YASAMA SO`ZLAR
So`z yasalalishida 3xil belgi bor.
1.So`z yasalganda so`zning ma`nosi yangilanadi. Bunda bir tushuncha o`rniga boshqa bir tusshuncha gavdalanadi. M: gul – guldon (gullar)
non – novvoy (nonni), tosh+baqa=toshbaqa, ko`k+sulton=ko`ksulton
2.So`z yasalganda so`zning turkumi o`zgaradi. M: aql+li= aqlli (aql ot, aqlli sifat); yaxshi+lik=yaxshilik(yaxshi sifat, yaxshilik ot); so`ra+q= so`roq(so`ra fe`l, so`roq ot); gul+la=gulla(gul ot, gulla fe`l); qayna+q=qaynoq(qayna fe`l, qaynoq sifat); osmon+o`par=osmono`par(osmon ot, o`par fe`l, osmono`par sifat); bir+lash= birlash(bir son, birlash fe`l)
3.So`z yasalganda so`zning so`rog`i yangilanadi. M: gul- nima?, gulchi- kim?, gulli-qanday?, gulla-fe`l, gulzor-qayer?(gul, gulni, gulga, gulning, gullar, guldan…. yasama so`z emas)
QO`SHMA SO`ZLAR
Asosan qo`shib yoziladi. M: tokqaychi, bilaguzuk, kamgap, sovuqqon, biroz, biryo`la.
ESLATMA! Qo`shma so`zlar ba`zan ajratib yoziladi.
1.Qo`shma sifatlar Har doim qo`shib yoziladi. M: kamgap, osmono`par, tepakal, shirinso`z
2.Qo`shma otlar Asosan qo`shib yoziladi. M:kaltakesak, tokqaychi,xontaxta, mantiqozon.
ESLATMA! Birinchi qismi sifat ikkinchi qismi atoqli ot bo`lgan joy nomini bildiruvchi qo`shma otlar ajratib, ikkalasi ham bosh harf bilan yoziladi. M: Markaziy osiyo, G`arbiy Yevropa, O`rta Osiyo, Janubiy Amerika, Kichik Osiyo, Uzoq Sharq, SHarqiy Turkiston, Quyi Chirchiq, Yuqori Chirchiq.
3.Qo`shma Ravishlar Asosan ajratib yoziladi.
I.U bu shu o`sha (ko`rsatish olmoshi)+ yer, joy, tomon, payt, vaqt, gal, on, fursat, daqiqa, dam – kabi so`zlarni keltirish bilan. M: u yer, bu joy, shu payt, shu on, o`sha dam.(shu uy o`sha maktab)
II.Har+ yer, joy, payt, gal, vaqt, zamon, on. M: Har yil, har zamon, har on, har vaqt.
III.Hech+ vaqt,mahal, zamon, payt, yer, joy. M: hech vaqy, hech mahal, hech zamon.
Do'stlaringiz bilan baham: |