Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari


Download 238.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana06.10.2023
Hajmi238.75 Kb.
#1693669
  1   2   3
Bog'liq
Uzgw06KlHMxwXMAHOKg2A8cBGdmgCDiaZ9t7VIHH




INKLYUZIV TA’LIMNI JORIY ETISH MASALALARI 
 
1-mavzu: Umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni joriy etishga 
yo‘naltirilgan tadbirlar. Inklyuziv ta’lim ishtirokchilarining roli va vazifalari 
Reja: 
1. Inklyuziv ta’limning huquqiy-me’yoriy asoslari 
2. Segregatsiya, integratsiya va inklyuziv tushunchalari 
3. Nogironlikka zamonaviy yondashuvlar 
4. Inklyuziv ta’lim ishtirokchilari bilan olib boriladigan tadbirlar
Inklyuziv ta’limga huquqiy tarafdan birinchi maratoba 1994-yilda nazar 
tashlandi. “Inklyuziv ta’lim” termini ilk bor Ispaniyaning Salamanka shahrida 1994-
yilning 7-10-iyunida o‘tkazilgan Maxsus ehtiyojlarga ega bo‘lgan shaxslarning 
ta’lim sohasidagi prinsiplar, siyosati va amaliy faoliyati haqidagi Salamanka 
Deklarasiyasining 25-bayonotida rasman belgilangan. 
Mazkur Deklarasiyasida 92 hukumat va 25 xalqaro tashkilot vakili bo‘lgan 
uch yuzdan ortiq ishtirokchilar 1994 yil 1-10 iyun kunlari Salamankada (Ispaniya) 
barcha uchun ta’lim maqsadlarini ilgari surish va ta’lim uchun zarur bo‘lgan asosiy 
siyosatga kiritilishi kerak bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rib chiqish uchun yig’ilishdi. 
Unda inklyuziv ta’lim yondashuvini ilgari surish, ya’ni maktablar barcha bolalar, 
ayniqsa, alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun ochiq bo‘lishini ta’minlash 
masalalari ko‘rib chiqildi hamda Ispaniya hukumati tomonidan YUNESKO bilan 
hamkorlikda tashkil etilgan konferensiyada oliy darajadagi ta’lim xodimlari, 
ma’murlar, rahbarlar va mutaxassislar, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
va ixtisoslashtirilgan idoralar, boshqa xalqaro hukumat tashkilotlari, nodavlat 
notijorat tashkilotlari va donorlik agentliklari ishtirok etdilar. Konferensiyada 
“Alohida ehtiyojli shaxslarni ta’lim olish tamoyillari, siyosati va amaliyoti va 
Harakatlar asosi to‘g’risida”gi Salamanka deklaratsiyasi qabul qilindi. Ushbu 
hujjatlar barchani birlashtiradigan, farqlarni hurmat qiladigan, o‘rganishni 
rag’batlantiradigan va individual ehtiyojlarga javob beradigan institutlarni – 



“Maktablar hamma uchun” ni yaratish yo‘lida harakat qilish zarurligini tan olgan 
holda inklyuzivlik tamoyiliga asoslanadi. Ushbu maktablar barcha uchun ta’lim 
maqsadlariga erishish va maktablarning o‘qitish samaradorligini oshirishga muhim 
hissa qo‘shadi. 
Keyingi o‘rinda, “Inklyuziv ta’lim” termini 2006-yilning 13-dekabrida 
“Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida” gi Konvensiyasi umumiy 
yig‘ilishining 61/106-rezolyutsiyasisida rasman qayd etilgan. 
Ushbu Konventsiyaning maqsadi barcha nogironlarning barcha inson 
huquqlari va asosiy erkinliklaridan to‘liq va teng foydalanishini rag‘batlantirish, 
himoya qilish va ta’minlash, shuningdek, ularning ajralmas qadr-qimmatini hurmat 
qilishni rag‘batlantirishdan iborat. Nogironlarga uzoq muddatli jismoniy, aqliy, 
intellektual yoki hissiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar kiradi, ular turli to‘siqlar bilan 
o‘zaro ta’sir qilish natijasida boshqalar bilan teng ravishda jamiyatda to‘liq va 
samarali ishtirok etishlariga to‘sqinlik qilishi mumkin. 
Inklyuziv ta’limning xalqaro huquqiy-me’yoriy asoslari: 
1. “Inson huquqlari” umumjahon Deklaratsiya. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1948 yilda qabul qilingan “Inson 
huquqlari ” Umumjahon Deklaratsiyasi barcha insonlarning huquq va erkinliklarini, 
“Ta'lim olish har bir insonning asosiy va ajralmas huquqi”, uning barcha moddasi 
maxsus ehtiyojli insonlarga ham tegishli ekanligini kafolatlaydi. 
2. “Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi” Konvensiya. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1989-yilda ishlab chiqilgan 
“Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi” Konvensiyani ratifikatsiya qilgan davlatlar 
ko‘ngilli tarzda zimmalariga mazkur kelishuv qoidalarini ma'muriy qonunchilik, sud 
va boshqa chora-tadbirlar yordamida hayotga tadbiq etish majburiyatini oldilar.
Konvensiyadagi barcha huquqlar maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun 
ham tegishli bo‘lib, ularga barcha bolalar qatori teng munosabatda bo‘lish 
kafolatlanadi. Kelishuvning 23 va 28-moddalarida ishtirokchi davlatlar barcha 
bolalarning ilm olish huquqini teng imkoniyatlar asosida amalga oshirishga asta-
sekin erishish maqsadida, bepul va majburiy boshlang‘ich ta'limni joriy etishlari, 



nogiron bolaning maxsus ehtiyojlarini aniqlab, uning ijtimoiy hayotga qo‘shilishi va 
shaxs sifatida rivojlana olishiga yetaklovchi vosita hisoblangan ta'lim olishga har 
tomonlama yordam berilishi lozimligi ko‘rsatilgan. 
3. “Nogiron shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2006-yilda qabul qilingan “Nogiron 
shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasida nogironlar shaxsiyatini hurmat 
qilish huquqining tug‘ilishi bilan mavjud bo‘lishi, nogironlikning kelib chiqishi
darajasidan qat’iy nazar, fuqaro o‘z yoshidagi tengdoshlari bilan bir xil huquqlarga 
ega bo‘lishi, ular mumkin qadar to‘laqonli yaxshi hayot kechirish huquqiga ham ega 
ekanliklari ta’kidlanadi. 
4. Inchxon Deklaratsiyasi. 
Koreyaning Inchxon shahrida Butunjahon ta’lim forumida sayyoramizdagi 
barcha shaxslarning ta’limi hamda zaruriy bilim va malakalarni egallashlarini 
ta'minlashga qaratilgan 2030-yilga qadar Rivojlanish Deklaratsiyasi hamda Global 
rejasi qabul qilinib, ularda ta’lim shaxsning rivojlanishi, o‘z-o‘zini namoyon etishi, 
jamiyat hayotiga uyg‘unlashuvi, ijtimoiylashuvi hamda shaxsiy hayotida 
muvaffaqiyatga erishishining zaruriy sharti ekanligi alohida ta’kidlanib, 2030-yilga 
qadar barcha shaxslarga maktabgacha, boshlang‘ich, o‘rta, yuqori va kasbiy-texnik 
tayyorgarlik pog‘onalarida sifatli ta’lim olishlari uchun inklyuziv va teng ravishdagi 
sharoitlarni yaratishni rasman qabul qildilar.
Inklyuziv ta’limning milliy huquqiy-me’yoriy asoslari: 
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun. 
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi 637-son “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi qonuni asosan deskreminatsiyani oldini olish, ijtimoiy hayotda teng 
huquqlilik asosida, hech qanday cheklovlarsiz ishtirok etish, barcha jabhalarda 
nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga va umuman olganda 
nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiylashuviga qaratilgan. 
2. “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun. 
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi 641-son “Nogironligi 
bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunning 5, 9, 15, 20, 34, 38, 51, 55-



moddalari nogironligi bo‘lgan bolalar ta’lim olishlari borasida - jumladan, 5-
moddada nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalar bolalari uchun ta’limni tanlash 
huquqiga ega ekanliklari; 9-moddada nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ta’lim 
tashkilotlari ko‘rsatilgan; 15-moddada inklyuziv ta’lim shakli ta’kidlab o‘tilgan; 20-
moddada nogiron bolalar uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv talim tashkil etilishi; 
34-moddada nogiron shaxslar alohida dasturlar asosida o‘qitilishi; 38-moddada 
nogironligi bo‘lgan bolalar TPPK (tibbiy pedagogik-psixologik komissiya) bilan 
ta’limga qabul qilinishlari; 51-moddada nogiron bolalar uchun uyda yakka tartibdagi 
nizomni qo‘llash; 55-moddada nogiron bolalar uchun bepul ta’lim shakllari ta’kidlab 
o‘tilgan. 
3. “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun. 
O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-noyabrdagi “Bola huquqlarining 
kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda 29-moddasida jismoniy va (yoki) ruhiy 
rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar va nogiron bolalar ular uchun maxsus 
ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim muassasalarida o‘qish va 
tarbiyalanish hamda o‘z jismoniy, aqliy qobiliyatlari va xohishlariga mos bo‘lgan 
ta’lim olish huquqiga ega. 
4. “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-
huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 638-son “Alohida ta’lim 
ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida maxsus ta’lim muassasalari faoliyatini 
tashkil etish, shu jumladan inklyuziv ta’lim joriy etish va inklyuziv ta’lim 
jarayonining tashkil etish masalalari batafsil tarzda yoritib berilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 
638-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-
huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror asosida inklyuziv ta’limni targ‘ib 
va tashkil etish tartibi belgilanadi. 
Turli ta’lim modullarining ta’rifini ko‘rib chiqishdan avval, biz ta’lim 
modullari turlarini sanab o‘tamiz: 



Segregatsiya 
• Integratsiya 
• Inklyuziv 

Download 238.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling