Ikki oshna yoshlikdan birga o‘sdilar. Davr kelib ikkalasi ham o‘z baxtini izlab yo‘lga chiqsalar, ikki yo‘l uchraydi. Biri bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga yo‘l oladilar


Download 394.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana29.12.2022
Hajmi394.99 Kb.
#1072309
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ona tili va adabiyoti fanidan DIKTANTLAR



 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ona tili va adabiyoti 
fanidan
DIKTANTLAR 
TO‘PLAMI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
DIKTANT  
Ikki do‘st 
Ikki oshna yoshlikdan birga o‘sdilar. Davr kelib ikkalasi ham o‘z baxtini izlab yo‘lga 
chiqsalar, ikki yo‘l uchraydi. Biri bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga yo‘l oladilar. 
Ulardan biri shaharma-shahar yurib ilm-u hunar orttiradi. Ikkinchisi, borgan shahrida 
podshoh saylash uchun uchirilgan semurg‘ qush tasodifan uning boshiga qo‘nib, shu 
shaharga shoh bo‘lib qoldi. Yillar o‘tib, do‘sti shu shaharga keldi. Har yerga qo‘yilgan 
shahar shohining rasmiga ko‘zi tushdi. Do‘stining iqbolidan shodlanib, uni ko‘rishga oshiqdi. 
Podshoh saroyiga borib uning huzuriga kirdi. Podshoh uni tanib, tanimaslikka oldi. U 
kuyunib, yonib: «Axir men sening do‘sting falonchiman-ku!»- deb o‘zini tanitdi. Podshoh 
esa: «Xo‘sh, mendan nima istaysan»,- dedi. Do‘sti esa «Sendan hech qanday iltimosim yo‘q. 
Shahringga kelsam, xalq orasida podshohning ko‘zlari ojiz bo‘lib qolibdi, degan xunuk 
xabarni eshitdim. Shuning uchun do‘stimning holidan xabar olay deb huzuringga kelgan 
edim»,- debdi-yu, yo‘liga qaytibdi. 
(133 so 'z. «Saodatnoma») 
Go‘zallik ta'rifi 
Go‘zallik deganda, ko‘z oldimga birinchi bo‘lib gul tasviri keladi. Balki gul go‘zallik 
ramzidir. Go‘zallikni his qilmay turib, u haqida gapirish go‘yoki gulni ko‘rmasdan uni 
tavsiflashga o‘xshaydi. Go‘zallik hech qanday qolipga sig‘maydi. U o‘z nomi bilan go‘zallik. 
U haqida gapirganda uzoq yo‘lga otlanish oldidan kerakli buyumlarini chamadonga 
solayotgan sayyohni eslayman. Sayyoh barcha kerakli narsalarai chamadonga joylab, uni 
arang berkitadi, kerakli nimasidir esiga tushib, yana ming azobda ochib yopadi, yana kerakli 
narsalar chiqaveradi-chiqaveradi, qoldirib ketishga ko‘zi qiymaydi... 
Insonda ichki go‘zallik muhim deyishadi. Lekin insonlar xotirasida siz birinchi taassurotni 
chehrangiz bilan qoldirasiz. Qalbi go‘zal insonlarning yuzi ham go‘zal bo‘ladi, deydiganlar 
yuz foiz haq. Chunki qalbdagi nur yuzlardan va nigohlardan taraladi. Go‘zallik nafi yuzdan, 
so‘zdan va amaldan, balki o‘zingiz yashaydi maskandan ham ufurib turishi lozim. Inson 
xulq-atvorining atrofini go‘zallashtirgani sari o‘zi ham go‘zallashib boradi. 
(134 so 'z. D. Abdusattorova “Ezgulik”) 
Kamtarlik 
Kamtarlik - inson qiyofasini bezovchi bebaho fazilatlardan biri. Haqiqiy kamtarlik
insonparvarlik, odamiylik kabi xislatlar bilan uzviy bog‘liqdir. Kamtar odam o‘zini hech 


qachon mehnatkash xalqdan ustun qo‘ymaydi. Xalq bilan doimo bir tan, bir jon bo‘lib 
yashaydi. Oilada, turmushda, yurish-turishda, kiyinishda oddiy odamlarga nisbatan samimiy 
munosabatda bo‘ladilar. 
«Kamtar kam bo‘lmas», «Kamtarga kamol», - deydi dono xalqimiz. Isbot talab 
qilmaydigan bu haqiqat ming yilliklarning sinovidan o‘tib kelmoqda. Shu bois, kuyunchak 
birodarlarimiz o‘z yaqin qadrdonlariga doimo kamtar bo‘l, kamsuqum bo‘l, kam bo‘lmaysan 
deb nasihat qiladilar. Chinakam kamtar, chinakam kamsuqum kishilardan har qanday 
buyuklikni, har qanday fidoyilikni kutish mumkin. Chunki, undaylar ota-ona-yu do‘st - 
birodarlarga samimiy mehr-muhabbat ko‘rsatishni, ko‘zlagan maqsad sari sabr-bardosh bilan 
intilishni o‘z hayotlarining mazmun-mohiyati deb biladilar. 

Download 394.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling