1. Ega- kim?, nima? qayer? Misol


ESLATMA Zamon, shaxs son, mayl


Download 63.6 Kb.
bet14/17
Sana28.01.2023
Hajmi63.6 Kb.
#1135037
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
ona tili

ESLATMA Zamon, shaxs son, mayl qo`shimchalari esa tuslovchi qo`shimchalardir.Ular faqat kesim tarkibida bo`ladi.
ESLATMA Morfemalar deganda asos va qo`shimchalar tushiniladi.
KESIM
2ga bo`linadi.
1.Fe`l kesim- sifatdosh, ravishdosh, sof fe`l bilan ifodalanadi.
M:Xatni yuborgan. U kelgach, biz ketamiz.
2.Ot kesim- harakat nomi bilan, ot, sifat, son, ravish, olmosh, undov, taqlid, modal so`zlar bilan ifodalanadi. M: Maqsadim o`qimoq. Harakatlari sekin. Bola bilimdon. Maqsadi bitta.
ESLATMA Kesim bitta so`z bilan ifodalansa soda kesim, ikki va undan ortiq so`z bilan ifodalansa murakkab kesim deyiladi.
M: Hosilni ko`rgan raisning boshi osmonga yetdi.
Uning hayoti biz uchun ibratdir.
ESLATMA
1.Ot kesim+ bo`lmoq, hisoblanmoq, sanalmoq.
2.Ot kesim+edi, ekan, emish.
3. Ot kesim+kerak, lozim, darkor. Shaklida kelsa murakkab ot kesim bo`ladi. M:Opam talaba bo`ldi. O`qishlari yaxshi ekan. U o`qishi kerak
ESLATMA sifat, son, ravish va sifatdosh bog`lanib kelgan ot gapda tushib qolsa bu so`zlar otlashadi. Otlashganda egalik, kelishik, ko`plik va ko`makchilarni oladi.
M: Yaxshi odam qand yediradi-Yaxshi qand yediradi.
O`nta jangchini yengdim- o`ntasini yengdim.
EGA VA OT KESIM ORASIDA “-” (tire)ning ishlatilishi.
ESLATMA man, san, miz, siz, dir, edi, ekan, emish, kerak, lozim,
darkor, bo`lmoq, hisoblanmoq, sanalmoq- bular bog`lamalar. Ot kesimga qo`shiladi.
1.Ega va ot kesim bir xil so`z turkumi bo`lganda va bog`lama bo`lmasa “-”(tire) qo`yiladi.M: Onam-shifokor.
2.Ega yoki kesim yoki har ikkalasi harakat nomi bo`lganda va bog`lama bo`lmasa “-”(tire) qo`yiladi. M:Maqsadim-o`qimoq

Download 63.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling