Boshlang'ich sinflarda tarbiya jarayonida yangicha metodlar
Download 9.65 Kb.
|
jasmin maqola tarbiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’niktirish metodi
Mavzu: Boshlang'ich sinflarda tarbiya jarayonida yangicha metodlar «Tarbiya» fani O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida 2020-2021-o'quv yilidan boshlab joriy qilinadi. Shaxsga ta’lim berishdan,uni tarbiyalashdan asosiy maqsad uni o’qitish va tarbiyalashdir. Shu jihatdan tarbiya masalasi p eng muhim qismlaridan hisoblanadi. Tarbiya jarayonining inson insonni ijtimoiy shaxs sifatida shakllantirish va biz shakllantirishda turli metod va usullardan foydalanamiz. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-sonli «Uzluksiz ma’naviy tarbiya kontsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi Qarori qabul qilindi. Mazkur kontsepsiyaga asosan shaxsni aqliy, jismoniy, ruhiy-ma’naviy, mehnat va estetik tarbiyasini o'quvchilarning tarbiya jarayonida turli metod va usullardan foydalanib,tarbiyalash asosida amalga oshirish belgilandi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarni tarbiyalash jarayonida o'ziga xos metod va usullardan foydalanamiz. Bunda asosiy e’tibor boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy, yosh, aqliy va ruhiy imkoniyatlariga qaratilishi kerak. Boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasida oddiy, lekin samara beradigan metodlarga tayanish maqsadga muvofiq bo’ladi va bu metodlardan to'g'ri foydalanilsa o'z samarasini ko'rsatadi. Tarbiya jarayoni uzluksiz va uzviy bo'ladi. Tarbiyalash jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo'lganligi uchun tarbiya jarayonida yangicha metod va usullarning mavjudligiga,tarbiya jarayonining tashkiliy,ilmiy,metodik mukammalligiga bog'liq. Boshlang'ich sinflarda tarbiya jarayonida quydagi metodlardan foydalanib o'quvchilarni tarbiyalash o'z samarasini ko'rsatadi. Ko’niktirish metodi. Tarbiya jarayoni asosan rag’batlantirish, ko’niktirish kabi usullarga tayanadi. Aksincha, avtoritar usullar tarbiyaning sifat samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu ma’noda boshlang’ich sinf o’quvchilari jamoaparvarlikka, o’zgalarni hurmat qilishga va o’zini tuta olishga ko’niktirib borilishi kerak. SHu tariqa ularning kelgusi faoliyati uchun bunday ko’nikma muhim o’rin tutadi. Ko’niktirish metodi tarbiya jarayonida ko’ndirish, tarbiyalanuvchini hurmat qilish va uni tinglash imkoniyatlarini beradi. Download 9.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling