Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “investitsion loyihalarni moliyalashtirish” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitiruv oldi amaliyoti hisoboti


Investitsiya loyihalari samaradorligini tahlil etishning asosiy yo‘nalishlari


Download 83.8 Kb.
bet2/12
Sana21.06.2023
Hajmi83.8 Kb.
#1644864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
hisobot20233

Investitsiya loyihalari samaradorligini tahlil etishning asosiy yo‘nalishlari

Investitsiya loyihalari samaradorligini tahlil etish usuli – bu turli obyektlarga uzoq muddatga kapital mablag‘larni qo‘yishning maqsadga muvofiqligini aniqlash usuli bo‘lib, bunda qo‘yilgan mablag‘lar kelajakda foyda keltirishi va o‘zini to‘liq qoplashi ko‘zda tutiladi.
Investitsiyalarni iqtisodiy tahlil qilish va baholash juda muhim jarayon hisoblanib, u o‘z ichiga texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va baholashni qamrab oladi. Investitsiya loyihalari samaradorligini tahlil qilish orqali mablag‘larni samarali joylashtirish yo‘llarining eng optimalini tanlash mumkin.
Investitsiya loyihalarini tahlil qilish va baholashdan asosiy maqsad, aynan ko‘zda tutilgan natijalarga erishishni realligini baholashdir.
Loyiha samaradorligini baholash o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi:

  • oddiy (yoki statistik) baholash;

  • diskontlashga asoslangan baholash.

Birinchi guruhga quyidagilar kiradi:

  • investitsiya qoplash muddati (Payback Period, PP);

  • investitsiya samaradorligi koeffitsienti (Accounting Rate of Return, ARR).

Ko‘pchilik hollarda amaliyotda investitsiya samaradorligi koeffitsientini (ARR) o‘rniga foydaning oddiy normasi (return on investments, ROI) koeffitsientidan foydalaniladi. Lekin bu ikki koeffitsienti hisoblash algoritmi bir xildir. Ushbu usulning asosiy afzalliklari koeffitsientlarni aniqlashda bajariladigan hisob-kitob ishlarining qulayligi, oddiyligi va tushunarligidadir.
Bu guruh koeffitsientining kamchiliklari shundan iboratki, bunda investitsiyalanadigan loyiha bo‘yicha vaqt omili hisobga olinmaydi.
Ikkinchidan, investitsiya kapitalining qoplanishi ko‘rsatkichiga asos qilinib, foyda olinadi, ammo amaliyotda amortizatsiya ajratmalari ham investitsiya kapitalining qoplanishi uchun manba bo‘ladi. Shuning uchun investitsiya qoplash muddati koeffitsientini (PP) hisoblashda, albatta amortizatsiya ajratmalarini hisobga olish zarur.
Uchinchidan, bu koeffitsientlar investitsiya loyihasi bo‘yicha bir tomonlama baholashni beradi, ya’ni u foyda va investitsiya summalari miqdoriga asoslangan bo‘ladi.
Investitsiya loyihalarining samaradorligini chuqur tahlil etish uchun ikkinchi guruh iqtisodiy baholash koeffitsientilaridan foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • Sof keltirilgan qiymat (Net Present Value, NPV) yoki sof joriy qiymat;

  • Investitsiya rentabelligi indeksi (Profitability Index, PI);

  • Foydaning ichki me’yori (Internal Rate of Return, IRR);

  • Investitsiyaning diskontlangan qoplash muddati (Discounted Payback Period, DPP).


Download 83.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling