Mavzu: Marketing tahlili, Investitsion tahlil va funksional qiymat tahlil


Download 1.03 Mb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1604922
1   2   3   4
Bog'liq
iqtisodiy tahlil mustaqil ish

Tahlil usullari

  • bozor segmentatsiyasi;
  • yetkazib beruvchilarning qiyosiy tahlili;
  • ombor va transport xarajatlarini optimallashtirishda matematik va statistik usullari.

Funksional qiymat tahlilning zarurligi va vazifalari

  • Bozorli iqtisodiyot sharoitida xo’jalik sub'ektlari ko’zda tutilmagan hodisa va jarayonlarga ko’plab dush kelishi muqarrar. Bu sharoitda har bir korxona, firma o’z faoliyatini chuqur tahlil qililb noan’anaviy qarorlar qabul qilishni, ko’zda tutilmagan chora-tadbirlarni qo’llashni talab qiladi. Bunga faqat funksional-qiymat tahlilini (FQT) qo’llash yo’li bilan erishish mumkin. FQT jahon amaliyotida, ayniqsa taraqqiy etgan mamlakatlarda keng qo’llanilib kelinmoqda. Uning samaradorligi beqiyos ekanligini jahon amaliyoti takror va takror isbotlab kelmoqda, chunki mahsulotning (ish, xizmatning) sifatini unga sarf qilinadigan xarajatlarning kamaytirish evaziga erishib kelinmoqda. BU esa o’z navbatida korxonaning ichki va tashqi bozordagi raqobatda yutib chiqishini uni moliyaviy barqarorligini mustahkamligini ta'minlamoqda. FQTni iqtisodiyotning barcha sohalarida (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, savdo kabilar) qo’llanilishi mumkin. Uning ahamiyati beqiyosdir. Chunki jamiyatda manfaatlar mushtarakligini ta'minlaydi. U eng avvalo mehnatkash manfaatiga mos, ularning ortiqcha samarasiz ishlashda, nokerak vazifalarni amalga oshirishda holi qiladi va shu yo’l bilan barcha qilinadigan mehnatni foydaliligini ta'minlaydi. Shu orqali ular bir xil mehnatga bir vaqt birligida ko’p mehnat haqi olishga erishadi. FQT mulk egasi -investorlar manfaati uchun ham xizmat qiladi. U eng avvalo, mahsulot sifatini yaxshilash evaziga mulk egasining iste'mol bozoridagi nufuzini oshiradi. Ikkinchidan esa, korxonada ortihsha sarf-xarajatlarni kamaytirish evaziga uning iqtisodiy samaradorligini oshirishga, foydaning ko’payishiga zamin yaratadi. Korxona faoliyatida moliyaviy barqarorlik ta'minlanib, uning raqobatga bardoshliligi oshad

Funksional qiymatli tahlilning mohiyati, mazmuni va xususiyatlari.

  •  FQTni qo’llashdan maqsad korxonaning xarajatlarini kamaytirish evaziga uning faoliyatida yuqorida samaradorlik va sifat ko’rsatkichiga erishishdan iboratdir. Bunga iqtisodiy hodisa, jarayon va faoliyatning sodir bo’lmasdan oldin sistemali ravishda tahlil qilish orqali erishiladi. Natijada mahsulotning yuqori sifati, ishning yuksak samaradorligi ta'minlanadi. Shu tufayli FQT iqtisodiy tahlilning eng samarali ilg’or shakllaridan biri bo’lib hisoblanadi. Tahlilning bu shakli asosan mikroiqtisodiyot darajasida qo’llanadi. Bunda ham aniq bo’g’inlarni, mahsulotni, jarayonni, faoliyatni ob'ekt qilib oladi. Masalan, biror mahsulotni ishlab chiqarish, tovar harakatini boshqarish yoki biror mutaxassis faoliyatini takomillashtirish kabilar. Demak, FQTning qo’llanish doirasi qisqa va aniq maqsadlarni ko’zda tutar ekan. Shunday qilib FQT deb ish faoliyat mehnatning samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida, ularni sistemali ravishda, sodir bo’lmasdan oldin, mantiqiy (evristik) yo’l bilan tahlil qilish orqali mahsulotni ishlab chiqarishda unga sarflanadigan xarajatlarni va bajariladigan vazifalarni kamaytirish evaziga uning foydaliligi va rentabelliligini ko’paytirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish jarayoniga aytiladi

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling