Ikki oshna yoshlikdan birga o‘sdilar. Davr kelib ikkalasi ham o‘z baxtini izlab yo‘lga chiqsalar, ikki yo‘l uchraydi. Biri bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga yo‘l oladilar


Download 394.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana29.12.2022
Hajmi394.99 Kb.
#1072309
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ona tili va adabiyoti fanidan DIKTANTLAR

(II4so‘z. Mirzakaton Ismoiliy.) 
ABADIY TUYG‘ULAR TIMSOLI – VATAN 
Inson yaratganning hukmi bilan qaysi makonda tug‘ilsa, voyaga yetsa
unga o‘sha joy Vatan bo‘ladi. Vatanda insonning avlod-ajdodlari, davlati va xalqi 
bilan bog‘liq an’ana va o‘lmas qadriyatlar shakllanadi. Inson nafaqat o‘z yurtining 
yer va havosi, suvi va tabiatidan foydalanadi, balki Vatan inson uchun bebaho boylik, 
Vatanning borligi odaniga beqiyos kuch-qudrat, g‘nyrat shijoat baxsh etadi. Clumki 
insonning eng pokiza va muqaddas tuyg‘ulari o‘zi tug‘ilgan, voyaga yetgan zamin — 
Vatani bag‘rida uyg‘onadi. Kishi qadrdon yurtida o‘zini ozod va erkin his qiladi. 
Shuning uchun xalqimiz «O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l» 
deydi. Deinak o‘z yurtimizda oddiy kasb egasi bo‘lmoq, o‘zga yurtda podshoh 
bo‘lishdan afzal ekan. Vatanning o‘zi qanchalik bebaho bo‘lsa, u bilan bog‘liq 
(uyg‘ular ham shunchalik qadrlidir. Shuning uchun Vatan tuyg‘usi insonning doimiy 
ehtiyoji, abadiy tuyg‘ular darajasida gavdalanadi. Bu tuyg‘u qanchalik mukammal 
bo‘lsa, inson shunchalik barkamoldir. 
(135 so ‘z , « Dillarda Vatan madhi» to ‘plamdan) 
TINCHLIK - ENG ULUG‘ NE’MAT 
Vatan! Bu so‘z bizning qalbimizga ona allasidan, uning qaynoq muhabbatidan singadi. 
Agar ma'lum bir muddat o‘z uyimizdan sal olisroqda yashab qolsak, ko‘nglimiz g‘ash 
bo‘laveradi. Har qanday ko‘ngilochar narsalar ham bizni quvontira olmaydi. Negaki, biz o‘z 
go‘shamizni qo‘msay boshlaymiz. Bu Vatanni sevishning bir ko‘rinishi emasmi? Vatanga 


muhabbat, uni ardoqlash, ona-Vatanga tegishli bo‘lgan har bir narsani muqaddas bilish, 
o‘zini shu Vatan kengliklariga daxldor deb his qilish haqiqiy insonlarga xos fazilatdir. 
Bu aziz kunlarga xalqimiz osonlicha erishgani yo‘q. Begunoh kishilarning muborak ruhlarini 
shod etmoq uchun Vatanimizning har bir fuqarosi qo‘lidan kelganicha xayrli ishlarni 
bajarishi shart. Shukurlar bo‘lsinki, mustaqillik degan buyuk ne’matga erishgach, buyuk 
kelajak barpo etishga kirishildi. Buning uchun esa mustaqilligimizni yanada mustahkamlash 
uchun intilishimiz kerak. O‘zbekistonning kelajagi biz yoshlarning qo‘lida. 
(120 so‘z. "Dillarda vatan madhi") 
OLTIN YAPROQLAR 
Dam olish kunlaridan biri edi. Ko‘chaga chiqdim. Kech kuz bo‘lsa ham havo 
ochiq, quyosh charaqlab turardi. Hamma yoqda yaproqlar: oq, sariq, yashil yaproqlar. Go‘yo 
ko‘chaga chiqishingizni kimdir bilganu yo‘lingizga gilam to‘shab qo‘ygan. 
Har yili kuzda, xazonrez paytida menga shunday tuyuladi. Shuning uchun ham ko‘chaga 
chiqaman, serdaraxt xiyobonlarni uzoq-uzoq aylanaman. 
Quyoshning so‘nggi shu'lalari so‘ndi. Tepaga qaradim. Ko‘k betini parcha-parcha qora 
bulutlar qoplab olgan edi. Ko‘p o‘tmay, qayinzorni tasir-tusur tovushlar qoplab, yomg‘ir 
yog‘a boshladi. 
Yerda tangadek ochiq joy qolmadi. Hammasini xazon qopladi. Yomg‘ir zarbidan 
barglar duv-duv to‘kilardi. 
Bir mahal qayinzor yorishdi. Yomg‘ir siyraklashdi. Yuzimdagi yomg‘ir tomchilarini 
yengim bilan sidirib, tepamga qaradim. Qaradim-u, ko‘zlarim qamashib ketdi. Ro‘paramdagi 
qayinning eng yuqori shoxida bir narsa xuddi oltindek tovlanib turardi. Qo‘limni soyabon 
qilib yaxshilab qaradim. Bu oddiy yaproq, sap-sariq qayin yaprog‘i edi. Yaproq quyosh 
nurida oltindek tovlanib, yengil tebranganicha ko‘kka dadil bo‘y cho‘zib turardi. 
(120 so‘z. O‘.Umarbekov) 
SUV - MUQADDAS NE'MAT 
Suv- yerda eng ko‘p tarqalgan suyuqlik hisoblanadi. U asosan sayyoramizrcing uch 
butun o‘ndan ikki qismini egallagan. Dengiz va okeanlardan jamlangan. Ko‘l va daryolar
Arktika va Antarktida muzlari ham suvdan iborat. Suv havoda bug‘ ko‘rinishida ham bo‘ladi. 
Hatto odam tanasining deyarli 2/3 qismi ham suvdan tashkil topgan. 
Yer kurrasidagi umumiy suv miqdori o‘zgarmaydi. Okean, dengiz, daryo va ko‘l yuzidagi 
suvlar bug‘lanib, bulutlar hosil bo‘ladi. Ular esa yomg‘ir yoki qor bo‘lib yog‘ib, yana yer va 
okeanlarga tushadi. 


Yer yuzida aholi iste'mol qiladigan toza suv miqdori borgan sari kamayib bormoqda. 
Odamlar sanoat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan suvdan ko‘proq foydalanmoqdalar. 
Aksariyat hollarda korxonalar chiqindilari bilan suv ifloslanmoqda. Injenerlar suvni 
tozalashning turli usullarini topmoqdalar. Mamlakatimizda chiqindilar va oqava suvlarni suv 
havzalariga oqizish taqiqlangan. Har doim esingizda bo‘lsin: suvni asrang, uni isrof qilmang. 
(121 
so‘z. 

Bolalar 
ensiklopediyasi"dan) 
Y1L FASLLARI 
Yer quyosh atrofini bir yilda bir marta aylanib chiqadi. Shu davrda u o‘z sirtini 
Quyoshga har xil vaziyatda "tutib" beradi. Quyosh osmonda baland ko‘tarilganda, uning 
nurlari Yerga to‘g‘ri tushib, uni kuchliroq qizdiradi va Yer yuzi issiq bo‘ladi. Quyosh uncha 
baland ko‘tarilmay, uning nurlari Yerga qiyalab tushganda, yerni paypaslab o‘tib ketgandek 
bo‘ladi va Yer yuzida sovuq turadi. 
Qishdan keyin bahor, bahordan keyin yoz keladi. Yozning qoq o‘rtasida - 22-iyunda yozgi 
Quyosh turishi yuz beradi. Endi yoz o‘zining haqiqiy kuchini ko‘rsatadi. Kunlar juda isiydi, 
bolalar suvdan chiqmay qolishadi. Biroq hademay kuz yaqinlashib, uning ba'zi alomatlari 
paydo bo‘la boshlaydi. Kunlar qisqarib, tunlar uzayadi. Asta-sekin daraxtlarning bargi 
sarg‘ayib to‘kila boshlaydi. Hademay daraxtlar yap-yalang‘och bo‘lib shumshayib qoladi, 
tabiat qorni kuta boshlaydi. Shu tarzda fasllar almashina-almashina yil o‘tadi. Azaldan bu 
jarayon takrorlangani- takrorlangan. 
(129 so‘z. "Bolalar ensikiopediyasi"dan) 
BAHOR 
Lola sayli juda gashtli bo‘ldi. Quyosh tepamizga kelguncha, ikki quchoq - ikki 
quchoqdan lola terib qo‘ydik. Sobirjonning sevinchi ichiga sig‘masdi. Kasaldan yaqinda 
turgan bo‘lsa ham, xuddi yosh boladek u yoqdan-bu yoqqa sakrab chopar, ko‘m-ko‘k 
maysalar ustiga dumalardi. Biz borgan joy haqiqatan ham go‘zal edi. Bir tomoni tog‘, bir 
tomoni ko‘m-ko‘k dala. Olisda kumushdek tovlanib daryo oqmoqda. Lolazor esa, xuddi 
mohir to‘quvchi qo‘lida to‘qilgan chorsi gilamga o‘xshardi. 
Yo‘lga tushdik. Mashina isib ketdi. Dala joyda shunday bo‘ladi. Sobirjonning 
peshonasini hatto ter qoplay boshladi. Oynani tushirdim. Gup etib muzdek havo yuzga urildi. 
Tez ketayotgan ekanman. 
Kun og‘a boshlagan edi. Qishloqqa kirdik. Ikki tomonimizdan bargak yozgan tollar 
lipillab o‘ta boshladi. Peshayvonli sariq bino oldidan o‘tayotganimizda bir bog‘lam siren 


ko‘targan kichkina qizcha bizga qo‘l silkib qo‘ydi. Tabiat bilan baravar ko‘z ochasan. 
Go‘zallikdan boshqa narsani ko‘rmaysan. Mashina soy bo‘yiga yaqinlashdi. Choyxona shu 
yerda edi. 
(130 so‘z. O‘.Umarbekov) 
ONA YURTING - OLTIN BESHIGING 
Ona yurting-oltin beshiging. Xalq ona yurtni ana shunday deb ulugiaydi. 
Vatanning liar bir qarich yerini muqaddas bilib, uni sevishga, ardoqlashga da'vat etadi. 
Darhaqiqat, ona yurt - oltin beshik. Biz ana shu oltin beshikda dunyoga kelamiz, birinchi bor 
ilk qadam tashlaymiz, o‘sib-ulg‘ayib, voyaga yetamiz, el-yurt xizmatiga bel bog‘laymiz. Ha, 
ona diyorning qadriga yetish, uning kamoloti, gullab-yashnashi, osoyishtaligi uchun 
qayg‘urishni yoshlikdan ongimizga singdirilishida chuqur ma'no bor. Chunki, har qanday 
inson ona-Vatani, ota-bobolari o‘tgan muqaddas zamin bilan faxrlanib yashaydi. Bu tuyg‘u 
unga kuch-quwat beradi, aql-idrok ato etadi, jasoratlarga chorlaydi, mardliklarga undaydi. 
Insondek yashash, mehnat qilish, hayot kechirishni ta'minlaydi. 
Vatanni sevish — bu ona yurtning ravnaqi yo‘lida halol mehnat qilish, o‘zini 
qahramonliklarga tayyorlab borish demakdir. O‘zing yashab turgan zaminni e'zozlash, 
tabiatini va nafosatini saqlash, uning go‘zalligiga go‘zallik qo‘shish, odamlarni seva bilish, 
a'lo o‘qish, xushxulq, xushsurat bo‘lish demakdir. Vatanni sevish, uning har bir qarich yerini 
muqaddas bilib qadrlash go‘daklik chog‘imizdanoq ona allasi bilan qon-qonimizga singadi... 
DO‘STLIK-OLTINDAN QIMMAT 
Do‘stlik! Bu so‘z tog‘lardan azim, to‘fonlardan qudratli, quyosh yanglig‘ 
tuyg‘udir. Do‘stlik bilan har qanday ofatni daf qilish, har qanday yovni mahv etish, har 
qanday to‘siqni yanchib o‘tish mumkin. Do‘stlik bor yerda har qanday og‘ir yengil, 
mushkullar oson bo‘ladi, hal etilmagan muammo qolmaydi. Haqiqiy do‘stlik oldida hatto 
o‘lim ham chekinadi. 
Darhaqiqat, «Do‘stlik» so‘zi elda muqaddas sanalib, mo‘jizalar kaliti, omad, baxt-
saodat omili, deb ataladi. Haqiqatan ham, qo‘shiqdek jarangdor, osmondek musaffo, 
olmosdek jiloli, po‘latdek mustahkam, quyosh nuridek qaynoq va yoqimli, mehrigiyodek 
hayotbaxsh bu so‘zning zamirida olam- olam ma'no yotadi. Insonning azal-azaldan o‘ziga 
do‘st izlashi, quvonch va tashvishlarini u bilan baham ko‘rishga intilishining boisi ham 
shunda. 
Xalq do‘sti yo‘q kishini baxtsiz kishi deb ataydi. Do‘stlari ko‘plar esa dunyodagi eng 
baxtli insonlardir. Xalqimiz do‘stlik va o‘rtoqlikni azal- azaldan qo‘shiqqa solib kiiylab, bu 


haqda dostonlarto‘qib, afsonalaryaratgan. Bu mavzu xalqda, uning og‘zaki ijodida asosiy 
mavzulardan hisoblanadi. 
Do‘stlik tufayli bahodirlar haybatli tog‘larni teng ajratib, o‘zlariga yo‘l ochadilar, azim 
daryolarni kechib maqsad tomon olg‘a intiladilar. Cho‘lu biyobonlarni bog‘-rog‘larga 
aylantiradilar. Dushrnanlami mag‘lub qiladilar, baxt-saodatga erishadilar. 
IFTIXOR 
Milliy g‘urur — bu milliy iftixordir. Milliy iftixor millat o‘zini yaxlit ijtimoiy birlik 
ekanligini ongli ravishda his qilishidir. Bu shunday bir kuchli ruhiy holatki, u tufayli tarixiy 
birlik, qon-qarindoshlik, til, madaniyat, ma'naviyat, iqtisodiy hayot va kelajak birligi millat 
vakillarining qalbidan chuquro‘rin oladi. 
Milliy birdamlik tuyg‘usi — milliy ongning negizidir. Milliy birdamlik yetuk va 
mukammal ma'naviy fazilat sifatida milliy ongi rivojlangan millatlarda to‘laroq namoyon 
bo‘ladi. Mahalliychilik va guruhbozliklar milliy birdamlik hissiyotining kuchsizlanishiga 
olib keladi. 
Milliy iftixor millat ma'naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi 
qadriyatlarni o‘z ichiga oladi. Milliy istiqlol natijasida erishilgan va erishilajak iqtisodiy va 
ma'naviy yutuqlar ko‘paygani sari O‘zbekiston bilan faxrlanish hissi-milliy iftixor 
shunchalar kuchayib boraveradi. Milliy iftixor mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun 
birdek tegishli va uning yuksala borishi uchun barcha fuqarolar barobar mas'uldirlar. 
Xullasi kalom, yuqoridagi sharhlarimizdan ham ko‘rinadiki, iymon serma'no, tabarruk, 
muqaddas so‘z va xosiyatli tushunchadir. Bir so‘z bilan aytganda, iymonli odam risoladagi 
fuqarodir. Bu CTzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Parlamentimiz tomonidan 
qabul qilingan fuqarolikka doir qonun-qoidalarga ham mos keladi. 
(162 so 'z- A.Ibrohimov. «Yorug‘lug‘» kitobidan) 
TILINGNI AVAYLA - OMONDIR BOSHING 
O‘quv va bilimning tarjimoni tildir. Kishiga ro‘shnolik, yaxshilik va ezguliklar til tufayli 
keladi, buni yaxshi bilib olish kerak. Qadr-qimmatni ham obro‘-e'tiborni ham kislli til orqali 
topadi. Agar tilga e'tibor berilmasa, noo‘rin qo‘llansa, odam boshining yorilishi hech gap 
emas: 
Til arslon misoli yotar qafasda,
Bexabar boshini u yer nafasda...
So‘zingni tiyib yur, boshing yormasin,
Tilingni tiyib yur, tishing sinmasin. 


Dono qardoshlarning tiliga quloq sol. 
Ular - Ey til egasi, boshingni asra! - deyishgan. O‘ziga esonlik tilagan har bir odam tilidan 
yaroqsiz so‘zini chiqarmasin. Bilib so‘zlagan so‘z donolik sanaladi. Bilimsizning so‘zi esa 
o‘z boshiga yetishi mumkin. 
Hech qachon ko‘p gapirma. Juda oz so‘zla. Tuman so‘z tugunini bitta so‘z bilan yozib yubor, 
ya'ni oz so‘zlarga ko‘proq ma'no sig‘dirish payidan bo‘lgin. Chunki: 
Kishi so‘ztufayli bo‘ladi malik,
Ortiq so‘z bu boshni etadi egik. 
Ortiqcha aytilgan so‘z kishi ko‘ngliga malol. Ammo so‘zlamaslik ham mumkin emas. Bu 
holda soqov degan nomni orttirib olish mumkin. Shunga ko‘ra o‘rtacha yo‘riq tutish lozim. 
Yo‘riqni o‘rtacha tutgan odam qut-iqbolga erishadi: 
Tilingni avayla- omondir boshing,
So‘zingni avayla - uzayar yoshing.... 
SUHBAT ODOBI 
To‘y, ziyofat, ma'raka yoki shularga o‘xshagan yig‘in joylarga borib, suhbatlashib 
o‘tirgan odamlar orasiga kirsangiz, quyida zikr qilingan suhbat odobi qoidalariga rioya 
qiling. 
Avvalo o‘tirganlarning nafratiga sabab bo‘lmaslik uchun badaningiz va kiyimingiz ozoda, 
рок bo‘lsin, og‘zingizdan sarimsoq, xom piyoz hidlari kelmasin. So‘ng, suhbatdoshlar 
orasiga kirib salom berib, ular bilan ko‘rishing, bitta salom hammalari uchun kifoya qiladi. 
Sizdan yoshlari katta bo‘lgan odamlardan yuqori o‘tirmang. Ikki kishi orasiga ruxsatsiz kirib 
joylashmang. Sizdan yuqoriroq o‘tirgan odam tashqariga chiqib ketishni istasa, o‘mingizdan 
turib yo‘l bering. Mutakabbirona o‘tirishdan saqlaning. Beuzr yonboshlab, oyoqlarni uzatib 
o‘tirish odobsizlik sanaladi. 
O‘tirganlarning suhbatiga ishtirok qilishni istasangiz, nojo‘ya harakatlardan saqlaning. 
Katta-kichiklarning har qaysisini hurmatlab, yoshi va martabasiga ko‘ra muomala qiling. 
Qovoq solib, to‘ng‘illab so‘zlamang. Muomalangiz xush, chiroyingiz ochiq, so‘zlaringiz 
shirin va muloyim bo‘lsin. 
Suhbatda esnab, mudrab o‘tirish yarashmaydi. Gapirar ekansiz, boshqalarga so‘z 
bermay, o‘zingizni bilarmon ko‘rsatib, hadeb so‘zlay bermang. Bir kishi so‘zini tamom 
qilgandan so‘ng lozim topsangiz, suhbatdoshlarning ruxsati bilan sekinroq va muloyimlik 
bilan so‘z boshlang. Ortiq darajada ko‘p so‘zlab, ezmalik qilib o‘tirmang, so‘zingiz qisqa, 
ma'noli bo‘lsin. 


NONDAY AZIZ 
Xalqimizning ajoyib udumlari, an'analari behisob. Ammo ular orasida bir an'ana 
borki, u haqda har qancha so‘zlasang shunchalik oz. Bu - kitob bilan bog‘liq an'ana bo‘lib, 
elimiz mutolaani sevishi, unga chanqoqligidir. 
Kitob uni yaratgan xalqning bebaho ma'naviy boyligidir. U inson aql-idroki va 
ijodkorligining buyuk kashfiyotlaridan biridir. Kitob - hayot darsligi, barcha bilimlar asosi, 
dunyo voqea-hodisalari va el-u elatlar hayotidan hikoya qiluvchi birdan-bir manba. 
Kitob - insonning eng yaqin do‘sti va maslahatgo‘yi, aql qayrog‘i. Kitob - xazinalar 
kaliti, tafakkur manbai. Kitob - nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas. Shu boisdan ham 
kitobni sevish, qadrlash va e'zozlash qadim- qadimlardan boshlangan. 
O‘zbek xalqi kitob, uning hayot darsligi, mo‘jizakorligi haqida ko‘plab afsonalar, naql-
rivoyatlar, topishmoqlar, maqol va matallar to‘qigan. 
Xalq «Qat-qat qatlama, qatlamadan hatlama» deb kitobdan, hatto hatlab o‘tish mumkin 
emasligini ta'kidlaydi. 
Quyida keltirilgan hikmatlarda kitob bamisoli oftob yanglig‘ ulug‘lanadi, uning qadriga 
yetishlik ta'kidlanadi: 
Kitob - oftob. 
Olim - kitob. 
Kitob - aql chirog‘i. 
Ko‘p yurgan ko‘p ko‘rar, 
Ko‘p o‘qigan ko‘p uqar. 
Kitob bilim beradi, 
Bilim baxt keltiradi. 
YANGI HOVLI 
Bizning yangi hovlimiz Abdulla Qahhor ko‘chasida joylashgan. Hovliga chiroyli eshik 
orqali kiriladi. Eshik yonida mashina kirishi uchun katta darvoza ham bor. Hovliga 
kirishingiz bilan besh xonali uyga ko‘zingiz tushadi. Uyning tomi to‘q qizil rangga 
bo‘yalgan. Oppoq rangdagi derazalarning yaltirashi ko‘zingizni oladi. Uyning yerto‘lasi ham 
bo‘lib, u yerda sabzavot va boshqa mahsulotlar saqlanadi. 
Xonalarning birida ukam ikkalamiz yashaymiz. Bizning xonamizga guldor gilam 
to‘shalgan. Ikkita karavot qo‘yilgan. Karavotlarda chiroyli ko‘rpa va yostiqlar bor. 


Hovlidagi gulzor va mevali daraxtlar ko‘zingizni quvnatadi. Daraxtlar tagiga qo‘yilgan 
kattagina so‘rida yoz oylarida miriqib dam olish mumkin. 
IFTIXOR 
Nihoyat, Londondan Toshkentga uchadigan bo‘ldik. Havo kemasiga chiqishimiz bilan 
osoyishta va yoqimli ovoz yangradi: «Assalomu alaykum, xonimlar va janoblar! Sizlarni 
«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi nomidan muborakbod etamiz!» Rostini 
aytsam, ko‘zimdan yosh chiqib ketdi. Bu so‘zlar mening tilimda, ona tilimda jarangladi! 
Vatanimdan minglab chaqirim narida, tag‘in yuzlab xorijiy yo‘lovchilar o‘tirgan kemada!.. 
Aqalli mana shu holatning o‘zi uchun Istiqlolga ming bora ta'zim qilishga tayyorman! 

Download 394.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling