Inkor ma'noli inglizcha affikslar tahlili Affiksatsiya usuli
O‘zbek tili leksikasining tarixiy - funksional xususiyatlari
Download 220 Kb.
|
Inkor ma\'noli inglizcha affikslar tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Tarixiy so‘zlar (istorizmlar
- 2. Eskirgan so‘zlar(arxaizmlar).
- 3. Yangi so‘zlar (neologizmlar).
O‘zbek tili leksikasining tarixiy - funksional xususiyatlari
Tilning lug‘at tarkibi tashkil etadigan so‘zlarning hayotiyligi faol yoki nofaolligiga bog‘liq. Zero, tildagi ba’zi so‘zlar kundalik hayotda iste’mol etilish bilan xarakterlansa, boshqa bir guruh so‘zlar kundalik aloqada juda kam qo‘llanadi. Shu bois so‘zlar tarixiy-funksional xususiyatiga ko‘ra faol va nofaol so‘zlarga ajraladi. Faol so‘zlar adabiy tilning zamonaviy me’yoriga xos so‘zlari bo‘lib, ular kundalik aloqada eng ko‘p ishlatilishi bilan ajralib turadi. Nofaol so‘zlar qatlami esa quyidagi uch turga bo‘linadi:1) tarixiy so‘zlar (istorizmlar), 2) eskirgan so‘zlar(arxaizmlar), 3) yangi so‘zlar (neologizmlar). 1. Tarixiy so‘zlar (istorizmlar). O‘tmishga oid narsa, hodisalarni ifodalagan, biroq hozirgi tilimizda o‘z sinonimiga ega bo‘lmagan so‘zlardir. Masalan: miri, paqir, (pul birliklari) qozi, qushbegi, yasovul, xalifa (mansab nomlari), omoch, yorg‘ichoq, charx kabilar. 2. Eskirgan so‘zlar(arxaizmlar). Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan narsa va hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir. Eskirgan so‘zlarning hozirgi tilda sinonimi mavjud bo‘ladi. Masalan: budun, ulus, raiyat – xalq; handasa - geometriya; muarrix – tarixchi; dudoq – lab; lang - cho‘loq, oqsoq. 3. Yangi so‘zlar (neologizmlar). Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan narsa - hodisalarning yangi nomlaridir. Masalan, O‘zbekiston mustaqil bo‘lgandan so‘ng tilimizda paydo bo‘lgan faxriy - veteran, noib - deputat, tuman - rayon, tayyora - samolyot kabi so‘zlar yangi so‘zlardir. Yangi so‘zlarning nofaol so‘zlar qatoridan o‘rin egallashi sababi shundaki, ular paydo bo‘lgandan keng iste’moldagi so‘zlar singari barchaning nutqida birdek ishlatilavermay-di. Biroq vaqtlar o‘tishi bilan yangi so‘zlar ham keng iste’moldagi so‘zlar qatoridan o‘rin egallashi mumkin. Masalan, 60-yillarda yangi so‘zlar hisoblangan kosmos, kosmonavt, kosmik kema kabilar hozirgi kunda yangi so‘z hisoblanmaydi. Shuni ham qayd etish lozimki, taraqqiyotning ma’lum davrida tarixiy yoki eskirgan so‘zlar qatoriga o‘tgan so‘zlar hisobidan ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan, hozirgi tilimizda tuman, hokim, vazir, noib kabi neologizim sifatida qo‘llanila-yotgan so‘zlar aslida tarixiy va eskirgan so‘zlarning yangilashgan holda qayta iste’molga kirib kelishidan dalolat beradi. Tilning lug‘at tarkibidagi so‘zlar nutqning biror uslubiga xoslangan bo‘lishi yoki nutq uslublariga betaraf bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra lug‘aviy birliklar ikki guruhga bo‘linadi: uslubiy betaraf so‘zlar va uslubiy xoslangan so‘zlar. Uslubiy betaraf so‘zlar nutq uslublarining birortasiga xoslanmay, barcha uslublarda birdek qo‘llanilaveradigan lug‘aviy birliklardan tashkil topadi: havo, suv, daraxt, bir, ikki, hamma, biz, siz, turmoq, yugurmoq kabilar shular jumlasidandir. Nutqning ayrim-ayrim ulublari uchungina xizmat qiladigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar deyiladi. Bunday maxsus so‘zlar dastavval og‘zaki nutqda yoki yozma nutqda qo‘llanishiga ko‘ra ikkiga ajraladi. Masalan, hazar qilmoq, birlashmoq, hunar, o‘rin, arzimagan (kichik) so‘zlari ko‘proq og‘zaki nutqda qo‘llansa, ularning sinonimlari bo‘lgan jirkanmoq, uyushmoq, kasb, makon, juz’iy so‘zlari ko‘proq yozma nutqda qo‘llanadi. Download 220 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling