Inklyuziv ta`lim pedagogikasi Inklyuziv ta’lim


Download 21.22 Kb.
bet2/7
Sana20.06.2023
Hajmi21.22 Kb.
#1631246
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Inklyuziv ta`lim pedagogikasi-fayllar.org

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi «О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida»gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq О‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bо‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga kо‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida

2020 — 2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi о‘rinlarda — Konsepsiya) qabul qilingan

Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi

2020 — 2022 yillar davomida


  • inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtiriladi;

  • inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlanadi, qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi;

  • inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, ular maxsus moslamalar (kо‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qо‘llanmalar, turli kasblarga о‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi;

  • inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy etiladi;

  • alohida ta’lim ehtiyojlari bо‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv о‘qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi о‘rtasida ijobiy ijtimoiy muhit shakllantiriladi;

  • alohida ta’lim ehtiyojlari bо‘lgan bolalarni kamsitish, ularga salbiy muomalada bо‘lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

  • inklyuziv ta’lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta’lim muassasalarining faoliyatiga joriy qilinadi

2023 — 2025 yillar davomida


  • inklyuziv ta’lim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida joriy qilinadi;

  • alohida ta’lim ehtiyojlari bо‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

  • inklyuziv ta’limda о‘qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta’lim jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etiladi;

  • inklyuziv ta’lim jarayonida о‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga, ularning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar kо‘riladi;

  • о‘quvchilarning jismoniy va aqliy ehtiyojidan hamda ta’lim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqib alohida ta’lim ehtiyojlari bо‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab va maktab-internatlar) (keyingi о‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari) soni optimallashtiriladi

Download 21.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling