Nazorat – innovatsion mеnеjmеntning korxona ishi natijalarini miqdoriy va sifatli baholanishini hisobga olish bilan boqliq muhim vazifasidir. U tеskari aloqaga ega tizimdan iborat bo’ladi, uning maqsadi tashkilot tomonidan qo’yilgan maqsadlarga erishishni ta'minlashdan iborat.
Tadqiqot davomida infratuzilma tarmoqlariga investitsiyalarning kiritilishi iqtisodiy taraqqiyotga quyidagicha ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslab berildi:
- infratuzilmaning barcha tarmoqlariga kiritilgan investitsiyalar iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
- inson kapitalini oshirish bilan bog‘liq infratuzilmaga kiritilgan investisiyalar eng yuqori ta’sir (elastiklik koeffitsiyent) ga ega, ya’ni ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlariga kiritiladigan investitsiyalar 1 foizga oshganda, YaHM mos ravishda 0,52 foiz va 0,43 foizga o‘sadi;
- transport va raqamlashtirish sohalarini rivojlantirish uchun kiritilgan investitsiyalar ham iqtisodiyotning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega, ya’ni ushbu tarmoqlarga yo‘naltirilgan investitsiyalar 1 foizga oshganda, YaHM mos ravishda 0,32 foiz va 0,30 foizga o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |