Usulda qazib olishning qulayliklari va kamchiliklari
Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari, afzalliklari va kamchiliklari
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
KIA 1,Sadoqat
Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari, afzalliklari va kamchiliklari.
Konlarni yer osti usulida qazib olish ochiq usulda qazib olishdan sezilarli darajada farqqiladi. Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari: 1. Foydali qazilmalarni qazib olish faqatgina bо‘sh tog‘ jinslarini olgandan sо‘ng amalga oshiriladi. Bо‘sh tog‘ jinslari, ya’ni qoplovchi tog‘ jinslari hajmi odatda foydali qazilma hajmidan 2-3 baravar ortiq bо‘ladi. Shuning uchun ham ochiq kon ishlarida asosiy xarajat ochish ishlari bilan bog‘liqdir. 2. Ochiq kon lahimlarining о‘lchami barcha yо‘nalish bо‘yicha sezilarli darajada hamda katta о‘lcham va quvvatga ega bо‘lgan jihozlar va quvvati katta bо‘lgan portlovchi modda zaryadini qо‘llash imkonini beradi. 3. Bо‘sh tog‘ jinslarini olib tashlash va foydali qazilmalarni qazib olish asosan ekskavator yordamida amalga oshiriladi. Ekskavator qо‘llanilganda burg‘ulash va portlatish ishlari natijasida maydalangan kon massasi ekskavator yordamida transport vositalariga yuklanadi va karyer yuzasiga chiqariladi. 4. Ochiq kon ishlarida qо‘llaniladigan kon-transport jihozlari о‘lchamlari va yuqori unumdorligi bilan xarakterlanadi. Burg‘ulash ishlari aylanma, pnevmozarbli, sharoshkali va olovli burg‘ulash stanoklari yordamida amalga oshiriladi.Skvajina diametri 160-450 mm, chuqurligi 20-60 m, skvajinadagi zaryad massasi 30-50 kg dan 500-600 kg gacha bо‘ladi. Kon massasini qazish va yuklash ishlarida bir kovshli va kо‘p kovshli ekskavatorlar qо‘llaniladi. Kon massasini tashish asosan temir yо‘l transporti, avtosamosvallar va lentali konveyerlar yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari ochiq usulda qazib olishda buldozerlar, g‘ildirakli skreperlar, о‘zi yurar yuklagichlar va boshqa quvvatli jihozlar qо‘llaniladi. Kam hollarda gidromexanik usul bilan amalga oshiriladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling