Inklyuziv ta’lim siyosatining jahon miqiyosida huquqiy-me’yoriy asoslari


Download 238 Kb.
bet8/25
Sana19.06.2023
Hajmi238 Kb.
#1614048
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
Inklyuziv 2-3-4

Lyuksemburg
1994 yildagi qonun maxsus ta’limga muhtoj o’quvchilari uchun maktab ta’limining turli shakllarini ko’zda tutadi. Unda yuridik jihatdan o’quvchilarga ko’mak berishning tashkiliy shakllari zikr etilgan. Umumta’lim maktablari sharoitlarida shtatli maxsus pedagog emas, balki “yordamchi personal” deb ataladigan guruh integrasiyalashgan o’quvchiga yordam ko’rsatadi. Uni maktab fanlar o’qituvchilari sanalmasa ham umumiy pedagogik tayyorgarlikka ega maxsus pedagoglar, professional terapevtlar, maxsus instruktorlar (shu jumladan LFK metodistlari), psixoterapevtlar, logopedlar tashkil etadi. Yordamchi personalning vakillari ta’lim va korreksiya (reabilitasiya) sohasidagi mutaxassislar sanaladi. Qonun mualliflarining fikriga ko’ra, mas’uliyatning bunday bo’lib olinishi amalda yaxshi natijalar beradi. Maktab o’qituvchisi bevosita sinfdagi umumiy ish uchun javobgar va integrasiyalashgan o’quvchilarning sinfdagi ta’limi uslublari uchun mas’uliyatni bo’lib olish muammolaridan xavotirlanmasligi darkor. Unga zarur qo’shimcha axborotni (yo’riqnomalar) yordamchi personalning a’zolari berishi kerak. Yordam sinfda yordam ko’rsatish bo’yicha mas’ul va bevosita maktab inspektorlari va o’qituvchilar bilan ish olib boradigan Ambulator reabilitasion departament (SREA) tomonidan ko’rsatiladi.
"Latviyada-deb yozadi - eljosiyene I., (1998 yil). integrasion sh’limga muammo sifatida qaralib, Liyepayskiy oliy pedagogika maktabi dasturiga kiritildi. Bu yerda asosiy muammo integrasion ksdagogikada o’qituvchilar bilan maxsus pedagogika o’rtasida hamkorlik munosabatlarini yaratish edi".
Litvada 1992 yil Ma’orif Vazirining tashabbusi bilan maxsus srdamga muhtoj bolalarni umumta’lim tizimiga integrasiyalash modeli ishlab chiqilishiga tayyorgarlik ishlari boshlandi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun xorijiy va litvalik Velnyuskiy uiversitetining maxsus pedagogika laborotoriyasi qoshiga bu tuzum tashabbuskorlaridan ishchilar, bolalar, psixiatrlar, psixologlar, mogopedlar va pedagog defektologlardan iborat mutaxassislar guruhi |uzildi. Bu guruh tomonidan "Maxsus ta’lim tizimining loyihasi" nomi bilan integrasion ta’lim tizimining boshlang’ich loyihasi ishlab chiqildi. 1993 yilda Litva madaniyat va ma’orif vazirligi gomonidan "Maxsus ehtiyojli bolalarga umumta’lim muassasalarida yordam berish (imkoniyatlari) tartibi" Qonuni tasdiqlandi.

Download 238 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling