ESLATMA Kesim orqali egani toppish mumkun bo`lsa egasi
yashiringan gap bo`ladi. Egani topib bo`lmasa shaxsi no`malum gap bo`ladi. M: Qiziqarli filmni tomosha qildik. Bugun to`garakka borish lozim.
ESLATMA Egasi yashiringan gaplarda ega bo`lagi bo`lmaydi lekin kesim orqali toppish mumkun. Bunday gaplar mazmunan 2ga bo`linadi.
1.Shaxsi ma`lum(egasi ma`lum) gap- buda mazmun aynan bir shaxsga (1-,2-,3-shaxs nazarda tutiladi) qaratilgan bo`ladi.
2.Shaxsi umumlashgan (egasi umumlashgan) gap- bunda mazmun barcha shaxsga qaratiladi.(ko`pincha maqol, ibora, hikmatli gaplar)
M:Bog`dan gulni uzdim. Onalarimizni avaylaylik.
ESLATMA Shaxsi no`malum gaplarda ega bo`lagibo`lmaydi va u kesimdan ham aniqlanmaydi. Kesimi quyidagicha ifodalanadi:
I.Harakat nomi+kerak, lozim, darkor
II.Harakat nomi+ga tog`ri kelmoq
III.Kesimi majhul nisbatda bo`lgan (l, il) ba`zi gaplar.
M: Bugun to`garakka boorish kerak. Bugun to`garakka borishim kerak.
Bugun yo`lga to`xtashga to`g`ri keldi.(to`xtashimizga to`g`ri keldi). Bugun Samarqandga jo`naladi.
ESLATMA oq, yoq yuklama ham bor.
ESLATMA Atov va so`z gaplar ham egasi bo`lmaganligi uchun egasi no`malum, shaxsi no`malum gapning bir turi hisoblanadi.
Atov gap- bitta so`zdan iborat bo`ladi ba`zan aniqlovchisi bilan kelishi mumkun. M: Qish.Kunlar sovuqlashdi. Qahraton qish. Hammayoqni oppoq qor qopladi. Urush.Oynisa qotib qoldi. Mehnat.Mehnatning tagi rohat..
So`z gaplar-bitta so`zdan iborat bo`ladi.Ko`pincha dialoglarda javob bo`lib keladi. M: A: Siz o`qiysizmi? B:Ha/Yo`q.
TO`LIQ VA TO`LIQSIZ GAPLAR
Dialogda ma`lum bo`ladi. So`roq gap tarkibidagi barcha bo`laklar javob gapda takrorlansa bu to`liq gap bo`ladi. Agar javob gapda bitta yoi bir nechta bo`lak qo`llanmay qolsa bu to`liqsiz gap bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |