Usulda qazib olishning qulayliklari va kamchiliklari


-rasm. Konni ochiq usulda qazib olish sxemasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1054032
1   2   3   4   5
Bog'liq
KIA 1,Sadoqat

1.1-rasm. Konni ochiq usulda qazib olish sxemasi. 
– ekskavator; 2 – avtosamosval; 3 – buldozer; 4 – burg‘ilash stanogi; 5 – ishchi gorizontlar; 6 – portlatilgan massa; 
– foydali qazilma uyumi; 8 – skvajinalar; 9 – kiruvchi transheya;10 – bо‘sh tog‘ jinslar ag‘darmasi. 


 
1.2-rasm. Konni ochiq ususlda qazib oluvchi kon korxonasi. 
 
Ochiq usulda qazib olish texnologiyasi. 
«Texnologiya» termini umumiy holatda qandaydir bir texnik ishlab 
chiqarish ishlarini bajarishni tashkil etish usullari, vositalari tо‘g‘risidagi bilimlari 
majmuidir. 
Texnik 
vositalarning 
quvvatini 
hisobga 
olgan, 
fundamental 
bilimlar 
qonuniyatlariga 
asoslangan 
usullar 
bilan 
qazib 
olinadigan 
va 
mexanizatsiyalashtirilgan qabul asosida tashkil etilgan, bir-biri bilan aloqador kon 
ishlari jarayonlari yig‘indisiga konlarni qazish texnologiyasi deb aytiladi.
Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasi ikkita aspektni 
о‘z ichiga oladi: 

ishlab chiqarish jarayonlari texnologiyasi (qazib olish, tashish va tog‘ 
jinslarini g‘aramlash); 

ochiq kon ishlari texnologiyasi (kon lahimlari kompleksi sifatida karyer 
muhiti va vaqti bо‘yicha konni qazib olish qurilishi va rivojlanishi). 
Ishlab chiqarish texnologiyasi qо‘yidagilarni о‘z ichiga oladi: asosiy ishlab 
chiqarish jarayonlari prinsiplari, vositalari, mexanizatsiyalash komplekslari va 
tashkil etish sxemalarini; tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlash, qazish-yuklash 
ishlari, tashish, g‘aramlash va kon massasini bо‘shatish. 
Ochiq kon ishlari texnologiyasi karyer parametrlari, kon lahimlarini о‘tish 
usullari, karyerda kon ishlarini rivojlanish sxemasini, ochish usullari va qazib olish 
sistemalarini, mahsulot sifatini boshqarish usullari va vositalari, kon ishlarini 
rejalashtirish va tashkil etish prinsiplarini qarab chiqadi. 
Aytib о‘tilgan ishlar ma’lum bir tartibda о‘tkazilishi kerak. Har bir ish 
orasida texnik sharoitlarni ta’minlay oladigan kerakli vaqt oralig‘idagi ochish va 
qazib olish ishlari frontini, asbob uskunalar va konni butunligicha ishlatishda 
ishlab chiqarish va xavfsizlik ishlarini tо‘g‘ri taqsimlashni tashkil etish lozim. 
Karyer maydoni chegarasida yoki uning uchastkasida tartibli va ketma-ket 
bajariladigan ochiq kon ishlariga qazish tizimi deb aytiladi. Qabul qilingan qazish 
tizimi qо‘yidagilarni ta’minlashi kerak: 
 ishning borishidagi xavfsizlik; 


 ularning rejalashtirilishi va iqtisodiy samaradorligi; 
 karyerning kо‘zda tutilgan ishlab chiqarish quvvati; 
 zaxiralarning tо‘liq olinishi;
 barcha foydali qazilmalardan kompleks foydalanish; 
 kon-zahira (nedr) va atrof muhit muhofazasi. 
Uzoq vaqt ishlatiladigan kon lahimlariga (xandak va yer osti lahimlari), 
qoplovchi jinslarni tashishga, foydali qazilma boyliklarini yerning ustki qismida 
joylashgan qabul qilish punktlariga yetkazishga, yerning ustki qismidan ishlab 
turgan gorizontga materiallarni, asbob-uskunalarni va odamlarni tashib keltirishni 
ta’minlab turuvchi ya’ni yerning ustki qismidan karyer va zaboyning ishlab turgan 
joyigacha transportning kelishini ta’minlanishiga konni ochish tizimi deb aytiladi. 
Quvvati va unumdorligi katta bо‘lgan kon mashina mexanizmlarini va uskunalarini 
ishlatish uchun, ochiq kon ishlari ishlab chiqarishida kon lahimlari (keng 
maydonchalar, katta uzunlikdagi pog‘onalar va h.) katta о‘lchamlarda bо‘lishi 
kerak. Karyerda ishlatiladigan ekskvatorning unumdorligi yiliga 10 million 
tonnagacha tog‘ jinslarini yuklashga erishishi uchun, yuqori malakali kadrlar bilan 
ta’minlanishi va ishlab chiqarishni aniq tashkil qilish kerak. 
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish uchun foydali qazilma 
koni yer satxidan unchalik ham katta chuqurlikda yotmasligi yoki qazib olish 
iqtisodiy samaradorligi yer osti usuliga qaraganda katta bо‘lganda qо‘llaniladi. 
Ochiq kon ishlarini olib borishda yana quyidagi shart-sharoitlarga e’tibor 
qaratiladiki, ular orqali ishlab chiqarish xavfsizligiga erishiladi: yer ustki va yer 
osti suvlarini chetlashtirish, qordan himoya qilish, kо‘chib ketishi va qulab tushishi 
mumkin bо‘lgan pog‘onalarning qiyaligini ta’minlash va mustahkamlash, hamda 
boshqa bir qancha tadbirlar. Karyerlarda atmosferadagi changning va gazning 
kо‘payishi kо‘p hollarda burg‘u quduqlarni qaziganda, ekskavatorlar yordamida 
kon massasini kо‘p marta yuklaganda, joylarda yong‘in bо‘lganda (kо‘mirni qazib 
olishda), dizel yonilg‘ili mashinalar ishlaganda, karyer yuk mashinalari muntazam 
harakat qilganda va boshqa kamchiliklar tufayli yuz beradi. Bunday hollarda ish 
joylarini shamollatish, changga va yong‘inga qarshi tadbirlar о‘tkazish kerak. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling