Innovatsion faoliyatni
Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi, davlat grantlari, fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar
Download 293.09 Kb.
|
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish
Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi, davlat grantlari, fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi PF- 5264-son farmoniga muvofiq Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etilgan. Mazkur farmon va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-3416-son qaroriga binoan vazirlik O‘zbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirish hamda mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi to‘g‘risida»gi nizom asosida innovatsion rivojlanish taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, fan sohalari va tarmoqlari bo‘yicha vazirlik huzurida 16 ta Ilmiy-texnik kengash tashkil etilgan. Har bir Ilmiy-texnik kengash tarkibida tor doiradagi soha mutahassislari va olimlardan iborat ekspert guruhlari faoliyat yuritadi. Ilmiy-texnik kengash har bir fan yo‘nalishi bo‘yicha vazirlikning ilmiy-texnik siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashadigan, davlat ilmiy- texnik dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy-texnik loyihalarni baholash, ekspertiza qilish va monitoringdan o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradigan, tegishli fan sohalarining etakchi olimlari va mutahxassislaridan iborat jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan ilmiy-texnik jamoa hisoblanadi. Ekspert guruhlar esa tegishli fan sohalari va yo‘nalishlari bo‘yicha taqdim etilgan ilmiy-texnik loyihalar, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat bilan bog‘liq xujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun olim va mutahassislardan iborat ilmiy- texnik guruhlar hisoblanadi. Ular tarkibi Ilmiy-texnik kengashlar tomonidan shakllantiriladi. Shuningdek, vazirlik huzuridagi «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi» Davlat unitar korxonasi tomonidan «Ilm-fan va innovatsion rivojlanish» hamda «XXI asr texnologiyalari» nomli ikkita ilmiy jurnal nashr etilmoqda. Mazkur jurnallarda chop etiladigan maqolalar ham aynan Iliy-texnik kengash a’zolari hulosalariga binoan nashrga tavsiya etiladi. «Ilm-fan va innovatsion rivojlanish» jurnalidagi maqolalarning ilmiy salohiyatidan kelib chiqib, bugungi kunda jurnalni Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan e’tirof etilgan jurnallar ro‘yxatiga kiritish rejalashtirilgan. Download 293.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling