Usulda qazib olishning qulayliklari va kamchiliklari


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1054032
  1   2   3   4   5
Bog'liq
KIA 1,Sadoqat



MA’RUZA № 1. KIRISH. FOYDALI QAZILMA KONLARINI OCHIQ 
USULDA QAZIB OLISH USULLARI VA TEXNOLOGIYASI. OCHIQ 
USULDA QAZIB OLISHNING QULAYLIKLARI VA 
KAMCHILIKLARI. 
 
Darsning maqsadi – foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish 
usullari va texnologiyasi tо‘g‘risida tushunchaga ega bо‘lish. 
Reja: 
1. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish tо‘g‘risida tushuncha. 
2. Ochiq usulda qazib olish texnologiyasi. 
3. Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari, afzalliklari va 
kamchiliklari. 
Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish 
tо‘g‘risida tushuncha. 
Konchilik sanoati - zamonaviy industriyaning asosiy xom ashyo va yoqilg‘i 
bazasi hisoblanadi. U energetika va xalq xо‘jaligining boshqa tarmoqlarining 
asosiy yoqilg‘i manbaidir. Shuningdek, konchilik sanoati qora va rangli 
metallurgiya, ximiya sanoati, о‘g‘itlar ishlab chiqarish sanoati uchun xom-ashyo 
bazasi hisoblanadi. Xalq xо‘jaligida foydalanilayotgan tabiiy resurslarni 70% ini 
mineral xom-ashyolar tashkil qiladi. 
Jahon miqyosida qazib olinadigan foydali qazilmalarning umumiy miqdori 
yiliga 9-10 mln. t ni, kon massasining yillik unumdorligi esa 35-37 mlrd. t ni 
tashkil etadi. 
Ochiq usulda qazib olish ishlarining rivojlanishi, yer osti usulida qazib 
olishga nisbatan unumdor, iqtisodiy jihatdan samarador va xavfsizligidadir. Ochiq 
usulda qazib olishda ish unumdorligi yer osti usuliga qaraganda 5-8 marta yuqori, 
tannarxi esa 2-4 marta kam. Ushbu farq sо‘nggi 30-40 yil ichida oshib borishda 
davom etmoqda. 
Foydali qazilma boyliklariga xо‘jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar 
uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan sо‘ng 
ishlatiladigan barcha turdagi tog‘ jinslari kiradi. Foydali qazilmalar qurilish va 
sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta о‘rin egallaydi. Uni 
xom-ashyo sifatida qazib olish va qayta ishlash miqyosi esa davlatning ishlab 
chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi. 
Foydali qazilmalarni ochiq usul bilan qazib olishda qoplovchi va о‘z ichiga 
oluvchi tog‘ jinslari ham qazib olinadi. Foydali qazilmalar va qoplovchi hamda о‘z 
ichiga oluvchi tog‘ jinslari birgalikda kon massasi tushunchasi bilan birlashtiriladi. 
Tog‘ jinslarini foydali qazilmalarga va qoplovchi jinslarga ajratish bu nisbiy 
tushunchadir. Qazib oluvchi va qayta ishlovchi texnikalarning rivojlanishi bilan 


kо‘pgina qoplovchi tog‘ jinslaridan foydali qazilmalar kabi foydalana boshlandi va 
bularning soni yildan-yilga oshib bormoqda. 
Har xil tog‘ jinslarini qazib olishda va turli-tuman qazilmalar, chuqurliklarni 
kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yig‘indisiga ochiq kon 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling