1. Ega- kim?, nima? qayer? Misol
Download 63.6 Kb.
|
ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Misol
- aniqllovchi. Misol
- Misol
- 2ga bo`linadi. I Vositasiz to`ldiruvchi
- ESLATMA! –gan
Sintaktik Tahlil. 1.Ega- kim?, nima? qayer?. Misol: Bola keldi. 2.Kesim – Nima qildi? Nima bo`ldi? Kimdir? Nimadir? Qayerdir? Qanday? Qancha? Qaysi? Nechta? Nechanchi?-bu so`roqlar kesim bo`lishi uchun gap oxirida kelishi kerak. Misol: Gul ochildi. Do`stim shu. Akam shifokordir. Bolasi ikkita. Vatanimiz go`zal. Guruhimiz birinchi. Orzularim ko`p. 3.Aniqlovchi(otga bog`lanadi)- II ga bo`linadi I Qaratqich aniqlovchi - Kiming? Nimaning? Qayerning?. ning qo`shimchasi belgili va belgisiz qo`llanadi Misol: Uyning devori uy devori II Sifatlovchi aniqlovchi- Qanday? Qancha? Qaysi? Nechta? Nechanchi? Qayerdagi? –bu so`roqlar gap oxiri yoki o`rtasida kelib otga bog`lansa aniqlovchi bo`ladi. Misol: Go`zal vatanimiz bordir. Ko`p orzular ushaldi. Shu do`stim keladi. Ikkita bola kelmadi. Birinchi gruh g`olib bo`ldi. ESLATMA! –dagi qo`shimchasi har doim aniqllovchi. Misol: Bog`dagi gullar ochildi. 4.Hol- (fel`lga bog`lanadi.) 6ta turi bor. I O`rin holi- Qayerga? Qayerda? Qayerdan? Qayergacha? Misol: bola uyga ketdi. II Payt holi – Qachon? Qachondan? Qachongacha? Qay payt? Qay vaqt? Misol: Bugun mehmon keladi. III Vazyat ravish holi – Qanday? (bu so`roq hol bo`lishi uchun fe`lga bog`lanadi) Qay holda? Qay tarzda? Kim bo`lib? Misol: Bola yaxshi o`qiydi. IV Miqdor holi- Qancha(fe`lga bog`lanishi kerak) Qanchalab? Nechalab? Necha marta? Misol: Dehqon dalada ko`p ishladi. V Sabab holi- Nega? Nima uchun? Nima sababli? Nima sababdan? VI Maqsad holi- Nega? Nima uchun? Nima maqsadda? Nima qilgani? Misol: Bola betobligi uchun kelmadi. Bola o`qish uchun keldi. 5.To`ldiruvchi 2ga bo`linadi. I Vositasiz to`ldiruvchi – Kimni? Nimani? Qayerni? –ni qo`shimchasi belgili va belgisiz qo`llanadi Misol: xatni o`qidi xat o`qidi. II Vositali to`ldiruvchi- Kimga? Nimaga? Kimda? Nimada? Kimdan? Nimadan? Kim bilan? Nima bilan? Kim haqida? Nima haqida? Kim to`g`risida? Nima to`g`risida? Kim uchun? Kim tomonidan? ESLATMA! –gan qo`shimchali fe`l gap boshi yoki o`rtasida aniqlovchi bo`lib keladi. Misol: O`qigan bola tushunadi. ESLATMA! Bilan ko`makchisidan oldin aniq ot kelsa to`ldruvchi, mavhum ot kelsa hol bo`ladi. Misol: Ruchka bilan yozdim. Zavq bilan yozdim Download 63.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling