulduzi 2, “Guliston” jurnallarida chop etildi. Botir Zokirov o’zbek milliy estrada san’atini rivojlanishini jon dilidan istar edi. U faqat xalqona milliy estrada san’atini tarafdori edi va bu xaqda kuyinib matbuotda fikrlarini bildirar edi.Shu yo’lda tinimsiz izlanar edi. Umrining oxirgi yillarida ukasi F.Zokirov rahbar bo’lgan mashhur “Yalla” ansambli bilan birgalikda ijod kildi. U sahnaga qanday yonib chiqqan bo’lsa, umrini oxirigacha shunday yonib kuyladi.Hamisha har qanday vaziyatda iymoniga, e’tiqodiga, o’zligiga sodiq qoldi.Bu buyuk san’atkor o’zbek estradasiga asos soldi. Yoshlikdan chirmab olgan surunkali kasallik natijasida umri davomida olti marta jarrohlik stoliga yotdi va 49 yoshida olamdan o’tdi. Unga “O’zbekiston xalq artisti” faxriy unvoni berilgan, vafotidan so’ng Prezident I.K.Karimovning Farmoni bilan “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan. Uning nomida har yili yosh estrada xonandalarining ko’rik tanlovi o’tkazilib turiladi. Botir Zokirov kompozitorlardan Ikrom Akbarovning "Yor, kel", "Rahno", "Gazli","Qaydasan","Seni eslayman",Mutal Burhonovning "Maftun bo’ldim", "Namedonam, chinom dorod", Sayfi Jalilning "Majnun monologi", "Kechalari yulduz sanab", Enmark Solihovning "Kuz keldi yana" va boshqa qo’shiqlarini kuylab xalqimizning estrada sanhatiniga asos solgan va durdonalar bilan boyitgan. Zamonaviy estrada uslubida qayta ishlangan sharqu g’arb navolari sanhatkorning dovrug’ini jahonga yanada kengroq yoydi. Hindcha "Meychale", "Nechun xayolga cho’mding", "Dil orzusi", eroncha "Maro bebus", "Ayriliq qo’shig’i", livancha "Go’zal", meksikacha "Alvido, muhabbat", italьyancha "Yashasin muhabbat", suriyacha "O’tmishimga yig’layman", misrcha "Arab tangosi" kabi qo’shiqlarning har birini asl tilda, benazir ijro talqinida kuylagan. Botir Zokirovning muyqalam sohibi sifatida chizgan "Avtoportret", "Saraton", "Gumbazlar", "Bolalik ko’chasi", "Chor Minor" kabi jami 200 dan ortiq rangorang asarlari shinavandalarga yaxshi tanish. Adabiyot va shehriyat sohasida u bir qancha hikoya, ocherk va shehrlar, shuningdek, Ikrom Akbarov tomonidan bastalangan "Sug’d elining qoploni" operasi uchun libretto muallifi bo’lgan. Kinoaktyor sifatida Botir Zokirov yosh muhandis ("Gullar ochilganda"), Rabindrat Tagor ("Olovli yo’llar"), Abdullo ("Dahoning yoshligi") kabi obrazlarni yaratishga muvaffaq bo’lgan. Botir Zokirov ijodiga bag’ishlangan "Menga qo’shiq chizib ber", "Aytilmay qolgan qo’shiq", "O’sha, o’tgan kunlar" nomli hujjatli fil’mlar suratga olingan. Mashhur xonanda o’zbek estrada san’ati dovrug’ini sobiq Ittifoq respublikalari, Frantsiya, Avstraliya, Germaniya, Kuba hamda Afrika qitasi mamlakatlarida keng yoydi. Botir va Luiza Zokirovaning dilbar qo’shig’i "Baxt qaydasan?" deb nomlanadi. Zamonaviy tilda aytilganda bu qo’shiq duet hisoblanadi. Botir Zokirov: Baxt qaerdasan, qani sening yorug’ qiyofang, - desa, Luiza Zokirova unga baxt qorli cho’qqilarda, daryolarda, kuylanayotgan qo’shiqlarda deb javob beradi. Qahramon tog’ cho’qqilariga ko’tariladi, daryolardan o’tadi, qo’shiqlar yaratdi- baxt o’zi qaydasan? Shunda Luizaning chuqur va uzoqqa chorlovchi ovozi aks-sado beradi: Men yoningdaman, agar qurbing yetsa meni quvib yet... Bahzan qo’shiq yoki biror san’at asari insonning taqdiriga aylanadi. 1938 yilda Zokirovlar xonadonida qizaloq dunyoga keladi. Ota-ona opera san’ati ixlosmandlari emasmi, qizaloqqa Shillerning "Makr va muhabbat" dramasi qahramoni Luizaning ismini qo’yishadi.Uyda uni Zyuzyu deb erkalashar, Botir Zokirov esa uni Lyulyu deb chaqirardi. Oilada yakka-yu yagona qiz emasmi oilada uni barcha suyar, u oilaning duru gavhari hisoblanar, aka-ukalari uning barcha istagini bajarishga tayyor, Luiza ular nazarida malikalardek edi. Qiz nafaqat tashqi tarafdan go’zal, balki qalbi ham shu qadar sof ediki, barcha bilan samimiy suhbatlashar, ochiqko’ngil, birovni aldashni bilmasdi. O’zgalarni aldayotganligini bilib qolsa chidab turolmas, to’g’ri so’zlayotganda yaqinlarini ham ayamas shuning bilan birga juda-juda mehribon edi. Luiza qo’shiq kuylashni erta boshladi. Ilk bora qo’shiqchi sifatida 17 yoshida chiqdi. 1955 yilda Moskvaga ketayotgan Hindiston bosh Vaziri Javoharlal Neru Toshkentda uch kun mehmon bo’ldi. Oliy mehmonning sharafiga uyushtirilgan kontsertda Luiza ilk bora hindcha qo’shiq kuyladi. Qo’shiq mehmonlarga manzur bo’ldi. Ular kuchli hayajonlanganlaridan ko’zlarida yosh qalqidi. Indira Gandi qizning yuzlaridan o’pdi, Neru unga fil suyagidan ishlangan to’g’nog’ich sovg’a qildi. SHarq musiqasiga qiziqish tufayli Luiza maktabni bitirib chet tillar institutiga kirdi. Bu yerda u ozgina o’qib, estrada Luizani shu qadar rom etdiki, estrada xonandasi sifatida u qisqa vaqt mobaynida o’z muxlislarini topdi. Toshkentdagi hech bir kontsert uning ishtirokisiz o’tmaydigan bo’ldi. Xonanda qo’shiqlari yozilgan grammafon plastinkalari ko’z ochib yumguncha sotilib ketardi. Taqdir insonga istehdodni sahovat bilan ulashib, uni omad va shon-sharafga burkab, bahzan uning irodasini sinash uchun og’ir sinovlarni ham yuborarkan. Luiza Zokirova ham ana shunday qismatga duchor bo’ldi. Boshqalarga doimo jon kuydirib o’zining sog’ligiga qaramasdi. Kasallik allaqachon boshlanganiga qaramasdan u hech kimga buni bildirmagan, uzoq vaqt shifokorlarga murojaat qilmagandi. Og’riq qoldiruvchi dorilar kor qilmagach u shifoxonaga borishga majbur bo’ldi. Luizani onkologiya dispanseriga tekshirishga yubordilar. Onkologiya markazida doktor Shek tekshirish natijalarini ko’riboq, darrov operatsiya qilish kerakligini bildirdi. Luiza qarindoshlari bilan maslahatlashish, balki vidolashish uchun shifokordan bir kungagina ruxsat so’radi. Oilaviy kengashda Farrux Zokirov qathiy qarorini bildirdi: "Luiza hozir tig’ ostiga yotishi mumkin emas, u operatsiyani ko’tara olmaydi. Turkona dorilar bilan davolashni qo’llab ko’raylik-chi, zora nafi tegsa". O’zbekistonda dovrug’i ketgan namanganlik Muhiddin tabib Luizani bir oy mobaynida dorivor giyohlar bilan davoladi. Natijada kuchli og’riq to’xtadi. Davolanish natijalarini bilish maqsadida yana tekshirtirish uchun Onkologiya markaziga borganlarida doktor Shek ularni endi qabul qila olmasligini bildirdi. Biroq tekshiruvlar natijasida o’simtani o’sishi va kuchli shamollash to’xtaganligi aniqlandi. Zararli o’simtalarni kesib tashlash, kasallikni tag-tomiri bilan yo’qotish maqsadida Luiza Zokirovani operatsiya qilishdi. Xudoning inoyati, yaqinlarining ruhan qo’llab-quvvatlashlari va o’zining irodasi bilan Luiza Zokirova xavfli kasallikni yengdi. To’qsoninchi yillar miyonasida Luiza Zokirova turmush o’rtog’ining rahyi bilan doimiy yashash uchun AQSHga ko’chib ketdi. Qizi Nargiza Zokirova, nabiralari Sabina, Auel, Laylolarni qo’llab- quvvatlab yashamoqda. U yerda ham u o’zbek qo’shiqlarini kuylamoqda. Luiza Zokirova umrning cho’qqisini zabt etish uchun mana shunday qorli yo’llarni bosib o’tgan, hayot sinovlariga bardosh berish orqali baxtini topgan mana shunday zahmatkash o’zbek ayolidir. Download 480.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling