Ikki oshna yoshlikdan birga o‘sdilar. Davr kelib ikkalasi ham o‘z baxtini izlab yo‘lga chiqsalar, ikki yo‘l uchraydi. Biri bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga yo‘l oladilar
Download 394.99 Kb. Pdf ko'rish
|
Ona tili va adabiyoti fanidan DIKTANTLAR
(O‘. Hoshimov)
NINACHI Dunyoda eng ko‘p ovqat yeydigan jonivor qaysi ekanligini bilasizmi? Siz, ehtimol, sher yoki yo‘lbars deb o‘ylarsiz. Boshqa birovlar ayiq yoki bo‘ri deb hisoblar. Ba'zilar bunday jonivorlar qatoriga filni ham qo‘shishar. Ammo bularning birortasi ham to‘g‘ri emas. Dunyoda eng ko‘p ovqat yeydigan jonivor ninachidir. U ikki soat ichida qirqta pashsha va chivinni tutib yeydi. Agar uning gavdasi sher yoki fil kabi katta bo‘lganida edi, birdaniga bitta sigirni yeb qo‘ygan bo‘lar edi. Bitta ninachi shuncha zararli hasharotni yo‘q qilsa, o‘nlab, yuzlab ninachilarning tabiatga, odamlarga qanchalik foyda keltirishini tasavvur qilish mumkin. Bu bilan ninachi tabiat qo‘riqchisi vazifasini bajaradi. Tabiatda ninachiga o‘xshagan foydali jonivorlar ko‘p. Ularni asrash hammamizning vazifamizdir. («O‘zbek tilini o‘rganamiz» kitobidan) SABZAVOT Odamlar sabzavotni ovqatga juda qadimdan ishlatib keladilar. O‘rta Osiyoda piyoz, sabzi, qalampir, turp va boshqa sabzavot ekinlari ikki ming yil ilgari ham ekilgani ma'lum. Sabzavot o‘tsimon o‘simlik bo‘lib, uning biror sersuv qismi, chunonchi, sabzi, turp, sholg‘omning etli ildiz mevasi; karam va salatning barglari; gulkaramning g‘unchasi; rovochning barg bandi; pomidor, bodring, baqlajonning mevasi ovqatga ishlatiladi. Sabzavotlar mazali bo‘lishi bilan birga juda foydali hamdir. («U kim. Bu nima» kitobidan) Hamid Olimjon O‘zbek adabiyotining yorqin siymolaridan biri Hamid Olimjon jo‘shqin lirik shoir, yozuvchi, mohir dramaturg, otashin publitsist, tarjimon, atoqli jamoat arbobi edi. U o‘zining nasriy, lirik, dramatik asarlari, adabiyotshunoslikka doir hamda publitsistik maqolalari va tarjimalari bilan o‘zbek adabiyoti tarixida katta o‘rin tutadi. Ayniqsa, uning bahor va baxtni kuylab yozgan asarlari - «O‘rik gullaganda», «Baxtlar vodiysi», «Bahorni sog‘inganda», «Daryo kechasi», «Ishim bordir o‘sha ohuda», «G‘uncha yanglig‘ burkanib», «G‘azal» va boshqalar musiqaga boy, sehrli, ohangdor she'rlardir. «Hamid Olimjon tug‘ma va nodir talant edi, - deb yozgan edi Mirtemir. - Uning qonida, o‘zligida, ko‘z qorachig‘ida, to‘qson ikki tomirida tug‘ma bir zukkolik, shoirona bir sajiya, bilgichlik, burrolik, nurbaxshlik, yorqin qalb, odob ayon, peshanasida va yirik ko‘zlarida ulug‘lik ochiq-oydin edi. Uning bilmagani oz, o‘qimagani kam edi. Hammadan, har narsadan xabardor, qisqaroq aytganda, chin ma'nosi bilan o‘qimishli qalamkash edi». Abdulla Qodiriy Abdulla Qodiriy yangi davr O‘zbek adabiyotining asoschilaridan. O‘zbek adabiyotining asoschilaridan, O‘zbek milliy romanchilik maktabining yaratuvchilaridan birildir. Abdulla Qodiriy ijodi 1913-1914-yillarda boshlandi. U shu yillari barcha ilg‘or fikrli yoshlar qatori o‘zining ilk asarlarida ma’rifat, milliy taraqqiyoti va hurligi g‘oyalarini targ‘ib eta boshlagan. Qodiriy dastlab ma’rifiy she’rlar yozdi. “Ahvolimiz”, “Millatimiz”, “To‘y” kabi she’rlari jadid matbuotida e’lon qilinadi. Abdulla Qodiriy 1925-1926-yillarda “O‘tkan kunlar” romanini, 1928-yili “Mexrobdan chayon” romanini e’lon qiladi. “O‘tkan kunlar” romanida xalqimiz o‘tmishini, nizo va adovatlar, shu bilan birga o‘zbek turmuashini yoritib kelgan asriy qadryatlar ham mahorat bilan ko‘rsatib berilgan. Yaxshi do‘stlar Yashil o‘rmonda bir kichik Ayiqcha bor ekan, U juda chiroyli, xuddi o‘yinchoqqa o‘xshar ekan. Uning eng yaxshi do‘st Olmaxon ekan. Ular juda ahil ekanlar. Bir kuni OLmaxon do‘st Ayiqchani o‘rmondan qidirib topa olmabdi. U nima qilarini bilmay, xafa bo‘lib ko‘p yig‘labdi. SHu payt bir kaltakesak Olmaxonning oldiga kelib, ayiqchani ovchi tutib, qishloqqa olib ketganini aytibdi. Olmaxon yig‘lashdan to‘xtab, ovchilarning uyi tomon yo‘l olibdi. Olmaxon qarasa, do‘sti ayiqcha ovchining og‘ilxonasida qamalib yotgan ekan Ovchilar esa maza qilib bemalol ovqatlanayotgan yekanlar. Bu holni ko‘rgan Olmaxon ovchilarga sezdirmasdan, darrov og‘ilxonaning ichiga tomon tuynuk ochibdi. Tuynukdan og‘ilxonaning ichida quyosh nuri tushibdi. Quyosh nuri tushganini ko‘rib Ayiqcha Shiftga qarabdi. U yerda turgan do‘sti Olmaxonni ko‘ribdi. Ayiqcha bir amallab tomda chiqib olishga harakat qilgan ekan, Olmaxon uni tortib olibdi. Ayiqcha xursand bo‘lib: -Yaxshi do‘st do‘stining boshiga kulfat tushganda sinalar ekan, -debdi va Olmaxonga raxmatlar aytibdi. Ilm Ilm deb o‘qimoq, yozmoqni yaxshi bilish, har bir kerakli narsalarni o‘rganmoqni aytiladi. Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsatadi. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qiladi. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir. Chunki ilmsiz kishilar ota-onasiga, qarindosh- urug‘iga, yor-do‘stiga, din va millatiga foyda yetkaza olmaydi. Ilmning foydasi shu qadar ko‘pdirki, ta’rif qilgan bilan ado qilish mumkin emas. Bizni madaniyat, insoniyat,ma’rifat dunyosiga chiqaradi,yomonlikdan qaytaradi, yaxshi xulq va odob sohibi qiladi. Zeroki butun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, himmatimiz, yaxshi yashashimiz, g‘ayratimiz ilmga bog‘liqdir. O‘qigan olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir. Shuning uchun o‘qimog‘imiz va doimo o‘rganmog‘imiz lozim. (108 so‘z. A.Avloniy, “ Turkiy guliston yoxud axloq”) OQKO‘NGILLIK Oq ko‘ngil odam har qachon boshqalar baxtiga, ularning xizmatdagi yo shaxsiy hayotdagi yutuqlariga xuddi o‘z baxti, o‘z yutug‘i kabi qarab quvonadi. Agar bu quvonch zamiriga chuqurroq razm solinsa, yuksak, olijanob bir ma'no tantanasi ko‘zga chalinadi. Oq ko‘ngil odam shaxslar baxtida jamiyat baxtining in'ikosini ko‘radi! Lekin ichiqora, baxil, ziqna odam birovning baxtini ham, yutug‘ini ham ko‘rolmaydi. Bundaylar ichiqoralik qilib: «Menda-ku yo‘q, senda nima uchun bo‘lishi kerak!» deydilar-da, baxillik qutqusining qullari bo‘lib qoladilar. Xo‘sh, bunday yaramas qiliq, ya'ni baxillik qayerdan paydo bo‘ladi? Albatta, baxillik qon yo jon bilan o‘tadigan fiziologik hodisa emas. Har qanday chaqaloq yaxshi fazilatni ham, yomon illatni ham keyin -yashash, o‘sish jarayonida orttiradi. Agar shunday bo‘lmasa, yomon xulq-atvorli ota-onaning bolasi har vaqt yomon, yaxshi xulq- atvorli ota-onaning bolasi har vaqt yaxshi bo‘lib o‘sishi kerak edi. Ammo hayotda, haqiqatda bunday emas. Aslida bolani chinakam inson qilib yetishtiradigan, uni yomon xulq-atvordan saqlab tarbiyalaydigan eng katta, eng boobro‘ murabbiy - ota-ona, oila muhiti yo shu oilada ota-ona o‘rnini bosgan katta yoshli odamlardir. Bular nazorati bo‘lmasa, maktab ham, jamoat tashkilotlari ham qiyin ahvolga tushib qoladi. Shunisi ham borki, har bir ota-ona bolasining xulq- atvori, aqliy-jismoniy tomoni qanday bo‘lishidan qat'i nazar kam-ko‘stsiz o‘sishini, oilada, hayotda baxtli bo‘lishini istaydi. Shu tabiiy istak mayli bilan ba'zi oilalarda ota-onalar bolalarini kichikliklarida qo‘g‘irchoqdek yasatishadi, qo‘llarini sovuq suvga urdirmay papalashadi, erkatoy, tantiq qilib o‘stirishadi. Natijada bunday bolalar injiq, ichi tor, ziqna bo‘lib yetilishadi. Bularda boriga qanoat qilish, yo‘g‘iga ko‘nikish xislati bo‘lmaydi. Aksincha, ko‘ngillari tusagan narsani har qanday tadbir bilan, harom-xarish yo‘llar bilan bo‘lsa ham muhayyo qilish taraqqiy topadi. Agar mana shunday mayl tomiri vaqtida qirqilmasa, u bolani oxirida ma'nan mayib qiladi. Bunaqa bola ota-onasining qudratli panohidan havolanib, uyida hech kimning gapini quloqqa olmaydi, maktabda sinfdoshlarini, hatto muallimlarini ham nazariga ilmaydi, jamoada hamma o‘zini baravar tutishi kerakligini pisand qilmaydi. Bu xulq-atvor bolani katta hayot qiyinchiliklaridan, ya'ni har qanday bola katta bo‘lganida duch keladigan mehnat mashaqqatlaridan qo‘rqadigan qilib qo‘yadi. MAHALLAM - FAXRIM Ikki tomoni shinam uylardan iborat ko‘chadan o‘tib bormoqdasiz. Har bir xonadon atrofi supurilgan, suv sepilgan. Ariqchadan suv oqib turibdi. Kimdir uyning ko‘cha tomoniga tok ekib, so‘ri qilingan. Boshqalar esa mevali daraxt ekkan. Kichik-kichik pollarga oshko‘k sepilgan. Pomidor, baqlajon, bolgar garmdorisi o‘sib yotibdi. Yana bir xonadon esa o‘z hududiga zich qilib terak ekib tashlagan. Shu serfayz ko‘chaning gavjumroq joyida "...mahalla idorasi" degan yozuvga ko‘zingiz tushadi. Mahalla haqida X asrda yashab o‘tgan buxorolik tarixchi Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far Narshaxiyning "Buxoro tarixi" kitobida ma'lumot ilk bor uchraydi. Hozir esa "mahalla" so‘zini kunda bir necha bor eshitamiz va tilga olamiz. Buning sababi ko‘pchiligimiz mahallada istiqomat qilamiz hamda uning ishida qatnashib turamiz. Mahalla - asosan O‘zbekistonga xos nodir hodisa. Mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi umumiy qoidalar va an'analar bilan bog‘langan. E'tibor bergan bo‘lsangiz, mahallalarda ko‘pincha katta ko‘cha bir tomonning ma'lum qismini va uni oralab ketgan ko‘chalar, torko‘chalar, berk ko‘chalarni qamrab oladi. Mahallalar qanday tarkib topgan? Mahallalar odatda, asrlar davomida kasb-hunar yoki milliy belgilar asosida vujudga kelgan. Hozir biz Qoshiqchi, O‘qchi, Degrezlik kabi mahallalar nomini eshitib qolamiz. Demak bu mahallalardan, qosliiq, o‘q yasovchi, qozon quyuvchi ustalar yashagan. Ayrim mahallalar o‘sha joyning relyefidan yoki boshqa belgilaridan kelib chiqib nomlangan. Ganchtepa, Shahidontepa, Chuqurqishloq, Balandmachit, Qatortol singari nomlar shu tarzda kelib chiqqan. Hozirgi paytda mahallalar aholi bilan ishlaydigan g‘oyat muhim organga aylangan. Unga maxsus qonun bilan o‘zini-o‘zi boshqarish huquqi berilgan. Binobarin, mahallaning, unda istiqomat qiluvchi aholining barcha muammolari o‘sha yerning o‘zida hal etiladi. BOZOR VA FAROVONLIK Qaysi yurtning tuprog‘i hosildor, iqlimi yaxshi, eng asosiysi odamlari mehnatkash bo‘lsa, o‘sha yerda to‘kin-sochinlik, farovonlik va fayz-baraka bo‘ladi. Qadimdan qolgan bir naql bor: «Yurtning farovonligini, elning kayfiyatini bilishni istasang, bozorga bor». Yoz va kuzning serbaraka hosili bozorlarimizni to‘ldirib, elimiz dasturxonini noz- ne'matlar bilan bezamoqda. Sharqona bozorlarimizni tomosha qilgan sayyohlar uning turli- tuman, shirindan shakar meva-chevalarga boyligini ko‘rib, yurtimizga havas qilishmoqda. O‘zbekistonning barcha shahar va tumanlarida qadimiy, ko‘hna bozorlar qayta ta'mirlanmoqda hamda yangi, ko‘rkam zamonaviy bozorlar barpo etilmoqda. Sotiladigan mahsulot turiga ko‘ra bozorlarning dehqon bozori, yoyma bozor, qurilish mahsulotlari bozori kabi turlari bor. Ota-bobolarimiz sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi muomala odobiga alohida e'tibor berganlar. Bu borada Yusuf Xos Hojib bobomiz: «Savdoda kimki rostgo‘y, fe'li to‘g‘ri bo‘lsa, zarur bo‘lganda unga mol topilmay qolmaydi», - deya nasihat qilganlar. Kaykovus bobomiz esa «Qobusnoma» kitobida: «Ey, o‘g‘lim, bozorda narsa sotmoqchi bo‘lsang, oz foydaga qanoat qil, xaridorlarni o‘zingdan uzoqlashtirma, molingning narxini oshirma. Xalq sening oldingga bir narsani olish yoki sotmoq uchun kelsa, shunday xushmuomala, shirinso‘z bo‘lginki, ular o‘z mollariga qimmat narx qo‘yishdan sharm qilsinlar. Hamisha to‘g‘ri so‘zla, baxil bo‘lma, kambag‘allarga ehson qil», - deganlar. Xalq orasida bozor haqida qadim-qadimdan turli naqllar to‘qilgan: «Bozorda - boriga baraka», «Bozorga borib, baxtingni sina». Husayn Voiz Koshifiy bozorga borganda quyidagi yetti qoidaga rioya qilish zarurligini ta'kidlaganlar: 1. Hech kimni yelkang bilan turtma. 2. Kishilarning orqasidan tikilib qarama. 3. Og‘zingni ochib anqayib yurma. 4. Birovni uzoqdan baland ovoz bilan chaqirma. 5. Ishing bo‘lmasa, peshtaxta oldida turma. 6. Xarid qilmaydigan bo‘lsang, molning narxini so‘rama. 7. Zaruriyat bo‘lmasa, oldi-sotdiga aralashma. Shunday ekan, bozorda turli qo‘pol so‘zlarni ishlatib, xaridor haqiga xiyonat qilib, tarozidan urib qolish, nopok yo‘l tutib, pul qaytimini to‘g‘ri bermaslik kabi yaramas odatlardan saqlanish lozim. BOLALIK – BEG‘UBORLIK Bolalik! Naqadar beg‘ubor, sershovqin, qiziquvchanlik va soddadillikka to‘la umr fasli bu. Bolalikni bahor fasliga o‘xshatadilar. Haqiqatan ham bolalik o‘zining barcha xislatlari bilan bahorni eslatadi. Siz, aziz bolajonlar, hozir umringizning eng go‘zal, shirin, beg‘ubor faslida yashamoqdasiz. Siz atrofingizda bo‘layotgan barcha narsalarni kuzatib ulgurishga, uni tushunishga, o‘rganishga, taqlid qilishga intilasiz. Sizning zavqlanishingiz ham, ranjishingiz ham juda oson. Biror narsadan xafa bo‘lsangiz bormi, tezda ko‘zingizga marjondek yosh keladi. Agar ko‘nglingizni ko‘tarib, tasalli berilsa, yana quyoshdek charaqlab ketasiz. Mana shu xislatlaringiz xuddi bahor havosini eslatadi. Bolalikni bahorga o‘xshatilishining yana boshqa sabablari ham bor. Ya'ni kuzda ko‘tariladigan xirmon bahorda sepilgan urug‘ga bog‘liq bo‘lgani kabi, sizning qanday insonlar bo‘lib yetishishingiz, albatta, bolalikda nimalarni o‘rganishingiz, qanday odatlarga ega bo‘lishingiz, odob-axloqni qay yo‘sinda egallashingizga bog‘liqdir. Mana shuning uchun ham sizning eng birinchi vazifangiz ota-onangizning, el-yurtingizning odobli farzandi bo‘lishdir. «Bola aziz, odobi undan aziz», - deydi dono xalqimiz. Bolalikdan boshlab shirinso‘z, atrofdagi kishilarga nisbatan mehr-shafqatli bo‘lish, rostgo‘ylikka intilish, o‘jarlik qilmaslik kabi odatlarga o‘rganib borish lozimdir. Bolalik orzularga to‘la davr: bolalar «Katta bo‘lsam baland binolar quraman», «Uchuvchi, kosmonavt, san'atkor, yozuvchi bo‘laman», «Hammaga yaxshilik qilishni istayman» deb orzu qiladilar. Download 394.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling