Mavzu: Reja - Investitsion tahlil tushunchasi va tasnifi. Investitsion tahlil usullari.
- Marketing tahlili mazmuni va moxiyati
- Funksional qiymat tahlili mohiyati, mazmuni va xususiyatlari. Funksional qiymat tahlilining oziga xos xususiyatlari
Investitsion tahlil - bu investorlarning samarali qaror qabul qilishi uchun investitsiyalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini ishlab chiqish, asoslash va baholash uchun bajariladigan metodik va amaliy uslublar, usullar majmuidir.
Investitsiyalar tahlilida asoslaniladigan asosiy iqtisodiy konsepsiyalar (maqsadlar, tushuncha) - Investitsiyalarni tahlil qilish, ularning samaradorligi. darajasini aniqlash bir qancha iqtisodiy konsepsiyalarga tayanib amalga oshiriladi. Har qanday firma investitsiya qilar ekan, avvalo, o‘z boy-liklarini oshirishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu maqsad firmaning foydani ko‘paytirish kabi ko‘pincha asosiy deb qaraladigan boshqa bir maqsadidan ancha kengroqdir. CHunki firmaning aso-siy maqsadi foydani ko‘paytirishdan iborat deyilganda foyda va rentabellilik darajasini darhol ko‘paytirishni emas, balki bozordagi o‘z sektorini kengaytirish yoki nomoddiy aktivlarini oshirishga qaratilgan tijorat strategiyalarini tushunish qiyin bo‘lar edi. Demak, firma boyligini oshirish investitsiyalashga undovchi anchagina universal bo‘lgan sababdir.
Marketing Marketing faoliyatini tahlil qilish - talabni shakllantirish va takror ishlab chiqarish hamda kompaniya foydasini ta’minlash maqsadida marketing funksiyalarini amalga oshirish bilan bog’liq faoliyatdir
- iqtisodiy, statistik va boshqa tadqiqot usullaridan foydalangan holda tovar bozori va korxona faoliyatini baholash, tushuntirish, modellashtirish va prognozlash hisoblanadi.
- bu maxsus jarayonlar va tahlil usullariga asoslangan biznes jarayonlarini va korxonalar natijalarini o’rganish usulidir. Marketing faoliyatini tahlil qilish usuli - bu tovar bozori jarayonlari va hodisalarini, ularni takomillashtirish maqsadida korxonaning natijalarini o’zgartirishga turli omillarning ta’sirini o’rganish, o’lchash va umumlashtirish usuli hisoblanadi.
- To’g’ri tahlil usulini tanlash juda muhim va jiddiy vazifadir, uning asosida korxonaning marketing faoliyatini boshqarish bo’yicha barcha keyingi strategik qarorlar qabul qilinadi. Turli manbalarni ko’rib chiqishda, qoida tariqasida, marketing faoliyatini tahlil qilishning bir nechta yo’nalishlari ajratish mumkin, ammo ko’rib chiqilgan nazariy tadqiqotlarda marketing faoliyatini tahlil qilish yo’nalishlari va usullari o’rtasida aniq muvofiqlik mavjud emas. U bozorni va uni bashorat qilishni, bozor ishtirokchilari tarkibi, iste’molchilar va ularning talablarining tuzilishi, mahsulotlar va ularning assortimenti, mahsulot narxi, raqobatchilar va tashqi muhit, sotishni rag’batlantirish va reklama, ichki muhit va uning imkoniyatlari, mahsulotni taqsimlash va tarqatish kanallari kabi asosiy tadqiqot yo’nalishlarini aniqlashga imkon yaratadi.
- Marketing faoliyatini tahlil qilishda albatta tahlil obyekti marketing miks elementlariga qaratilgan bo’ladi. Tanlangan tahlil yo’nalishlari uchun tegishli tahlil usullari tanlash muhim mezon hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |