Ikki oshna yoshlikdan birga o‘sdilar. Davr kelib ikkalasi ham o‘z baxtini izlab yo‘lga chiqsalar, ikki yo‘l uchraydi. Biri bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga yo‘l oladilar


Download 394.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana29.12.2022
Hajmi394.99 Kb.
#1072309
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ona tili va adabiyoti fanidan DIKTANTLAR

Navro‘z 
Navro‘z juda ham qadimiy, shu bilan birga muttasil yangilanib borayotgan 
bayramlarimizdan biridir. U sharq xalqlarining muhtarak ijodi bo‘lib, har bir millat va elat 
o‘z turmush va yashash tarzi, uf-odatalri doirasida uni nishonlab keladi. Shuning uchun ham 
Navro‘z, bir tomondan sof milliy, ikkinchi tomondan, baynalminal bayram sifatida 


rivojlanishda davom etmoqda. U uzoq o‘tmishdan bizning kunimizgacha ulug‘vor 
qadryatlarimizdan biriga aylandi. 
Navro‘z bayrami, uning tarkibi va ota-bobolarimizning ko‘klamni e’zozlashi, suv, olov, 
tuproq, quyoshga e’tiqod bilan bog‘liq urf-odatlari, marasimlari, qadimiy e’tiqodlardan 
tortib, bugungi zamondoshlarimizning ilmiy, badiiy qarashlarigacha bo‘lgan ma’naviyat 
olami singib ketgan bo‘lib, bu bayramn insoniyat, madaniyat rivojining har bir yutug‘idan 
doimo, kuch va quvvat olib turdi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va insoniyat falsafiy-estetik 
tafakkuri darajasiga ko‘ra doimo boyib boradi.
(117 so‘z)
Ijodkor mehnati 
Shoir har kuni aqalli bitta she’r yozishi kerak, adib har kuni aqalli bitta sahifani 
to‘ldirishi kerak, degan gaplar yuradi. 
Chindan ham tikuvchi har kuni aqalli bitta ko‘ylak tikadi. Oshpaz har kuni aqalli bir 
qozon osh damlaydi. Novvoy har kuni aqalli bir tandir non yopadi…. Shunday ekan, shoir 
nega har kuni aqalli bitta she’r yozmasligi kerak? 
Shunaqa-ku… Tikuvchi do‘kondan tayyor mato olib, tayyor bichim bilan ko‘ylak 
tikadi. Oshpaz bozordan tayyor masalliq olib, tayyor qozonda osh damlaydi. Novvoy 
kappondan tayyor un olib, tayyor tandirda non yopadi…. 
Qalamkash esa, “mato” bilan “bichim”ni ham, “masalliq” bilan “qozon” ni ham, “un” 
bilan “tandir”ni ham o‘zi yaratishi kerak. Boshqalar bor joydan bor qilsa, ijodkor yo‘q 
joydan bor qiladi. Buning uchun esa, Xudo bergan iste’dod, Xudo ko‘ngliga solgan ilhom 
kerak! 
To‘g‘rilik 
Aytishlaricha, qadim-qadim zamonda bir podsho koshona qurdirishni ixtiyor etibdi. U 
mashhur hunarmand ustalarni huzuriga chaqirib, maqsadini aytibdi. Ustalar reja tuzib, eng 
to‘g‘ri, kam-ko‘sti yo‘q, baland ustun axtarishib, shahar-u qishloqlarni kezib chiqishibdi. 
Nihoyat, yolg‘iz yashovchi keksa ayol hovlisidagi azim terakni tanlashibdi. Ular kampirga 
tilla tangalar berib, terakni kesib olib ketibdilar. 
Uni saroyning o‘rtasiga o‘rnatibdilar, zarhal naqshlar bilan-ishlov beribdilar. Ustun esa 
saroy chiroyini yana ham ochib yuboribdi. Saroy bitgach, odamlar uni tomosha qilgani 
kelishibdi. Saroyni ko‘rish uchun kelgan kampir ham ustunga qarab: «To‘g‘ri o‘sganing 
uchun mana shunday bezanib, el e'tiborini tortib turibsan. Egri bo‘lib o‘sganingda o‘tin 


bo‘lib, yonib kul bo‘larding. To‘g‘rilik senga shunchalar izzat-ikrom baxsh etdi. Shu tufayli 
men ham yo‘qchilikdan qutulib, turmushim yaxshilanib ketdi», - degan ekan. 
Demak, to‘g‘rilik, halollik insonni kamolot sari yetaklaydi. 
Maktab-ulug‘ dargoh 
Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l avvalo ta`lim-tarbiyadan boshlanadi. 
Shuning uchun qachonki bu haqida gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash 
bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot- 
o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz. 
Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas`uliyatli
vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz, ertaga 
o‘rnimizga keladigan yoshlarning ma`naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati 
naqadar beqiyos ekanini yaxshi tasavvur qilamiz. 
Bu yorug‘ olamda har bir odam o‘zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimiga 
nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi. Inson o‘z umri davomida qanday 
yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida 
olgan ta’lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishida ulkan 
ahamiyatga ega ekani shubhasiz.
Muxtasar aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi 
hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan 
o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi. 
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ma’rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, 
agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi 
o‘qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o‘ylaymanki , ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. 
Chindan ham, o‘qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-
minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini baxsh etadigan, o‘z o‘quvchilariga haqiqatdan 
ham hayot maktabini beradigan mo‘tabar zotdir. Ona tilimizda “maktab ko‘rgan”, “maktab 
yaratgan” degan chuqur ma’noli iboralarning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning , 
zahmatkash o‘qituvchi mehnatining davlat va jamiyat hayotida qanchalik muhim o‘rin 
tutishidan dalolat beradi. 
(I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asaridan) 
Har narsadan aziz 
Olam gultoji hisoblanmish inson uchun tabiat bitmas-tuganmas ne`matlar ato etgan. 
Bug‘doy-shu ne`matlarning bittasi xolos, oltinday sarg‘ayib egilgan, hududsiz maydonlarda 


mavjlanib yotgan bugdoyzorlar ming yillardan buyon odamzot rizqining manbai hisoblanib
kelgan. 
Bug‘doyning inson hayotidagi ahamiyati haqiqatan beqiyos. Hozirgina tegirmonda 
tortilgan undan yopilgan yangi nonning xushbo‘y ta`mini tasavvur etib ko‘ring. U har bir 
kishida qaytarilmas, latif xotiralarni uyg‘otadi. 
O‘zbek xalqining milly belgilaridan biri tandir bo‘lsa, ikkinchi belgi, shubhasiz, nondir. 
Nonning turfa xil turlari bor: patir, gijda ,shirmon, gulobi, obinon, yog‘lama, kulcha, xon 
noni, lochira…
Ularni sanab chiqishning iloji bormikin? 
Nima bo‘lganda ham ajdodlarimiz asrlar bo‘yi ko‘zga surtib, e`zozlab kelgan nonda 
chindan ham g‘aroyib xususiyatlar bor. U zakovatning takrorlanmas mo‘jizasi, quyoshning 
kichik bir ramzidir. U hech qachon ko‘ngilga urmaydi, aziz-u mo‘tabar ne`mat bo‘lib 
qolaveradi.
(123 so‘z) 
Yil fasllari 
Yer quyosh atrofini bir yilda bir marta aylanib chiqadi.Shu davrda u o‘z sirtini 
quyoshga har tomonlama tutib beradi.Quyosh osmonda baland ko‘tarilganda uning nurlari 
yerga to‘g‘ri tushib,uni kuchliroq qizdiradi va yer yuzi issiq bo‘ladi.Quyosh uncha baland 
ko‘tarilmay,uning nurlari yerga qiyalab tushganda,u yerni paypaslab o‘tib ketgandek bo‘ladi 
va yer yuzida sovuq turadi.qishdan keyin bahor,bahordan keyin yoz keladi.Yozning qoq 
o‘rtasida, 22-iyunda yozgi quyosh turishi yuz beradi. Endi yoz o‘zining haqiqiy kuchini 
ko‘rsatadi. Kunlar juda isiydi,bolalar suvdan chiqmay qolishadi. Meva va sabzavotlar, poliz 
ekinlari g‘arq pishadi. Bozor va ko‘chalar qovun, tarvuzlarga to‘lib toshib ketadi. Biroq 
hademay kuz yaqinlashib, uning ba’zi alomatlari paydo bo‘la boshlaydi. 
(110 ta so‘z) 
Ona yurt sog‘inchi 
Tug‘ilib o‘sgan uyim, mushtipar onajonim, bolaligim o‘tgan qishlog‘imni, mehridaryo 
hamqishloqlarimni sog‘indim. 
Qishlog‘imni eslaganimda yuzidan nur yog‘ilib turuvchi, oppoq ro‘molli momolar, 
nuroniy bobolar, qoshlariga o‘sma tortgan dilbar kelinchaklar, tog‘ni ursa talqon qiladigan, 
Alpomishdek xushsurat yigitlar ko‘z oldimda gavdalanadi .U yerda shirinso‘z, qalbi qaynoq, 
bir-biriga mehribon insonlar bir-birining baxtidan quvonib, g‘amlariga sherik bo‘lib 


yashashadi. Qishloqning sho‘x, chaqqon kelinchaklari hali quyosh ko‘tarilmay turib, hovli va 
ko‘chalarni orasta qiladilar. Qishloq shunisi bilan qadrdon, shunisi bilan sevimli… 
Ona qishlog‘im, sening so‘lim go‘shalaringni, shildirab oqib turgan jilg‘alaringni 
ko‘cha to‘la bolalaringni qo‘msayman .Ajabo, qanchalar shirin-a, Vatan tuyg‘usi…(96 so‘z) 
Milliy bog‘ 
O‘zbekiston poytaxti Toshkentdagi katta Milliy bog‘ har kuni dam oluvchilar va 
bolalar bilan gavjum. Bog‘ning kiraverishidagi yangi oshxona mijozlar xizmatiga shay. 
Baquvvat to‘sinlarga o‘rnatilgan oshxona tomi ertaklardagi bahaybat qo‘ziqoringa o‘xshaydi. 
Suv to‘ldirilgan marmar hovuzda tanga baliq va xonbaliqlar suzib yurishibdi.Orqa tarafdagi 
archazor xiyobonda oq, qizil, sariq atirgullar barq urib ochilgan. Bahor tashrifidan yashnagan 
gulzor, hazrati inson mehnatiga tasannolar aytayotgandek, mayin, yoqimli hidlar taratib asta 
tebranadi. Atirgullar iforiga maftun turfarang kapalaklar guldan gulga qo‘nib, yayraydilar… 
Har xil attraksionlar bolalarga quvonch ulashadi.Ularning shodon qichqiriqlari farovonlik, 
tinchlikdan darak beradi. Bolalarning beg‘ubor ko‘zlaridagi quvonchni ko‘rib, ota-onalar 
shunday kunlarga shukronalar aytadilar. Jannatmakon yurtimizda tinchlik barqaror bo‘lsin!
Alla 
O‘tgan zamonda bir oilaning qizchasi yo‘qolib qoladi.Qizchasi katta bo‘lib voyaga 
yetgan chog‘ida ota-onasi uni topishga muvaffaq bo‘lishadi.Biroq qizcha ota-onasiga 
yotsirab qaraydi, uydan chiqib ketishini hamda avvalgi joyiga qaytishini istaydi. Shunda 
bechora ota-onasi hech bo‘lmasa bir kecha tunab ketishini undan iltimos qiladi. Qiz rozi 
bo‘ladi.Yarim kechada onasi uyqudan turib beshikda yotgan ukasini uxlatish maqsadida alla 
aytadi. Shu payt qizning uyqusi qochib allaga quloq tutadi va ona mehrini tuyib, o‘zini ona 
bag‘riga otadi. Siz mening chin onam ekansiz,-deydi u onaizorni quchoqlab.Chunki uni ham 
yoshligida onasi alla aytib uxlatar edi. Alla sehri orqali ular murod-maqsadiga yetishadi. 
(100 ta so‘z) 
Samoviy “radioko‘z” 
Yaqinda Ukraina Fanlar akademiyasining radiofizika va elektronika institutida 
samoviy “radioko‘z” yaratildi. Ko‘zning o‘tkirligi bilan endi u shimol yo‘llarida har qanday 
navbatchining ishini bajarishi mumkin. Bu yo‘l bilan kemalar kuzatuvini ta’minlasa ham 
bo‘ladi. Yer sathining tuzilishini masofada o‘rganadigan radiolokatsio sistemaning yangi, 
sanoat uchun mo‘ljallangan nusxasi yerning “Kosmos-1976” sun’iy yo‘ldoshiga o‘rnatilgan. 


“Radioko‘z” qorong‘uda ham qalin butalar orasida Qutb kechasini ko‘ra oladi.Radio 
to‘lqinlar yer sathidan bir xil bo‘lib qaytmaydi. Signallarning intensiv oqimidan quruqlik 
hamda suvni, har xil qalinlikdagi muzliklarni, yoriqlarni,tepaliklarni,muzdagi kanallarni, 
aniq ilg‘ash mumkin. Yangi lokator birinchi sinovdayoq Antarktida muzliklarida yo‘qolib 
qolgan “Mixail Somov”dizelelektroxodini qutqarishda katta yordam berib, o‘zini oqladi. 
(95 ta so‘z) 
Yangi yil dasturxoni 
Yangi yil dasturxoni alohida did va mahorat bilan bezatilgan bo‘lishi 
kerak.Ziyofatning chiroyli va serfayz o‘tishi uchun qanday mahsulotlar,taomlar tayyorlash 
kerak ? Axir yangi yildagi har bir taom o‘zining ramziy mazmuniga ega.Go‘shtli,baliqdan 
tayyorlangan taomlar yangi baxt-saodat va to‘kinlik timsolidir.Agar dasturxon shirinliklar va
noz-ne’matlarga to‘la bo‘lsa, butun yil bo‘yi hayot shirin kechadi, degan naql bor.Uzum 
shingili esa mo‘l-ko‘llik,xonadondagi tinchlik va baxtiyorlik ramzidir.Naq soat 12 da, soat 
bong urishi bilan 12 dona uzumni yeyish kerak,deb hisoblashadi.Bunda har bir dona uzum 
bir niyatni ko‘zlab yeyilar emish.Bayram ko‘ngildagiday o‘tishi uchun kuyunchak uy 
bekalari oldindan qizg‘in taraddud ko‘rishlariga to‘g‘ri keladi.Mana, keeling, ularning 
pazandalik mahoratlariga baho bering: bu yerdan sarxil mevalar va chiroyli tortlar,baliq va 
xamirdan tayyorlangan taomlar,shakarpazlik mahsulotlarini va yangi salatlarni tanlab 
olishingiz mumkin.
DAVLAT MADHIYASI 
Jahondagi har bir mustaqil davlat o‘z madhiyasiga-gimniga ega. 
Madhiya - muayyan maqsadni ko‘zlab bitilgan she'r asosida yaratilgan tantanali 
qo‘shiq. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil bo‘lgach, Davlat madhiyasiga tanlov e'lon qilindi. 
Tanlovda musiqasini mashhur bastakor Mutal Burxonov, she'rini taniqli shoir Abdulla 
Oripov yozgan madhiya g‘olib chiqdi. Bu madhiya 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat madhiyasi sifatida tasdiqlandi. 
Madhiyada buyuk Vatanimiz, ozod va obod yurtimiz, buyuk tariximiz,porloq 
kelajagimiz kuylanadi. O‘zbek zaminining boyliklarga konligi, xalqimizning ilm va ma'rifat 
bayroqdori ekanligi tarannum etiladi. Tinchliksevar elning asosiy boyligi uning istiqloli 
ekanligi madhiya mazmunining negizini tashkil qiladi. 


O‘zbеk udumlаri 
O‘zbеk milliy udumlаri qаdimiy qаdriyatlаrimiz singаri uzоq o‘tmishgа egа. 
Хаlqpаrvаr vа mа’rifаtpаrvаr hukmdоrlаr аjdоddаn аjdоdgа o‘tib kеlаyotgаn bundаy 
mаrоsimlаrni аvlоdlаrgа yеtkаzish, ulаrni ulug‘lаshgа bоsh-qоsh bo‘lgаnlаr. Shu tufаyli bu 
udumlаr хаlqimiz yurаgidаn jоy оlib, shоdlik kunlаrigа аylаnib qоlgаn. 
O‘zbеk хаlqidаy bоlаjоn vа оrzu-hаvаsli хаlq bo‘lmаsа kеrаk. Fаrzаnd ko‘rish bilаn 
uning quvоnchi vа unutilmаs kunlаri bоshlаnаdi. Аqiqа to‘yi, sunnаt to‘yi, fоtihа to‘yi, nikоh 
to‘yi shulаr jumlаsidаndir. Bоlа tug‘ilgаndа uning qulоg‘igа аzоn аytish, to‘ylаrdа ko‘pkарi 
chоptirish, qiz bоlаni uzаtishdа yor-yor аytish kаbi udumlаr hеch qаchоn o‘lmаydigаn, 
umrbоqiy аn’аnаlаrdir. Bulаrsiz o‘zbеklаr hаyotini tаsаvvur qilish mumkin emаs. O‘zbеk 
udumlаrigа bоshqа millаt vаkillаri hаm kаttа qiziqish bilаn qаrаshmоqdа. Bu udumlаr o‘zbеk 
millаtining shоn-shаrаfi, fахr-iftiхоridir. (98 tа so‘z) 
Navro‘z tashrifi 
Ma'lumki, navro‘z kelishi bilan butun tabiat uyg‘onadi… Navro‘z bizning 
zamonamizda yangicha mazmun kasb etmoqda. Bu davlat bayrami, uni qanday millatga 
mansubligidan qat'iy nazar, har bir xalq-elat birgalikda baham ko‘rib, tantana qiladi. 
O‘zbek xalqi qadimdan bag‘rikengligi va mehmondo‘stligi bilan tanilgan. Navro‘z 
bahor bayramidan mehmondo‘stlik ayyomiga aylanadi. Shuning uchun u baynalminal 
bayramga aylangan.
Xalqimiz yaxshi niyat bildirganda: «Tinchlik xotirjamlik bo‘lsin, el-yurtimiz omon 
bo‘lsin», - deb niyat bildiradi. Navro‘zda inson ulug‘lanadi va dillarda ezgu niyatlar 
tug‘iladi.
Aytishlaricha, Navro‘z tongi nimani orzu etsang, albatta, maqsadingga yetgaysan. 
Bobodehqonlarimiz to‘kin-sochinlik bo‘lsin, hosilimiz mo‘l bo‘lsin, deb duo qiladilar, biz 
yoshlar, ota-bobolarimizning eng yaxshi an'analarini, urf-odatlarini davom ettiramiz. 
Bahorni, Navro‘zi olamni katta xursandchilik bilan kutib olamiz. (99 tа so‘z) 
Nаvro‘z udumlаri 
Shаrq хаlqlаridа Nаvro‘z bilаn bоg‘liq judа ko‘p udumlар bор. Nаvro‘z kuni оdаmlаr 
оtа-оnаsi, yaqin kishilаri bilаn diydоrlаshgаnlаr. Nаvro‘z kuni оsh bеrilgаn, urushlаr 
to‘хtаtilgаn, оdаmlаr bir-birlаrining gunоhidаn kечib, bаyrаmni хursаndchilik bilаn 
nishоnlаshgаn. 
Nаvro‘zdа аtrоf-muhit, аriq-zоvurlаr tоzаlаnаdi, hоvli-bоg‘lаr tаrtibgа kеltirilаdi. 


Nаvro‘z dаsturхоnigа yеtti хil dаrахt shоhidаn nаmunа kеltirib qo‘yilаdi. Ulаr: mаjnuntоl, 
zаytun, bеhi, аnоr, bоdоm, pistа, yong‘оqdir. Shulаr qаtоridа qаtiq, sut, pishlоq, tuхum, bаliq 
vа yonib tuрgаn shаmlаr hаm qo‘yilgаn. Sumаlаk Nаvro‘zning аsоsiy tаоmi hisоblаnаdi. 
Sumаlаk ko‘pчilik bo‘lib tаyyorlаnаdi. Qishdаn esоn-оmоn chiqib оldik, dеb 
хоnаdоnlаrdаn bir kоsаdаn bug‘dоy yig‘ib оlinаdi. Аytishlаrichа, bir qоzоndаn tаоm еgаnlаr 
bir-birigа qаrindоshdеk yaqin bo‘lib qоlishаr ekаn. 
(98 tа so‘z) 
Musiqa 
Musiqa odamlar e'tiboridagi san'at bo‘lgani holda, uning o‘ziga xos yashirin, sirli 
jihatlari ham bor. 
Yaratgan biz – insonlarga ko‘rish, hid bilish, ta'm bilish, sezish kabi xislatlar bilan bir 
qatorda eshitish, tinglash ne'matini ham ato etgan. Og‘zaki nutq orqali bayon qilingan 
fikrlarni eshitib idrok etamiz. Lekin musiqa ba'zan til tasvirlashga ojiz tuyg‘ularni kishi 
qalbiga, ongiga osongina yetkaza oladi. Musiqalar turlicha bo‘lib, ba'zilari insonni 
ruhlantirib, qalbini yumshatib, ezgu his-tuyg‘ular uyg‘otgani holda, ba'zilari odamlarning 
asabiga tegib, ongida parokandalik uyg‘otadi. (75 tа so‘z) 
Navoiy obidalari 
Ular atrofga ko‘z yugurtirishdi. Uzoqda qorli Muxtor tog‘lari. Pastda kuz kirib, suvi 
shildirab qolgan Injil anhori. Uning chap sohilida mashhur Gavharshod begim madrasasi 
savlat to‘kib turibdi. Navoiy qurdirgan Ixlosiya madrasasi Injilning o‘ng qirg‘og‘ida –
Gavharshod begim madrasasiga yuzma-yuz tushgan edi. Ixlosiyadan narida bemorlar 
davolanadigan, ayni vaqtda yoshlarga tibbiyot o‘rgatadigan Infoiya nomli shifoxona-
madrasa. Undan narida ulkan gumbazli Xosiya xonaqohi. Katta bir mahallaning o‘rnini 
oladigan joy Alisher Navoiy qurdirgan nodir obidalarga to‘lib, Hirotning salobatiga salobat 
qo‘shgan edi. 
Rivoyat 
Buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy haqida shunday rivoyat bor. Olim o‘lim 
to‘shagida yotganida huzuriga shogirdlaridan biri kiribdi. Bilibdiki, ustozining sanoqli 
daqiqalari qolibdi. Kutilmaganda ustozi huquqshunoslikka oid bir masalani sharhlab berishni 
so‘rabdi. Bu ancha chigal masala ekan. Shogird uning qiynalishini istamabdi. 
«Avval sog‘ayib oling, keyin bir gap bo‘lar, hozir shu muammoni bilishingiz shartmi?-
debdi. 


Beruniy hazil qilibdi. «Bilaman, ahvolim og‘ir, ammo ketadigan bo‘lsam, shu narsani 
bilmasdan ketgandan ko‘ra bilib ketganim yaxshida!-debdi. 
Shogird Beruniyning huzuridan chiqib ellik qadam yurar-yurmas, chopar kelib alloma 
hayotdan ko‘z yumganini aytdi.
Bobur 
Bobur yozi bilan tog‘larda yurdi. Shahrisabzdan Hisorga, undan Fondaryo bo‘ylariga 
oshib o‘tdi. Samarqand beklari butun navkarlari bilan Hisor hokimi Hisravshoh tomoniga 
o‘tib ketdi, Andijondan Bobur bilan kelgan odamlarning ko‘pchiligi Iskandarko‘l 
bo‘ylaridan O‘ratepa orqali Farg‘ona vodiysiga qaytdilar. 
Jang-dovullar bu xabarlarning hammasini Shayboniyxonga allaqachon yetkazgan 
edilar. Boburning bir necha yuz kishi bilan tog‘ orqasida qiynalib yurganini aniq biladigan 
Shayboniyxon endi uning Andijonga qaytib ketishiga yoki O‘zgantdan narida xonlik 
qilayotgan tog‘asi Olachaxon oldiga borishiga shubha qilmas edi. Shayboniyxon yov hujum 
qilishini kutmas, shuning uchun shaharda besh yuz kishilik qo‘shin qoldirib, o‘zi asosiy 
lashkari bilan shahardan naridagi Xo‘ja Diydor degan joyni qarorgoh qilgan edi.
Ota yurtga muhabbat 
Ota yurtga cheksiz muhabbat degani atrofdagi bepoyon dunyodan yuz o‘girib, bir umr 
o‘z yurtingdan tashqari chiqmasdan yashash kerak degan ma’noni anglatmaydi. Agar biz o‘z 
qobig‘imizga o‘ralib qolsak, hech qachon har taraflama taraqqiyotga erisha olmaymiz. 
Misol uchun, yurtimiz yoshlari hozir dunyoga sochilib ketganlar. Birlari ta'lim olgani 
oshiqqan bo‘lsa, boshqalari xorijdan kasb-hunar o‘rganib kelish uchun ketganlar. Axir, ota-
bobolarimiz: «Yurgan – daryo, o‘tirgan – bo‘yra», deb bekorga aytishmagan. Aslida ham 
shunaqa: kuch quvvating bor paytda dunyo kezib, ilm olishing, boshqa xalqlar va 
mamlakatlar hayotini o‘rganishing lozim. Biroq, yer yuzasining qay bir burchagida 
yurmagin, ota yurt sen uchun yagona. U bilan ma’naviy aloqani uzib yubormasang, hayotda 
o‘z munosib o‘rningni yo‘qotmaysan. Chunki, begona yurt, begona havo, begona suv hech
qachon Vatan o‘rnini bosolmaydi. 
Nafsilambirini aytganda, qachonki Vatan omon ekan, biz ham omon bo‘lamiz!
Mutal Burxonov 
Tabiatdagi o‘ziga xos nozik tarovatlarni shoirlar she'rga solsa, musavvirlar bo‘yoqqa 
ko‘chiradi, musiqachi esa kuy va qo‘shiqlarda ijro etadi. Kompozitor Mutal Burxonov 


qadimiy Buxoroda o‘sdi. U qadimiy obidalar sehri, tabiat go‘zalligidan qattiq ta'sirlanar,
qalbida ajib tuyg‘ular jo‘sh urar, quvonchdan vujudi to‘lib-toshib nimadir aytgisi,
cho‘qqilarga qarab hayqirgisi kelardi. Bularning hammasi bir kuni kuy, qo‘shiq, yirik 
shakldagi musiqa asarlari bo‘lib otilib chiqdi. Uning ijodi o‘zbek musiqasining eng yorqin 
sahifalaridan birini tashkil etdi. 
Ustoz asarlarining fazilatlaridan biri milliylikdir. Mutal Burxonov musiqa,
san'atimizni rivojlantirib, bir qator yangi musiqa asarlari bilan boyitdi.
Ustoz yaratgan nodir asarlar asl san'at namunasi sifatida yillar osha yashaydi.
(94 tа so‘z) 

Download 394.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling