«innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 1-son
11
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya yangiliklarni yaratib, ulardan foydalanish va keng yoyish iqtisodiyotni modernizatsiyalashning mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Innovatsion faoliyat korxonani iste’molchilar talab va ehtiyojlariga javob beradigan, korxonaning iqisodiy salohiyatini oshishini ta’minlaydigan mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarish yo’li bilan ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga mo’ljallanishini ko’zda tutadi. Iqtisodiyot tarkibida sanoatning rivojlanish dinamikasidagi muhim o’zgarish korxonalar va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilanish asosida sanoatda chuqur tarkibiy o’zgarishlar va diversifikatsiyaning amalga oshirilgani hisoblanadi. Bu borada iqtisodiyotda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning quyidagi usullari mavjud: Turli tarmoqlarda innovatsion klasterlarni rivojlantirish bo’yicha davlat tomonidan maqsadli innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish; Erkin iqtisodiy zonalarda hududiy biznesni rivojlantirish dasturlarini innovatsion loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari bilan uyg’unlashtirish; Innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash institutlari faoliyatini barcha darajada tarmoqlararo va ijrochi organlar bilan kelishilgan holda amalga oshirishni ta’minlash. Iqtisodiyotni turli raqobatdosh sohalarida innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi innovatsion klasterlarni tashkil etish va ular faoliyatini rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Ushbu yo’nalish innovatsion faoliyatni ilmiy-tadqiqot muassasalari, yirik sanoat korxonalari, moliyaviy tuzilmalar va hukumat organlari bilan klaster bo’g’inlari darajasida kooperatsiya aloqalarini o’rnatish muhim hisoblanadi. Hozirda faoliyat ko’rsatadigan barcha korxonalarning barqaror rivojlanishida raqobat kurashiga bardosh bera olishi, doimiy mijozlarga ega bo’lishi, o’zining mavqeini saqlab qolishi, ishlab chiqarayotgan tovarlarning bozorga qarab yangi markalarini yaratishi va yuqori foyda olishi uchun marketing uslublaridan foydalanishlari zarur. Chunki bozorda iste’molchining istak va talablarini bilgan va ularga moslashgan korxonalargina muvaffaqiyatga erishadi. Zero, har bir ishlab chiqarish korxonasi respublikamiz xalq xo’jaligining bir bo’g’ini bo’lib ular faoliyatining natijalari esa mamlakatimiz iqtisodiyotiga, xalqimizning farovon turmush kechirishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling