Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi


Innovasiya sohasini davlat tomonidan tartibga solish metodlari


Download 58.89 Kb.
bet6/9
Sana17.10.2023
Hajmi58.89 Kb.
#1707059
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi. R

4.Innovasiya sohasini davlat tomonidan tartibga solish metodlari.
Innovasion faoliyatga davlat tomonidan ta'sir qilish metodlarini ikki guruhga boʻlish mumkin: toʻgʻri va egri.
Innovasion jarayonni davlat tomonidan tartibga solishning toʻgʻri metodlari ikki shaklda amalga oshiriladi: ma'muriy, dasturli-maqsadli. Ma'muriy shaklda innovasiyaga bevosita ta'sir qilish maqsadida u moliyalashtiriladi. Ushbu moliyalashtirish maxsus qonunlar asosida amalga oshiriladi. Innovasiyalarni dasturli – maqsadli tartibga solishda yangiliklar qoʻllab-quvvatlashning davlat maqsadli dasturlari boʻyicha innovasiyalar kontrakt asosida moliyalashtiriladi. Ya'ni, davlat tomonidan yangiliklarni (tovar, texnologik jarayon, xizmat) kontrakt asosida sotib olish tizimi tashkil etiladi. Kontrakt asosida moliyalashtirish – hozirgi kunda keng tarqalgan – buyurtmachi va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida shartnoma tizimining bir elementidir.
Shartnomada ishlarni tugatish vaqti, ishlarni ishtirokchilar orasida taqsimlashini moddiy ragʻbatlantirish aniq koʻrsatiladi. Bu erda oʻzaro majburiyatlar, iqtisodiy sanksiyalar kelishib olinadi.
Innovasion jarayonga davlat tomonidan bevosita ta'sir qilish metodlari tizimida sanoat korxonalari va universitetlar kooperasiyasini ragʻbatlantiruvchi tadbirlar ham muhim oʻrin egallaydi.
Sanoat va universitetlar kooperasiyasi natijasida birinchidan ilgʻor ilmiy gʻoyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish imkoni yaratilsa, ikkinchidan, sanoat korxonalarining fundamental va izlanish tadqiqotlarni moliyalashtirishga qiziqishi paydo boʻladi.
Innovasion jarayonlarni davlat tomonidan tartib solishda egri metodlar ham muhim oʻrin tutadi. Davlat innovasion siyosatini amalga oshirishda qoʻllaniladigan ushbu metodlar birinchidan, innovasion jarayonlarni ragʻbatlantirishga va ikkinchidan, innovasion faoliyat uchun qulay muhit (iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik) yaratishga yoʻnaltirilgan. Innovasion faoliyatni davlat tomonidan tartibga soluvchi egri metodlarning tarkibi, tuzilishi va mazmuni turlicha.
Ushbu metodlarga soliq imtiyozlari va kredit imtiyozlarini kiritish mumkin.
Soliq imtiyozlari quyidagi koʻrinishlarda boʻlishi mumkin:
-perspektiv innovasion ishlamalarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan korxona foydasi soliqdan ozod qilinadi;
-ilmiy-texnik mahsulot sotishdan olingan ilmiy institut va oliy oʻquv yurtlarining valyuta mablagʻlari soliqqa tortilmaydi;
-ilmiy-texnika tashkilotlarining mulkini kamaytirilgan qoʻshimcha qiymat soligʻiga tortish; korxona (firma)larning yangiliklarni joriy qilish hisobiga olingan foydasini ma'lum davrga imtiyozli soliqga tortish va h.k.
Innovasiyalarni davlat tomonidan tartibga solishda imtiyozli kreditlar berish ham katta samara berish mumkin. Ya'ni, aksionerlik jamiyatlariga, korxonalarga, firmalarga kichik foiz stavkasida kreditlar ajratish tadbirlari shular jumlasidandir.
Jaxon tajribasida innovasion faoliyatni ragbatlantishda solik imtiyozlarining Quyidagi turlaridan foydaliniladi:

  • Innovasion va ilmiy tadqiqot soliq kreditlarini taqdim etish, ya'ni foydadan innovasion maksadlarga ajratilganda foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar berish.

  • Innovasion xarajatlar koʻpayganda soliqlarni kamaytirish;

  • Innovasion faoliyat boʻyicha olingan foyda soliqqa tortilmaydi;

  • Yuridik va jismoniy shaxslar innovasion tashkilotlarning aksiyalarini sotib olish natijasida olinadigan dividentlarini imtiyozli soliqqa tortish;

  • Foyda buyurtmali va qoʻshma ITTKIga yoʻnaltirilganda foyda soligʻini kamaytirish;

  • Loyihalarning ustivor yoʻnalishlarda bajarilayotganligini hisobga olib imtiyozlar berish;

  • Intellektual faoliyat natijalari boʻlmish patent, lisensiya, nou-xau hisobiga olingan foydani imtiyozli soliqlarga tortish;

  • Mashina va dastgoxlar ITI, oliy ukuv yurtlari va boshqa innovasion tashkilotlarga berilganda foydaning soliqqa tortiladigan qismini ularning qiymatiga mos holda kamaytirish;

Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-innovasion rivojlanishning uchta modelini ajratish mumkin:

  1. Fanda etakchilikka intilayotgan mamlakatlar, Ularda ilmiy-ishlab chiqarish bosqichlarining barcha boʻgʻinlarini qamrab olgan yirik masshtabli maqsadli loyihalar amalga oshiriladi va bu erda mudofaa sektorining ilmiy-innovasion ulushi juda katta. (AQSh, Angliya, Fransiya)

  2. Yangiliklarni kengaytirishga, qulay innovasion muhit yaratishga, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini rasionallashtirishga intilayotgan mamlakatlar, (Germaniya, Shvesiya, Shveysariya);

  3. Innovasion infratuzilmalarni rivojlantirish yoʻli bilan yangiliklarni ragʻbatlantiruvchi, jahon ilmiy-texnika yutuqlariga moslashuvini ta'minlovchi, fan va texnologiya sohalarining barcha tarmoqlarini muvofiqlovchi mamlakatlar (Yaponiya, Janubiy Koreya).




Download 58.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling