«innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
15728 1 B6665F4A8E804579E3798B0577034CDAD20ABCD5
- Bu sahifa navigatsiya:
- V.I. Baydenko «kasbiy kompetentlik» tushunchasini quyidagicha tavsiflagan
Kalit so`zlar: Psixolog, kompetentlik, matematik, kasb, tushuncha.
Bo`lajak psixologlar ta`limini har tomonlama to`g`ri amalga oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bunda bo`lajak psixologlarning matematik kompetentligi asosiy yo`nalishlardan biri bo`lib xizmat qiladi. V.A.Adolf kasbiy kompetentlikni quyidagicha aniqlagan: kasbiy kompetentlik - bu mahsuldor pedagogik faoliyatga nazariy, metodologik, predmetli, psixologo-pedagogik va texnologik tayyorgarlikni o’z ichiga olgan umumlashgan shaxsiy ta’limdir. U o’qituvchining kasbiy kompetentligi tuzilmasida predmetli, metodik, metodologik, psixologo-pedagogik tashkil etuvchilarni ajratgan. Uning fikridan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash mumkinki, to’laqonli kasbiy kompetentlik faqatgina harakatchan va yangilikka intiluvchi o’qituvchidagina namoyon bo’lar ekan. V.A. Adolf kompetensiyani ob’yektiv sharoit, ya’ni bo’lajak o’qituvchining huquqi, burchi va javobgarligi sifatida talqin etgan. Matematik kompetensiya bo’lajak psrixologiya o’qituvchisi uchun kasbiy kompetensiyaning tashkil etuvchisi sifatida predmetli kompetensiya bo’lib hisoblanadi. 1 V.I. Baydenko «kasbiy kompetentlik» tushunchasini quyidagicha tavsiflagan: - o’z mutaxassisligi bo’yicha faoliyat yuritish uchun zarur bo’ladigan bilim, ko’nikma, malaka va qobiliyatlarga, kasbiy muammolarni qisman hal etishda bir vaqtda avtonomlik va egiluvchanlik xususiyatlariga ega bo’lish; - kasbiy shaxslararo muhitda hamkasblar bilan hamkorlikni rivojlantirish; - faoliyat mezoni (sifat o’lchovi), qo’llash sohasi, talab etiladigan bilimlarni o’z ichiga olgan standartlarni loyihalash tuzilmasi; - ish beruvchi talablariga ko’ra kasbiy faoliyatni samarali amalga oshirish imkonini beruvchi qobiliyatlardan samarali foydalanish; 2 insonga hozirgi zamon mehnat muhitida ish faoliyatini muvaffaqiyatli bajarish imkonini beruvchi bilimlar, xususiyatlar va ko’nikmalarning integrallashgan birlashuvi Psixologik kompetentlikka berilgan barcha ta’riflar o’zida ijodkorlikni ifodalaydi. Pedagog ijodkorligi o’z predmeti va unga mos fan sohasida bilimlarga, ta’lim va tarbiya metodikasini egallagan bo’lishga, psixologiyada sinchiklab tekshirib ko’rish ko’nikmasiga asoslanadi. Ijodkorlik uchun quyidagilar muhim bo’lib hisoblanadi: pedagogik masalalarning ko’p xilligi va ularni hal etishning variativligini tushunish, o’z mahoratining darajasi va tavsifini hamda 1 Муслимов Н.А. Касб таълими ўқитувчисини касбий шакллантиришнинг назарий-методик асослари. Пед. фан. докт. ... дисс. - Тошкент. - 2017. - 349 b. 2 Беспалко В.П. Педагогика и прогрессивные технологии обучения. - М.: ИРПО. - 2015. - 336 b. 53 «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya uni rivojlantirish mumkinligini tushunish, uni takomillashtirish hohishi, yangi yechimlar zarurligini tushunishi va unga psixik tayyorgarlik hamda uni amalga oshirishga ishonch. Barcha katta yoshdagi kishilar kabi pedagogda ham psixika rivojlanishi uning faol kasbiy va ijtimoiy faoliyati bilan bog’liq holda davom etadi. S.Ye. Yelkanov pedagog shaxsining quyidagi uch komponentli tuzilmasini taklif etadi: umumpedagogik sifatlar (pedagogik yo’nalganlik va motivatsiya); kasbiy muhim sifatlar; individual psixologik xususiyatlar (qobiliyat, temperament, psixik jarayon va boshqalar) A.V. Xutorskiyning tasavvuriga ko’ra, kompetentlik - bu individual- psixologik xususiyat, kompetensiya – ta’lim oluvchining aniq bir muhitda samarali va sifatli faoliyati uchun zarur bo’lgan ta’limiy tayyorgarlikka qo’yilgan oldindan belgilangan ijtimoiy talablardan iborat. «Kompetensiya» va «kompetentlik» tushunchalarining «sifat», «xususiyat», «mahorat» toyifalari bilan nisbatda mohiyatini ochishga A.I. Subetto uringan. Psixologik lug’atlarda «xususiyat» tushunchasi «biror bir insonga xos faoliyat va ahloqning aniq sifatli - sonli bosqichini ta’minlovchi mustahkam ta’lim» sifatida ta’riflangan. A.I. Subettoning yozishicha, «kompetentlik» va «kompetensiya» tushunchalari murakkab tuzilmali va dinamik ta’limdir, ammo «sifat» va «xususiyat» toyifalariga nisbatan ikkinchi darajali hisoblanadi. Shuning uchun ham ularning quyidagi umumiy tamoyillariga bo’ysunadi: 3 - sifatning vujudga kelishi va rivojlanishida potensial va dolzarb tashqi va ichki ziddiyatlar tizimining mavjudlik tamoyili; - butunlik va tizimlilik tamoyili, bunda sifatning ichki tuzilmasi ob’yektning sifatini potensialli sifat darajasida, sifatning tashqi tuzilmasi esa, ob’yekt yoki jarayonning tashqi muhit bilan o’zaro ta’siri sifatini real sifat kabi aniqlaydi; - jarayonlar sifatini natijalar sifatida aks ettirish tamoyili va boshqalar. O’qituvchi kompetentligining mazmunli jihatini tahlil qilib, A.K. Markova uning jarayonli va natijali tomonlarini ajratib ko’rsatgan. Muallif pedagogik kompetentlik tuzilmasini jarayon (pedagogik faoliyat, pedagogik muloqot, o’qituvchi shaxs) va pedagogik faoliyat natijalari, ya’ni ta’lim oluvchining ta’lim olganlik va tarbiyalanganlik nuqtai nazaridan tuzilmalashtirilgan. Bunda mehnatning har bir tomoni uchun psixologik modul deb nomlanuvchi kasbiy bilimlar, kasbiy malakalar, kasbiy psixologik xususiyatlar (sifatlar) ishtirok etadi. Ushbu nuqtai nazarga ko’ra, bizda, kompetentlik tuzilmasida faoliyatning ichki vositasi, ya’ni motiv, bilim, ko’nikma va malaka kabi elementlarni qarab chiqish uning jarayonli va natijali ko’rsatkichlarini hisobga olish haqidagi tasavvur paydo bo’ladi. Psixologik kompetentlik tuzilmasida J.G.Garanina quyidagi ikkita darajaning mazmunini ko’zda tutuvchi bilim, ko’nikma, malaka va fikrlashni qaragan: 1) tushunchalar, hissiy obrazlar, ijtimoiy etalonlar, stereotiplar va boshqalar hamda fikrlash tizimlari (kasbiy masalalarni hal etish bo’yicha refleksiv aqliy faoliyat); 2) amaliy, ijrochilik, ya’ni insonlar bilan o’zarota’sirlashuv malaka va ko’nikmalari tizimi. Yu.V. Verdonyanning fikriga ko’ra, pedagog va psixologning kasbiy kompetentligi mutaxassis shaxsining holati va xususiyatlari, uning kasbiy faoliyati va zarur amallarni bajarishga qobiliyati (bilim va imkoniyati) ning yagona tizimidan iborat. O.A. Bulovenko esa, 3 Аулова Н.С. Формирование готовности будущих менеджеров к профессиональной деятельности в современных социально- экономических условиях: дис.. канд. пед. наук. - Барнаул. 2015. - 227 b. 54 «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya kompetentlikni kasbiy faoliyatning o’ziga xos chizgisi sifatida emas, balki shaxsning turg’un oshirilgan yoki pasaytirilgan faollikda namoyon bo’luvchi holati sifatida qarashni taklif etadi. Ayrim tadqiqotchilar bo`lajak psixologlarning matematik kompetentligi mohiyati uning kasbiy faoliyatga tayyorgarligidan iborat - deb hisoblaydilar. Faoliyatga tayyorlik kompetentlikning tuzilmali komponenti sifatida, shuningdek, kengroq ma’noda esa, kasbiy o’z-o’zini anglash, motivatsion-qadriyatli va mazmunli- jarayonli komponentlarning birligini o’zida aks ettiruvchi shaxsning dinamik tuzilmali-darajali ta’limi sifatida qaralishi mumkin. Ko’p funksionalli dasturiy-matematik ta’minot nafaqat matematik ta’limning amaliy jihatini kuchaytiradi, balki bo`lajak psixologlarning kasbiy tayyorgarligiga yangi imkoniyatlar kiritadi. Mutaxassis matematik kompetentligi nuqtai nazaridan esa, matematik masalalarni yechishda (aniq va taqribiy metodlar bilan) natija olishning turli usullari va shakllarini amalga oshirish uchun u yoki bu uskunalarning noyob variativli imkoniyatlarini tushunish muhim hisoblanadi. Bu o’z navbatida, bo’lajak pedagog uchun o’quv materialining mazmunini, o’rnini va bayon etish xarakterini aniqlashning metodik muammosi dolzarbligini oshiradi. Xulosa o`rnida aytish mumkinki, bo`lajak psixologlarning kasbiy kompetentligini tarkib toptirish uchun pedagogik oliy ta’limda tub o’zgarishlarni amalga oshirish kerak. Oliy ta’lim Davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi va darsliklarni takomillashtirish yo’nalishida muayyan ishlar olib borilayotgan bir paytda, mavjud an’anaviy mazmundan voz kechish qiyin kechsa- da, ta’lim mazmunini yanada aniqlashtirish lozim bo’ladi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling