Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va tajribalari


Yaponiyada innovatsion faoliyatni davlat tomonidan boshqarish


Download 245.92 Kb.
bet15/18
Sana08.01.2022
Hajmi245.92 Kb.
#247018
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2 5301259145402387441

Yaponiyada innovatsion faoliyatni davlat tomonidan boshqarish.

Yaponiyada sanoat rivojlanish strategiyasini aniqlashda, sanoat ITTKI ishlab chiqarishda va ularni ishlab chiqarishga joriy qilishda tashqi savdo va sanoat vazirligi muhim o`rin egallaydi. ITS aniq yo`nalishlarning bajarilishiga fan va texnika boshqarmasi nazorat qiladi.

YAponiya sanoat texnologiyalari assotsiyasi tashqi savdo va sanoat vazirligiga bo`ysungan bo`lib litsenziyalarni eksport va import qilish bilan shug’ullanadi. YAponiyada ilmiy texnika taraqqiyotining uzoq muddatli dasturi bo`lib amaliy tadqiqotlarni rag’batlantirish va chet ellardan litsenziyalarni sotib olish bilan shug’ullanadi. Ilmiy texnika siyosatni asosan yirik korporatsiyalarda amalga oshiriladi.

Davlat siyosati hozirgi vaqtda, Yaponiyani litsenziyalarni import qiluvchi emas eksport qiluvchi davlatga aylantirishga yo`naltirilgan. Hozirgi vaqtgacha mavjud bozorlarda chet ellik raqobatchilarga nisbatan o`z mahsulotlarining arzonligi va yuqori sifatligi bilan ustunlikka erishib borgan bo`lsa, hozir ularning oldida yanada murrakkab vazifa paydo bo`ldi - mahsulotlarning yuqori sifatini va arzonligini saqlagan holda, yangi bozorlarni tashkil etish.

Yaponiya tashqi savdo va sanoat vazirligi faqat tashqi savdo va sanoatning umumiy va tarmoqlar bo`yicha strategiyasini aniqlashdan chegaralanib qolmasdan, uning qaromog’ida kerakli darajada vositalar va metodlar katta arsenali bo`lib strategiyalarni konkretlashtirish imkoniyatiga ega. Yaponida eksport ishlab chiqarishga va eksporga ta`sir qilishning hammaga tanish iqtisodiy va ma`muriy usullari ya`ni, eksportni imtiyozli kreditlash va sug’urtalash, eksportchilarni soliq to`lashdan qisman ozod qilish, eksportchilarga davlat tomonidan kompleks yordam berish va shunga o`xshash usullar bilan bir qatorda o`zgacha metodlardan ham keng foydalaniladi.

Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:



  • Xususiy banklar tomonidan beriladigan moliyaviy resurslarni maqsadli taqsimlash va ularni iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarida yo`naltirish;

  • Korxonalarga ilg’or xorijiy texnologiyalarni sotib olishda yordam berish;

  • Xorijiy davlatlar bilan ilmiy-texnika yutuqlari bilan almashishlarni nazorat qilish.

Fan, ishlab chiqarish va ilmiy texnika taraqqiyotini integratsiyalashning YAponiya modeli o`z ichida ITTKI va ilmtalab ishlab chiqarish qamrab olgan, umuman yangi texnopolis-shaharlarni yaratishga yo`naltirilgan

Texnopolislarni tashkil etish loyixasi - Yaponiya hukumatining “olti maqsadli” strategiya dasturining muhim bir yo`nalishidir. Uning asosiy maqsadi - texnologik sardorlar qatorida o`zining mustahkam joyini saqlab qolishdir. Loyixa markaziy va mahalliy organlar va akademik soha xodimlari tomonidan Yaponiya tashqi savdo va sanoat vazirligi tashabbusi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Yaponiya texnopolislari bo`yicha amerikalik mutaxassis SH.Tatsunoning yozishicha “texnopolislar strategiyasi - oliy texnologiya darajadagi regional markazlar tizimini rivojlantirish asosida faoliyatning yangi sohalariga yorib kirish strategiyasidir. Boshqacha qilib aytganda, bu-butun yapon xo`jaligini intellektuallashtirish strategiyasidir”.


Download 245.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling