“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Korxonalarda innovatsion salohiyatni oshirish


Download 2.56 Mb.
bet24/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

5.4. Korxonalarda innovatsion salohiyatni oshirish
Korxonalarda ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni samarali faoliyatini tashkil etish va uni boshqarish bo‘yicha turli olimlar tomonidan har xil usullar ishlab chiqilgan. Mashhur ame­ri­kalik iqtisodchi M.Porter aynan korxona darajasida innovatsion foaliyatni samarali tashkil etish va boshqarishning o‘ziga xos mo­delini yaratdi. Uning fikriga ko‘ra korxonalar o‘zi uchun eng maq­bul raqobat strategiyasini tanlashda beshta kuch ta’sirini ino­bat­ga olishi lozim bo‘ladi25. Bu beshta kuch :

1)O‘rindosh tovar yoki mahsulotlarning paydo bo‘lish xavfi.


2) Yangi raqobatchilarning bozorga kirish xavfi.
3) Raqobatning intensivlik darajasi.
4)Xaridorlar( mijoz)ning narxga ta’sir darajasi.
5)Ta’minotchi (sotuvchi)larning narxga ta’sir darajasi.
Yuqoridagi beshta kuch ta’sirini inobatga olgan M.Porter quyi­dagi innovatsion faoliyat samaradorligiga erishish uchun umu­miy strategiyalarni qo‘llashni tavsiya etadi:
  1. differensiatsiya;


  2. xarajatlar bo‘yicha absolyut ustunlik:


  3. fokus strategiyasi.




Innovatsion iqtisodiyotda differensiatsiya strategiyasi –bu tarmoqda yagona o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan tovar yoki xizmat ishlab chiqarish hisoblanadi.Differensiatsiya har xil ko‘­ri­­nishda bo‘lishi mumkin, masalan, dizayn yoki brend (Fiel­dc­rest-sochiqlar va ichki kiyim ishlab chiqaruvchi), texno­lo­giya(Hyster yuk mashinalarini ishlab chiqaruvchi, Coleman kemping us­ku­nalar ish­lab chiqaruvchi), funksional imkoniyatlar (JennAir elektroplita ish­lab chiqaruvchi), iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish (Crown CorkandSeal metall idishlar ishlab chiqaruvchi) dillerlik tar­moq­la­ri (CaterpillarTractor qurilish texnikasini ishlab chi­qa­ruv­chi) va boshqalar. Differensiatsiya strategiyasi iste’molchilarning narxga ta’sirchanligini kamaytirish va “sodiq” mijozlar guru­hi­ni yaratish orqali bozordagi kuchli raqobatdan himoya qiladi. Mi­joz­larning “sodiqligi” va yangi mahsulot yaratishga bo‘lgan maj­bur­lik yangi raqobatchilarning bozorga kirib kelishiga xalaqit be­radi.

Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling