Usulda qazib olishning qulayliklari va kamchiliklari
Download 0,49 Mb. Pdf ko'rish
|
KIA 1,Sadoqat
ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon ishlari foydali qazilma
boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir. Bunda yer ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan aloqador barcha ishlar va jarayonlar, ochiq kon inshoatlari orqali amalga oshiriladi. Yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus jihozlangan yer osti inshoatlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan qazib olishda konchilik ishlari ikki qismga bо‘linadi: ochish ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari); qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga tо‘plash yoki tushirish ishlari). Ochish ishlari foydali qazilmani qoplab turgan bо‘sh tog‘ jinslarini olib tashlashdan iborat. Ushbu jarayon foydali qazilmaga yetib borishni ta’minlashi va uni xavfsiz holda qazib olishga sharoit yaratishi lozim. Ochish va qazish ishlari natijasida karyer hosil bо‘ladi. Karyer – foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib oluvchi kon korxonasi.. Ishlab chiqarish asoslari va maqsadlari uchun ochuvchi va tayyorlovchi lahimlarni birlashtiradigan alohida kon tayyorlov ishlari о‘tkaziladi (asosiy xandak va yarim xandak, qirqma xandak va yarim qirqma xandak va boshqa lahimlar). Kon tayyorlov ishlarini о‘tkazishdan maqsad shundan iboratki, bu qazish joylariga (zaboylarga) va kon ishlarining boshlanish frontiga transportni kelishini ta’minlash uchun yо‘l ochib beradi. Ochiq usulda qazish qо‘yidagilarni ham о‘z ichiga oladi: kon va uning alohida uchastkalarini tayyorlash ishlari (asosan ustki qismini tayyorlash); qazib olinayotgan tog‘ jinslari massivi mustahkamligini ta’minlashdagi kon- zaxira muxofazasi va inshoatlarini hisobga olish ishlari (suv muvozanatini ta’minlash, kon jinslarining о‘z-о‘zidan yonib ketishini va yuzaning deformatsiyasini oldini olishdagi qayta tiklash ishlari va h.k. ishlar). Download 0,49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling