Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “investitsion loyihalarni moliyalashtirish” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitiruv oldi amaliyoti hisoboti
Download 83.8 Kb.
|
hisobot20233
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorladi
- Topshirgan sanasi: “ ” ______ 2023 y 3. Himoyaga tavsiya __________
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “BAHOLASH ISHI VA INVESTITSIYALAR” KAFEDRASI “INVESTITSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH” TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA BITIRUV OLDI AMALIYOTI HISOBOTI
Toshkent-2023 MUNDARIJA: KIRISH Investitsiya loyihalari samaradorligini tahlil etishning asosiy yo‘nalishlari Investitsiya loyihalari moliyalashtirish manbalari tahlili va uni baholash Investitsiya loyihasining xarajatlari tahlili Investitsiya loyihalari samaradorligini an’anaviy va diskontlash usullari asosida baholash Risk va noaniqlik sharoitida investitsiya loyihalari tahlili Qarz oluvchi korxonaning to‘lovga qodirlik va moliyaviy barqarorlik tahlili XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI KIRISH Men, Komiljonov Tohirbek komiljon o’g’li, Toshkent moliya instituti “Budjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti, “Investitsion loyihalarni moliyalashtirish” ta’lim yo’nalishi talabasi, joriy yilning 13-mart kuni “ipotea bank” ga amaliyot o’tash uchun bordim. Amaliyot o’tash joyidan menga amaliyot rahbari etib Sh. Matchanov tayinlandi, amaliyot o`tash davrim 2023- yilning 13-martidan 9-iyunigacha bo’lgan muddatda, 13 hafta qilib belgilandi. Bitiruv oldi amaliyotini O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-oktyabrdagi 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi” Nizom hamda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27- iyuldagi "Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora- tadbirlari to’g’risida" PQ-3151 sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutimiz tomonidan ishlab chiqilgan "Toshkent Moliya institutini 2017-2030 yillarda rivojlantirish dasturi" asosida ishlab chiqilgan amaliyot dasturi asosida o’tadim. Bitiruv oldi amaliyoti maqsadini amalga oshirish asosida bizlardan quyidagi vazifalarni hal etish belgilangandi: nazariy bilimlarni amaliy bilim va ko’nikmalar orqali boyitish va kasbiy faoliyat bo’yicha orttirilgan bilimlarni chuqurlashtirish; sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirish; amaliyot o’tash natijasida olingan moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilish va omilli bog’liqlikda xulosalar yasash; amaliyot o'tash natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlash va unda aks etgan materiallarning mazmun-mohiyatini tushunib yetish. Bitiruv oldi amaliyoti dasturi asosida quyidagi namunaviy mavzular bo’yicha o’z ishlab chiqarish amaliyotimni olib bordim: investitsiya loyihalari samaradorligini tahlil etishning asosiy yo‘nalishlari ; investitsiya loyihalari moliyalashtirish manbalari tahlili va uni baholash; investitsiya loyihasining xarajatlari tahlili; investitsiya loyihalari samaradorligini an’anaviy va diskontlash usullari asosida baholash; risk va noaniqlik sharoitida investitsiya loyihalari tahlili; qarz oluvchi korxonaning to‘lovga qodirlik va moliyaviy barqarorlik tahlili. Bitiruv oldi amaliyoti davomida yuqoridagi mavzular bilan bir qatorda bankning korporativ mijozlar bilan, jismoniy shaxslar bilan ishlash, kredit bo’limi, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi, shuningdek, plastik kartochkalar bilan ishlash bo’limi xizmatlari va ishlari bilan tanishdim. Bitiruv oldi amaliyoti kunlari davomida nazariy ma’lumotlar asosida amaliy harakatlarni kuzatish imkoniyati yaratib berildi va bu amaliyotimni to’laqonli o’tashimni ta’minladi. Bank xodimlari tarkibi ko’plab malakali mutaxasislardan iborat bo’lib, bank joriy amaliyotlarini ulardan o’rganish menda malakaviy bilimlar va bank ishi sohasiga qiziqishimni yanada ortishiga o’z hissasini qo’shdi. Download 83.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling