Innovative Center" o‘quv markazi va "


Download 23.13 Kb.
bet1/3
Sana01.04.2023
Hajmi23.13 Kb.
#1316806
  1   2   3
Bog'liq
Меморандум Uzfin


Innovative Center” o‘quv markazi va
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti”
o‘rtasida
HAMKORLIK MEMORANDUMI

“Innovative Center” o‘quv markazi nomidan Ustav asosida faoliyat yurituvchi M.Soliyev bir tomondan va keyingi o‘rinlarda “O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti” deb yuritiluvchi Nizom asosida faoliyat yurituvchi rektor A.Safarov ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchilar, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun ikki tomonlama manfaatdorlikdan kelib chiqqan holda, chet tillarini rivojlantirish, iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ekotizimini yaratish va ta’limda chet tillarining muhimligini hisobga olgan, hurmat va ishonch tamoyillariga asoslanib, ushbu Memorandumni quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:


1.Memorandum predmeti

  1. Ushbu Memorandumning predmeti – O‘zbekiston Respublikasi talaba-yoshlar o‘rtasida chet tillarini, shuningdek, ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida tomonlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.



2.Hamkorlik yo‘nalishlari

  1. Ushbu Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshirishga intiladilar:

  1. Tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘gri hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

  2. Donorlar, grantlar va boshqalarni jalb qilgan qo‘shma loyihalar.

  3. Ingliz tilini o‘rgatish ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar.

  1. Alohida dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha talabalar va murabbiylar almashinuvi.

  2. Loyihalarni amalga oshirish uchun institut binolari va infratuzilmasini birgalikda ishlatish va tadbirlar uchun binolardan alohida foydalanish.

  3. O‘zaro kelishuv bo‘yicha boshqa yo‘nalishlar.



3.Maxfiylik

    1. Tomonlar shu bilan, ushbu Memorandum amal qilish muddati davomida tomonlarning bir-birlariga bergan ma’lumotlari maxfiy hisoblanishini va boshqa tomonning yozma roziligisiz uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emasligi to‘grisida kelishib oldilar.


Download 23.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling