“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja
-rasm. Texnologik park ta’sischilari va ular tomonidan yechiladigan masalalarning bazaviy chizmasi
Download 2.56 Mb.
|
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org
4.2.2-rasm. Texnologik park ta’sischilari va ular tomonidan yechiladigan masalalarning bazaviy chizmasi.
. Bugungi kunda Toshkent shahrining Yunusobod, Sergeli, Yakkasaroy tumanlarida bir nechta texnoparkka; «Yashnobod» texnoparkiga; TTESI huzurida O‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkiga asos solingan15. Bu texnologik parklar quyidagi sohalarda ilmiy tadqiqotlarni, sanoatda tajriba sinovlarini o‘tkazishga, innovatsion namunalarni o‘zlashtirish uchun ixtisoslashtirilishi kutilmoqda: kimyo texnologiyalari, biotexnologiyalar, farmasevtika va tibbiyot biotexologiyalari, o‘simliklarni himoya qilish vositalari; materialshunoslik, metallarga ishlov berish texnologiyalari, seysmik chidamlilik, qurilish materiallari; oziq-ovqat sanoati; energiya tejash, muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqarish; elektron o‘lchov asboblari, robot texnikasi, mashinasozlik, elektr texnika. Texnoparklarni tashkil etish va tugatish vazifasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga yuklatildi. Texnopark faoliyatini direksiya boshqaradi. U rezidentlarni jalb etib, uning hududida joylashtiradi. Texnoparklar hududida loyihalarni amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklikning quyidagi shakllari taklif etilmoqda: texnoparklar binolari qurilishi uchun yer uchastkalarini bepul asosda doimiy foydalanishga berish; innovatsion faoliyat yuritish uchun bo‘sh turgan davlat ob’ektlarini “nol” xarid qiymatida berish; foydalanilmayotgan binolar yoki korpuslarni xususiy sheriklarga uzoq muddatga bepul foydalanishga berish; konsessiya asosida qurilish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun yer uchastkasi yoki binoni ajratish; xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil etilgan innovatsion texnoparklarni moddiy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan ta’minlash. Loyihalar davlat yoki xususiy sherik tashabbusiga ko‘ra kelishuv asosida amalga oshiriladi. Ajratiladigan yer uchastkalarini, shuningdek, foydalanilmayotgan bo‘sh turgan binolarni viloyat hokimliklari Innovatsion rivojlanish vazirligining taqdimnomasiga ko‘ra belgilaydilar. Ularning o‘zlari bo‘sh turgan davlat ob’ektlari “nol” xarid qiymatida uzoq muddatli bepul foydalanishga berilishini ta’minlaydilar. Texnopark maqomini olish uchun quyidagilar mavjud bo‘lishi talab etiladi: a) innovatsion loyiha hamda vakolatli organning ijobiy xulosasi; b) quyidagilar nazarda tutilgan texnoparkni tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyasi: imkon qadar ko‘p sonli rezidentlarni jalb etish va texnopark hududida joylashtirish; texnopark rezidentlariga zarur servis xizmatlarini ko‘rsatish; texnopark rezidentlarini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan: investorlarni jalb etish uchun innovatsion loyihalarga ekspert bahosi berish, innovatsion faoliyatning axborot ta’minoti, ofis, laboratoriya va ishlab chiqarish maydonlarini imtiyozli shartlarda taqdim etish; v) alohida hudud doirasida umumiy maydoni kamida 1000 m2 texnopark egallagan ishlab chiqarish va ofis binolari; g) faoliyat yuritayotgan kommunikatsiyalar, aloqa, kichik ishlab chiqarishlar, laboratoriyalar, tarkibiy bo‘linmalar va hokazolar bo‘lgan ishlab chiqarish va ofis binolari. Ular “g‘oyadan tajriba namunasigacha va keyinchalik, sanoat mahsulotigacha” tamoyili bo‘yicha innovatsion faoliyatning to‘liq sikli uchun texnopark rezidentlariga beriladi; d) innovatsion korxonalarning kuzatuv (ekspert) kengashi, o‘quv markazi, servis xizmatlari markazi; ye) texnoparkni rivojlantirish uchun zaxira maydonlar. Texnopark loyihalari quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi: davlat byudjeti va mahalliy byudjetlarning mablag‘lari; jalb etiladigan innovatsion faoliyat sub’ektlarining byudjetdan tashqari manbalardan olingan mablag‘lari, shu jumladan, kredit, xalqaro sug‘urta tashkilotlari, innovatsion venchur fondlar va boshqa investorlarning mablag‘lari; jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy ajratgan mablag‘lari; kreditlar va grantlar; xorijiy va mahalliy investitsiyalar; texnoparkning innovatsion va ilmiy tadqiqot, maslahat berish va boshqa faoliyatidan olingan mablag‘lari; boshqa taqiqlanmagan manbalar. Texnologiyalar transferi markazlari (TTM) ilmiy-texnik natijalarning tijoratlashuvini tezlatishi, kichik innovatsion korxonalar, jumladan, texnoparklar va innovatsion-texnologik markazlar tarkibida yaratishni ta’minlashi ko‘zda tutilgan. Shuni ta’kidlash joizki, TTM tizimining samarali ishlashiga qator omillar to‘sqinlik qiladi. Ularning orasida quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: mintaqalar miqyosida innovatsion jarayonlarni boshqarishning sust tashkil etilganligi; ko‘pchilik TTMda ham ichki, ham xorijiy bozorlargi chiqish bilan bog‘liq muammolar; TTM tashkil qilish va faoliyat ko‘rsatishi uchun resurslar bazasining yetarli emasligi; innovatsion faoliyat kuchayishini rag‘batlantiradigan me’yoriy- huquqiy asoslarning yo‘qligi. O‘zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishining muhim yo‘llaridan biri – milliy iqtisodiyotning turli sohalarida (engil sanoat, neft-gaz, kimyo, biotexnologiya, AKT, avtomobilsozlik, transport-logistika, rekreatsion-turistik, oziq-ovqat, ilm-fan, ta’lim, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik, ipakchilik va hokazolarda)klaster tizimini joriy etish hisoblanadi. Iqtisodiyotning barcha sohalarida klaster tizimini yaratish – ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni moliyalashtirish hajmini ko‘paytiradi, sifatini yaxshilaydi hamda investitsiyaviy tashqi loyihalarda ishtirok etish, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishning yangi imkoniyatlarini yaratadi. Shuningdek, klaster tizimida ta’lim ishlanmalarini yaratish, ularni qisqa muddatda sinovdan o‘tkazish, ishlab chiqarish va ilmiy izlanishlardagi xodimlar hamda mutaxassislar mehnatlarini ko‘proq rag‘batlantirish, yangi tovarlar va xizmatlarning O‘zbekiston brendi bilan ixtiro qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. “Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bugun dunyodagi ko‘pgina yetakchi davlatlar iqtisodiyotining qariyb 50 foizi klaster usuliga o‘tgan. Masalan, Yevropa Ittifoqida 2 mingdan ziyod klasterlar mavjud bo‘lib, ularda ishchi kuchining 38 foizi qamrab olingan. Daniya, Finlandiya, Norvegiya, Shvesiya sanoatida to‘liq klaster usuli tatbiq qilingan. AQShda esa mamlakatdagi mavjud korxonalarning yarmidan ko‘pi shu tizimda ishlab, ular tomonidan tayyorlanayotgan tovarlar YaIMning 60 foizini tashkil qiladi. …bu davlatlarda fermer xo‘jaliklari aksariyat holda klaster tizimiga ixtiyoriylik asosida, ilm va ishlab chiqarishni shior qilgan holda birlashadi. Bunda fermerlar tayyor mahsulot ishlab chiqilguncha bo‘lgan jarayonda turli vazifalarni bajaradilar”16. Klaster tizimida konsessiya shartnomasi amal qiladi. Konsessiya shartnomasi – bu davlatning yoki mahalliy organlar tasarrufidagi tabiiy boyliklar yoki boshqa xo‘jalik ob’ektlaridan vaqtincha foydalanish, ayrim korxona, kon va shu kabilarni ishga solish, qurish uchun ijozat berish va shu haqdagi shartnomadir17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi“Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasida loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5583-sonli Farmoniga muvofiq hamda respublikada innovatsion loyihalar va startaplar (startap – innovatsion mahsulotlarni yoki xizmatlarni ishlab chiqarish yoki takomillashtirish bilan bog‘liq loyihalar) ekotizimini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, innovatsion infratuzilmani rivojlantirish jarayonini jadallashtirish belgilab olingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5544-sonli Farmonda belgilangan yo‘nalishlar doirasida Ilmiy startaplar akseleratori tashkil etilgan. Innovatsion markazlar, texnoparklar, texnopolislar,klasterlar, starp korxonalar va boshqalar misolida innovatsion infratuzilmaning ahamiyati ayniqsa sezilarlidir, ularhozirgi zamon bozor muhitida ilmiy-texnik sohada tadbirkorlikning rivojlanishi va yangiliklarning iqtisodiy samaradorligini oshishiga yordam beradi. Innovatsiyalarning tijorat muvaffaqiyatining ehtimoli – maxsus institutlar va tashkilotlarning shakllanishi va yagona innovatsion sohada shakllangan innovatsion jarayonni ta’minlash tizimlari tufayli keskin oshadi. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling