Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi


Download 58.89 Kb.
bet8/9
Sana17.10.2023
Hajmi58.89 Kb.
#1707059
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi. R

Rivojlangan Evropa mamlakatlarida innovasion faoliyatni boshqarish.
Evropa ittifoqi mamlakatlarining xususiyatlari quyidagilardan iborat: tabiiy resurslar, er va ish kuchining qimmatligi, yuqori darajadagi aholi zichligi, ishlab chiqarish texnologik darajasining yuqoriligi, ma'lumot, madaniyat, tarixiy an'analarga nisbatan ijobiy munosabat, muhim oziq-ovqat mahsulotlarining bahosi davlat tomonidan nazorat qilinishi; ishlab chiqarishni boshqarishda xalqaro va Evropa standartlaridan foydalanish; mahsulotlarni sertifikasiyalash; innovasion faoliyatni indikativ rejalashtirish; xalq xoʻjaligining fan talab boʻlgan tarmoqlarining rivojlanishi; ishlab chiqarishni konsentrasiya va kooperativlashtirish darajasi yuqoriligi, buning natijasida ushbu davlatlarda hayot darajasining yuqoriligi.
Evropa ittifoqi mamlakatlarida innovasion faoliyatni faollashtirishga katta e'tibor berilmoqda. Evropa ittifoqida innovasion siyosatning asosiy yoʻnalishlariga quyidagilar kiradi:

  • yagona antimonopol qonunchilikni ishlab chiqarish:

  • dastgohlarning amortizasiyasini tezlashtiruvchi tizimdan foydalanish;

  • ITTKIni imtiyozli soliqga tortish;

  • Kichik ilmtalab biznesni ragʻbatlantirish;

  • Namunaviy texnologiyalar sohasi boʻyicha innovasiyalarni davlat tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri moliyalashtirish;

  • Universitet, fan sohasi bilan ilmtalab mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan firmalar hamkorligini ragʻbatlantirish.

Evropa ittifoqi innovasion faoliyatining asosini 1985 yilda qabul qilingan «Texnologiyalar, innovasiya va almashishning xalqaro infratuzilmasini rivojlantirish rejasi» tashkil qiladi. Ushbu hujjatning asosiy maqsadi - milliy va undan yuqori darajada ilmiy tadqiqot natijalarini tayyor mahsulotga joriy qilish jarayonini tezlashtirish va soddalashtirish hamda Evropa ittifoqida innovasiyalar tarqalishini qoʻllab quvvatlashdan iborat. Ushbu rejaning «Innovasiya sohasida davlatlararo kooperasiya» boʻlimida innovasiyalarni boshqarish va texnologiyalarni almashish boʻyicha funksional konsalting xizmatini tashkil qilish va faoliyat koʻrsatilishi rejalashtirilgan.
Keyingi boʻlimda yuqoridagi rejaning bajarilishi muvofiqlashtirib borish masalalari yoritilgan. Uchinchi boʻlimda innovasiya va texnologiyalar boʻyicha axborotlar almashish tizimini tuzish, patent tizimini, unifikasiya va standartlashni takomillashtirish yoʻnalishlari, toʻrtinchi boʻlimda esa- kam rivojlangan davlatlarning (Gresiya, Irlandiya) innovasion imkoniyatlarini koʻtarish boʻyicha tadbirlar yoritilgan.
1988 yildan boshlab Evropa ittifoqida ITTKI natijalarini tarqatish boʻyicha «VELYu» dasturi harakat koʻrsatmokda.
Evropa mamlakatlarining jahon yuqori texnologiya bozorlardagi ulishining kamayishi oldini olish borasida quyidagilar qabul qilindi:
EKSPRIT- 1984 yilda qabul qilingan, axborot texnologiyalari tizimi doirasida ilmiy tadqiqotlar Evropa strategik dasturi, (250 ta kompaniya va 3 ming tadqiqotchilar ishtirok etishadi).
RASE-1985 yilda qabul qilingan, Evropada aloqaning ilgʻor usullarini tadqiqot qilish.
EVRIKA- Fransiya tashabbusi bilan 1985 yilda qabul qilingan kompleks dastur. Uning maqsadi - Amerika va Yaponiya korporasiyalari tomonidan raqobatga qarshi tura oladigan, alyans yoʻli bilan paydo boʻlgan yirik Evropa sanoat korxonalarini ragʻbatlantirish, Evropa ITTKIlarning 6 sohasi boʻyicha ishlarni tashkil etish, muvofiqlashtirish: optronika; yangi materiallar; yuqori EHM, kuchli lazerlar; zarrachalarni tezlashtiruvchilar, sun'iy intellekt.
Evrikaning oliy organi - ishtirokchi davlatlar vazirlari darajasida yiliga ikki marta buladigan anjuman. Ishchi organi - 7 ta mutaxassisdan va 6 ta texnik xodimdan tashkil topgan va Bryusselda joylashgan sekretariatdir.
ITTKIni axborot bilan ta'minlashni takomillashtirish maqsadida Evropa axborot markazi (EAM) tashkil etilgan va u 1995 yilda Buyuk Britaniyada joylashgan 21 guruhdan va Evropaning boshqa mamlakatlarida 210 ta guruhdan tashkil topgan edi. EAM 25% ga Evropa ittifoqi tomonidan moliyalashtirilsa, qolgan 75% - homiylarning mablagʻlari va pullik xizmat koʻrsatish hisobiga olingan mablagʻlar asosida faoliyat olib boradi.

Xulosa
Mamlakat iqtisodiyoti va xo‘jalik subyektlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etishning asosiy vositalaridan biri-bu davlat iqtisodiy siyosatining bo‘g‘inlaridan hisoblanuvchi innovatsion siyosatdir. Davlat innovatsion siyosat yordamida bevosita ishlab chiqarish hajmi o‘sish sur’atlarining oshishiga, fan-texnika taraqqiyoti tezlashishiga, ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi, ijtimoiy muammolarni xal qilishga ta’sir o‘tkaza oladi.
Innovatsion siyosat deganda davlatning iqtisodiyotni ko‘tarish va iqtisodiy- ijtimoiy taraqqiyot masalalarini xal qilish maqsadida mamlakat innovatsion salohiyatidan samarali foydalanish, innovatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiluvchi maqsadli faoliyati tushuniladi.
Davlat tomonidan fan-texnika muhitini qo‘llab-quvvatlash tizimida tubdan o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi “Innovatsion rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi” Farmoni qabul qilinishi bilan yuz berdi. Mazkur Farmonga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni keng joriy etish borasida Ma’muriy islohotlar kontseptsiyasini amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha muhim qadam sifatida qarash mumkin. Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi hamda uning davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy rivojlanish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohalaridagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari nazarda tutildi. Bundan kelib chiqib, Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekiston Respublikasining innovatsion va ilmiy-texnik rivojlanishi sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ etib belgilandi. Innovatsion texnologiyalar hisobiga rivojlanishning zamonaviy yondashuvlarini ishlab chiquvchi, shartli ravishda “kelajak vazirliklari” deb nomlanuvchi ixtisoslashtirilgan idoralarni tashkil qilish bo‘yicha jahon tendentsiyasini qayd etib o‘tish lozim.



Download 58.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling