Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari
Download 152.88 Kb. Pdf ko'rish
|
t4gdVZceWWQJgeRvd5Kv0B02GhwQMvQT9Xuc6P7V
INKLYUZIV TA’LIMNI JORIY ETISH MASALALARI 21-Modul: Inklyuziv ta’lim ishtirokchilarining ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish 2-Mavzu. Inklyuziv ta’lim jarayonida nogironligi bo‘lgan bolalarni to‘garaklarga jalb qilish Reja: 1. To‘garak ishlarning mazmun mohiyati va turlari 2. Maktablarda to‘garaklar faoliyati 3. To‘garak ishlarini olib borish shartlari 4. Nogironligi bo‘lgan bolalarni to‘garak ishlariga jalb qilishning muhimligi To‘garak ishlari - qo‘shimcha ta’lim shakllaridan biri bo‘lib, bolalar uchun turli yo‘nalishdagi to‘garaklar, seksiyalar va klublar tashkil etishdan iboratdir. To‘garak ishlari ta’lim muassasalarida (maktab, gimnaziya, kollej va boshqalar), shuningdek, qo‘shimcha ta’lim muassasalarida (ijod uylari, madaniyat uylari, klublar va boshqalar) sinfdan tashqari ishlar jarayonida amalga oshiriladi. Turli doiradagi to‘garaklar mavjud: fan doirasida (ta’lim dasturlariga muvofiq o‘quv fanlari bo‘yicha) badiiy-estetik (tasviriy san’at, musiqa, xoreografiya, xor va boshqalar) texnik (o‘quvchilarning texnik ijodiyoti turlari bo‘yicha) naturalistik qis. “yunnat” (tabiatshunoslik va tabiiy fanlar asoslarini o‘rganish bo‘yicha) Sayyohlik va o‘lkashunoslik (sayohat rejasini tuzish va marshrutni ishlab chiqish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirish) jismoniy tarbiya va sport (turli xil sport turlari) havaskor (qiziqishlarga ko‘ra) To‘garak ishlarida qo‘llaniladigan ta’lim shakllari bolalarning qo‘shimcha ta’lim usuliga mos keladi. Download 152.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling