Innovatsion faoliyatni samarali moliyalashtirish yo’llari
Download 0.52 Mb.
|
Sunnat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Innovatsiyalarni moliyalashtirish manbalari va shakllari..........................14 3Xorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tartibi.................................17
- Xulosa...................................................................................................................26
Innovatsion faoliyatni samarali moliyalashtirish yo’llariMUNDARIJA: Kirish………………………………………………………………………………3 Asosiy qism 1. Innovatsiya tushunchasi va ularga qaratilgan investitsiyalar.....................10 2. Innovatsiyalarni moliyalashtirish manbalari va shakllari..........................14 3Xorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tartibi.................................17 4. Innovatsion faoliyatni loyihani moliyalashtirish..........................................24 Xulosa...................................................................................................................26 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati...................................................................27 Kirish. Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda kredit juda ham katta ahamiyatga ega. U butun iqtisodiyot tizimi oldida turgan muammolarni xal qiladi. Kredit yordamida, pul mablag`lariga bo’lgan ehtiyojni, bunday mablag`lar vaqtinchalik bo’shagan joylardan olish orqali qondirish mumkin. Kreditlash tizimi bo’sh kapitalni yig`adi va shu bilan birga, kapital kirib kelishiga xizmat ko’rsatgan holda, qayta ishlab chiqarish jarayonini ta'minlaydi. Shuningdek kredit pul muomalasini tezlashtiradi, bir qator munosabatlarning (sug`urta, investitsiyaviy va h.) bajarilishini ta'minlaydi va bozor munosabatlarini tartibga solishda katta rol o’ynaydi. Ssuda kapitali manbasi bo’lib, birinchidan, asosiy kapitalni tiklash uchun mo’ljallangan, aylanmadan chiqarilgan pul mablag`lari (ya'ni amortizatsiya jamg`armasi); tovarlarni sotish va xom-ashyo, yoqilg`i, materiallarni xarid qilish vaqti o’zaro to’g`ri kelmaganligi sababli vaqtincha bo’sh qolgan aylanma kapitalning bir qismi, xizmat qilishi mumkin. Tovarlarni sotish va ish haqi to’lash o’rtasidagi davrda vaqtinchalik bo’sh bo’lgan kapital ham manba bo’lishi mumkin. Ssuda kapitalining ikkinchi bir manbasi sifatida pul daromadi va xususiy sektor jamg`armalari xizmat qilishi mumkin. Tijorat krediti deb, faoliyat yuritayotgan bir tadbirkorning, tovar uchun to’lovni kechiktirish shaklida, ikkinchi tadbirkorga beradigan kreditiga aytiladi. Tijorat krediti veksel bilan rasmiylashtiriladi, uning ob'ekti bo’lib esa tovar kapitali xizmat qiladi. U sanoat kapitali aylanmasiga, tovarlarni ishlab chiqarish sohasidan iste'mol sohasiga o’tishiga xizmat ko’rsatadi. Tijorat kreditining o’ziga xosligi shundaki, bu yerda ssuda kapitali sanoat kapitali bilan birlashib ketgan. Tijorat kreditining maqsadi - tovarlarni sotish va foyda olish jarayonini tezlashtirishdir. Bunday kreditning o’lchami sanoat va tovar kapitallarining zaxira kreditlari miqdori bilan chegaralangan bo’ladi. Ushbu kapitallarning harakati shartnoma bilan belgilangan bo’ladi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi tadbirkordan, ushbu vositalarni o’z ishlab chiqarishida iste'mol qiladigan tadbirkorga, yoki tovar ishlab chiqaruvchi tadbirkordan, tovarlar savdosi bilan shug`ullanuvchi savdo tashkilotlariga. Shuni ham ta'kidlab o’tish lozimki, tijorat kreditining imkoniyatlari cheklangan bo’ladi, chunki uni faqatgina tovar ishlab chiqaruvchidan olish mumkin. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling