Boshlang'ich sinflarda tarbiya jarayonida yangicha metodlar


Download 9.65 Kb.
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi9.65 Kb.
#1427803
1   2   3
Bog'liq
jasmin maqola tarbiya

Yo’naltirish metodi. Bu metodga ko’ra, o’quvchilar ideal maqsad va intilishlarga yo’naltirilishi kerak. Bilim to’g’ri berilsa, tarbiya jarayonida o’quvchilarda ana shunday intilishlar tarkib topadi. Keyingi paytlarda pedagogik ilmiy- tadqiqotlarimizda ideal maqsad va uning ahamiyatini tadqiq etish susaygan. Aslida ideal maqsad o’quvchilar ongida boshlang’ich ta’limda shakllantirilishi kutilgan samarani beradi. O’quvchilarning qiziqishi, xohishi va istagi hisobga olingan holda ideal maqsadlarga yo’naltirilishi tarbiyaning sifatini oshiradi.
O’rgatish metodi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasida bu metod eng muhim yondashuvlarni beradi. Shu jihatdan boshlang’ich sinf o’quvchilari insoniylik, ezgulik, adolat kabi fazilatlarga o’rgatilishi kerak. Buning uchun o’quvchilarda uchraydigan egoizm, tushunmaslik, noto’g’ri tushunish kabi illatlar bosqichma-bosqich isloh qilib borilishi kerak. O’quvchilarni tushunish ularni fazilatlarga o’rgatishning eng muhim yo’lidir. Buning uchun o’qituvchilar hamisha o’quvchilarni tushunishi taqoza etiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Tarbiya jarayoni ilg'or vositalari,metodlari,usullari,axborot vositari va texnik vositalariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi.Bu tizim ya'ni jarayon o'qituvchi tomonidan yaratiladi va tarbiyalash bosqichlarini o'zaro bog'lashga xizmat qiladi. Uning mazmuni va vazifalarini,maqsadini oldindan belgilash,tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash o'quvchida shakllantirish ko'zda tutgan ma'naviy sifatlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan yangi metodika, usullarni o'z ichiga oladi. Yangi metodika, usullar tarbiya jarayonining unumdorligini oshiradi,o'quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi,o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi,bilimlarni mustahkam o'zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko'nikma va malakalarnibshakllantiradi.O'zbek xalqining yosh avlodni tarbiyalashda ko'p asrlar davomida qo'llagan usul va vositalari,tadbir shakllari, tarbiya haqida g'oyalari,o'ziga xos urf-odatlari, qadriyatlari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu meros o'tmishda ko'plab alloma-yu donishmandlarning tarbiyali,bilimli bo'lib etishib chiqishiga asos bo'lgan. Hozirgi kunda bu metodlardan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega. Ajdodlarimiz bilim o'rgatuvchi ustoz faoliyatiga katta ahamiyat berganlar.



Download 9.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling