) leksik-semantik dialektizmlar. Adabiy tilda o‘z shakldoshiga ega, biroq ma’no jihatdan farqlanadigan dialektizmlar: qalin - adabiy tilda: qiz uzatishda kuyov tomonidan beriladigan mablag‘, shevada: gilam turi; g‘ayir- adabiy tilda: rashkchi kishi, shevada: qopag‘on it.
b) leksik dialektizmlar. Muayyan dialekt vakillari tilida qo‘llanilib, adabiy tilda uchramaydigan so‘zlar: ko‘ma-yerto‘la, makka - sho‘x, bichqi - qo‘l arra, shoti, zangi-narvon kabilar.
v) fonetik dialektizmlar. Adabiy tildan fonetik jihatdan farqlanadigan so‘zlar: suvoq - shuvoq, yurmoq - jurmoq, kelmoq - galmoq.
g) grammatik dialektizmlar. Adabiy tildagi grammatik shakllaridan
farqlanadigan so‘zlar: kelutti - kelyapti, uya – uyga, nonnan-nondan. Kasb-hunar leksikasi ham adabiy tilga nisbatan chegaralangan so‘zlar qatoriga kiradi. Chunki ular ham ma’lum bir kasb-hunar vakillari nutqidagina ko‘p ishlatilib, boshqa kishilar uchun tushunarsiz bo‘ladi. Masalan: zebgardan, sandon, dam, ko‘ra, itombir, korchup kabi zargarlikka oid so‘zlar shular jumlasidandir.
Terminlar. Ilm-fan, texnika, san’at sohasidagi aniq bir tushunchani ifodalaydigan bir ma’noli so‘zlardir. Masalan: morfema, fonema, morfologiya, sintaksis kabi tilshunoslikka, o‘tkazgich, tebranish, mayatnik kabi fizikaga oid terminlar shular jumlasidandir. Jargon va argolar. Ma’lum ijtimoiy sinf, tabaqa, guruh vakillari nutqida qo‘llaniladigan, ba’zan yashirin ma’noli bo‘lgan so‘zlardir. Bu so‘zlar ham chegaralangan leksik birliklar qatoriga mansub bo‘lib, jargonlar yuqori sinf vakillari nutqida qo‘llanilib kelingan dorulmulk, dorulbaqo, shaxriyori falak, oftobi olam, ne’mati jannat singari so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Argolar esa, yakan, loy, mullajiring, ko‘ki, karamcha - pul, bedana – to‘pponcha kabi yashirin ma’noli so‘zlardan iborat. Tilning ijtimoiy-dialektal qatlamiga mansub so‘zlar badiiy adabiyotda voqelikni ishonarli chiqishi uchun personajlar nutqini induviduallashtirish vositasi sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |