Qamashi tumani xtbga qarashli 67-o’rta maktabning Tabiiy fanlar metod birlashma
Download 33.5 Kb.
|
Fizika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metod birlashma rahbari: U.Tulaganova
Qamashi tumani XTBga qarashli 67-o’rta maktabning Tabiiy fanlar metod birlashma rahbari va a’zolari ishtirokida Fizika fanidan yangiliklar muhokamasiga doir davra suhbati haqida MA’LUMOTNOMA 2022-yil dekabr oyida 67-maktabning Tabiiy fanlar metod birlashma a’zolarining ishtirokida Fizika fanidan yangiliklar mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Bu yig’ilishda metod birlashma rahbari U.Tulaganova so’zga chiqib, bugungi kunda Fizika fani doirasida o’layotgan o’rganishlar, fanga oid yangiliklar, darsliklardagi o’zgarishlar haqida gapirdi. Bugungi kunda fizika fanida bo’layotgan yangiliklar, darsliklardagi o’zgarishlar, o’quv labaratoriyasidan foydalanish haqida so’zladi. Fizika tabiat to’g’risidagi fan ekanligini inobatga olib hozirgi kunda quyosh sistemasida yulduzlar, yer sayyorasidagi o’zgarishlar va yangi zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi natijasida Fizika fani ham rivojlanayotganligini ta’kidladi. Fizika fani o’qituvchisi M.Murotov bu fikrlarga qo’shilgan holda o’z fikrini bayon etdi. Dars jarayonida o’quv labaratoriya jihozlarining eskirganligi, yo’qligi sababli labaratoriya mashg’ulotlar o’tqazishga qiynalayotganligini aytishdi. Hzoirgi kunda texnologiya asri bo’lganligi uchun labaratoriya mashg’ulotlarini kompyuterdan ko’rsatib, darsni o’tish mumkinligini aytdi. Davra suhbatida ishtirok etgan metod birlashma a’zolari qo’shimcha tariqasida har bir dars jarayonida yangi usullardan foydalanib dars o’tish zaruratligini, buning uchun har bir fan o’qituvchisi ilg’or texnologiyalarni ta’limda qo’llay olishi shartligi haqida gapirib o’tishdi. Davra suhbati qizg’in bahs munozaralarga boy bo’ldi. Yig’ilish qatnashchilarda yaxshi taasurot qoldirdi. Metod birlashma rahbari: U.Tulaganova Download 33.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling