Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va tajribalari
Rivojlangan Evropa mamlakatlarida innovatsion faoliyatni boshqarish
Download 245.92 Kb.
|
2 5301259145402387441
Rivojlangan Evropa mamlakatlarida innovatsion faoliyatni boshqarish.
Yuqorida ko`rsatilgan davlatlar Angliya, Frantsiya, Germaniya Evropa ittifoqi davlatlari orasida eng ilg’orlari hisoblanadi. Evropa ittifoqidagi davlatlar soni 20 dan oshib ketdi. Evropa ittifoqi mamlakatlarining xususiyatlari quyidagilardan iborat: tabiiy resurslarning, er va ish kuchining qimmatligi, yuqori darajada aholining zichligi, ishlab chiqarishning texnologik darajasining yuqoriligi, ma`lumot, madaniyat, tarixiy an`analarga nisbatan ijobiy munosabat, muhim oziq-ovqat mahsulotlarning bahosi davlat tomonidan nazorat qilinishi; ishlab chiqarishni boshqarishda xalqaro va Evropa standartlaridan foydalanish; mahsulotlarni sertifikatsiyalash; innovatsion faoliyatni idikativ rejalashtirish; xalq xo`jaligining ilm talab bo`lgan tarmoqlarining rivojlanishi, ishlab chiqarishni kontsentratsiya va kooperativlashtirish darajasining yuqoriligi. Buning natijasida ushbu davlatlarda hayot darajasining yuqoriligi. Evropa ittifoqi mamlakatlarida innovatsion faoliyatni faollashtirishga katta e`tibor berilmoqda. Evropa ittifoqida innovatsion siyosatning asosiy yo`nalishlariga quyidagilar kiradi: yagona antimonopol qonunchilikni ishlab chiqarish: dastgohlarning amortizatsiyasini tezlashtiruvchi sistemadan foydalanish; ITTKI imtiyozli soliqqa tortish; kichik ilmtalab biznesni rag’batlantirish; namunaviy texnologiyalar sohasi bo`yicha innovatsiyalarni davlat tomonidan to`g’ridan to`g’ri moliyalashtirish; universitet fani bilan ilmtalab mahsulotlarni ishlab chiqarilyotgan firmalarning hamkorligini rag’batlantirish. Evropa ittifoqi innovatsion faoliyatining asosini 1985 yilda qabul qilingan «Texnologiyalarni innovatsiya va almashishning xalqaro infratuzilmasini rivojlantirish rejasi» tashkil qiladi. Ushbu hujjatning asosiy maqsadi - milliy va undan yuqori darajada ilmiy tadqiqot natijalarini tayyor mahsulotga joriy qilish jarayonini tezlashtirish va oddiylashtirish, Evropa ittifoqida innovatsiyalarning tarqalishini qo`llab quvvatlashdan iborat. Ushbu rejaning quyidagi bo`limida, ya`ni «Innovatsiya sohasida davlatlararo kooperatsiya»da innovatsiyalarni boshqarish va texnologiyalarni almashish bo`yicha funktsional konsalting xizmatini tashkil qilish va faoliyat ko`rsatilishi rejalashtirilgan. Ikkinchi bo`limda yuqoridagi rejaning bajarilishi muvofiqlashtirib yoritilgan. Uchinchida-innovatsiya va texnologiyalar bo`yicha axborotlar almashish tizimini tuzish, patent tizimini, unifikatsiya va standartizatsiyalashni takomillashtirish masalalari, to`rtinchi bo`limda - past rivojlangan davlatlarning (Gretsiya, Irlandiya) innovatsion imkoniyatlarini ko`tarish bo`yicha tadbirlar yoritilgan. 1988 yildan boshlab Evropa ittifoqida ITTKI natijalarini tarqatish bo`yicha «VEL’YU» dasturi faoliyat ko`rsatmoqda. Evropa mamlakatlarining jahon yuqori texnologiya bozorlaridagi ulushining kamayishiga javoban quyidagilar qabul qilindi: EKSPRIT - 1984 yilda qabul qilingan, axborotlar tizimi texnologiyasi doirasida ilmiy tadqiqotlar Evropa strategik dasturi (250 ta kompaniya va 3 mingta tadqiqotchilar ishtirok etishadi). RASE-1985 yilda qabul qilingan, Evropada aloqaning ilg’or usullarini tadqiqot qilish dasturi. EVRIKA- Frantsiya tashabbusi bilan 1985 yilda qabul qilingan kompleks dastur. Uning maqsadi - Amerika va YAponiya korporatsiyalari tomonidan raqobatga qarshi tura oladigan, alyans yo`li bilan paydo bo`lgan yirik Evropa sanoat korxonalarini rag’batlantirish, Evropa ITTKIlarni 6 sohasi bo`yicha ishlarni tashkil etish va muvofiklashtirish: optronika; yangi materiallar; katta eHM, kuchli lazerlar; zarrachalarni tezlashtiruvchilar, sun`iy intellekt. Evrikaning oliy organi - ishtirokchi davlatlar vazirlari darajasida yiliga ikki marta bo`ladigan anjuman. Ishchi organi - 7 ta mutaxassisdan va 6 ta texnik xodimdan tashkil topgan, uning sekretariati Bryusselda joylashgan. Xususan, janubi-sharqiy Osiyoning yuragi bo’lmish Singapur innovatsion texnologiyalari, qator loyiha va g’oyalari bilan Osiyo mamlakatlari ichida peshqadamlikni qo’lga olgan kichik shahar-davlatdir. So’nggi paytlarda unga “innovatsiyalar markazi”, “yuqori texnologiyalar davlati” deya ta’rif berilmoqda. U mahalliy valyuta birjasi bo’yicha dunyoda to’rtinchi o’rinni egallaydi. Singapur elektronika, moliya va biotexnologiya sohasida faoliyat yurituvchi ko’plab yirik korxonalar makoni hamdir. Sog’lom iqtisodiy va investitsion siyosat tufayli mamlakat jadal rivojlanmoqda. Singapur hukumati mamlakat oldiga dunyodagi “eng aqlli millat” bo’lish maqsadini qo’ydi va bu borada innovatsion venchur tizimlarini rivojlantirish payida bo’ldi. Shuningdek, hukumat xorijlik iqtidorli olimlarni jalb etib, har bir sohada innovatsion infratuzilma rivojiga erishdi. Innovatsion loyihalarga sarmoya kiritishning qulay sharoitlari yaratildi. Natijada Singapur o’z oldiga qo’ygan maqsadga yetdi. Singapurlik olimlar izlanishda davom etishmoqda. Jumladan, foydalanuvchilar suratiga qarab ularning yoshini aniqlovchi yangi kompyuter algoritmi yaratildi. Mazkur algoritmdan turli maqsadlarda foydalanish mumkin, masalan, u internet foydalanuvchilari yoki tomoshabinga yoshini bilgan holda tegishli reklamani tarqatish, onlayn do’konlardan tamaki yoki alkogol mahsulotlari sotib olishni istagan xaridor yoshini aniqlab, shu asosda xizmat ko’rsatish imkoniyatlarini taqdim etadi. Shuningdek, haydovchisiz boshqariladigan mashinalar, jumladan, 2022 yildan amaliyotga keng joriy etilishi ko’zda tutilayotgan avtobuslar loyihasi ustida ham qizg’in faoliyat olib borilmoqda. Aytish kerakki, mamlakatda bugun transport infratuzilmasini yaxshilashga ko’maklashuvchi texnologiyani ishlab chiqish va sinash borasida 10 ga yaqin turli kompaniya shug’ullanmoqda. Singapur tibbiyot sohasida ham yuqori texnologiyalar asosida xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’ygan. Masalan, ushbu sohada qo’llanilayotgan yangi raqamli texnologiya — “aqlli monitor” patalogik to’qimalarning 3 o’lchamli tasvirlarini yaratish va yanada aniqroq tashxis qo’yishga xizmat qilmoqda. Mazkur qurilma shifokorlarga onkologik kasalliklarni optimal davolash imkoniyatini beradi. Innovatsion taraqqiyotga erishgan davlatlardan yana biri Janubiy Koreyadir. 2015 yil boshida u innovatsion taraqqiyot bo’yicha dunyoning 50 ta eng yetakchi davlatlari reytingida birinchi o’rinni egalladi. Bu yutuqda, ayniqsa, “Samsung” kompaniyasining hissasi katta. Janubiy Koreya yutuqlariga qaysi omillar sabab bo’lganini tahlil qilar ekanmiz, u avvalambor, yuksak rivojlangan xorij davlatlari tajribasini o’rganish orqali muvaffaqiyat poydevorini qo’yganini ko’ramiz. Shuningdek, Janubiy Koreyaning innovatsion rivojlanishida yirik korporatsiyalarning (chebollar) qo’llab-quvvatlanishi alohida ahamiyatga ega. Bugun dunyodagi ko’pgina davlatlar elektron hukumatni rivojlantirish uchun bir qancha kuch, moliyaviy resurs sarflaganiga qaramasdan, u keltiradigan foyda — vaqt va mablag’ning tejalishi kabi natijalarga erisha olmayapti. Biroq Janubiy Koreya bu borada ulkan muvaffaqiyatga erishgan. U BMTning elektron hukumat institutlarining hamda aholining davlat boshqaruvidagi elektron ishtirokining rivojlanganlik darajasi bo’yicha reytingida birinchi o’rinda turadi. Shuning uchun mamlakat tajribasi ko’plab tadqiqotchilar diqqat markazida bo’lib kelmoqda. Janubiy Koreyada hozir deyarli barcha davlat xaridlari veb-texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi — tenderlarning 93 foizi va onlayn-xaridlarning 99,6 foizi. Bugungi kunda tashqi savdoda eksport bo’yicha bojxona deklaratsiyalarini ko’rib chiqish uchun ketadigan vaqt 1 kundan 2 daqiqagacha, import bo’yicha esa 2,5 kundan 1,5 soatgacha qisqartirilgan. Bu esa yiliga 2,5 milliard dollar mablag’ni tejash imkonini bermoqda. Bundan tashqari, yaqinda Janubiy Koreya savdo, sanoat va energetika vaziri mamlakat hukumati 2030 yilgacha quyosh energiyasi ishlab chiqarishni 5 marotabaga oshirish rejasini ma’lum qildi. Dunyoda iqtisodi bo’yicha AQShdan keyingi — ikkinchi o’rinda turuvchi Xitoyda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishga qaratilgan islohotlar 1978 yilda boshlandi va davlatning kelgusidagi taraqqiyoti uchun g’oyat katta imkoniyatlar yaratildi. Aytish joizki, Xitoy ko’p sonli aholisi va arzon ishchi kuchi bilan bugungi darajasiga erishdi. Xitoy ham Yaponiya kabi chet eldan patentlar, litsenziyalar xarididan boshlab zamonaviy sanoat tarmog’ini shakllantirishga muvaffaq bo’ldi. Mamlakatda innovatsion iqtisodiyotga o’tish rejasi bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Bugungi kunda Xitoyda bozor iqtisodi, uning mexanizmlari tobora rivojlanmoqda va takomillashmoqda, bozor raqobati va hamkorligi muhiti kuchaymoqda. Korxonalar hamkorlik va mehnatni taqsimlash muammolariga tobora ko’proq ahamiyat bermoqda. «Ishlab chiqarish — universitet faoliyati — ilmiy izlanishlar» zanjiriga asoslangan hamkorlik ko’lami kengaymoqda. Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) shafeligi ostida tayyorlangan «Global innovatsiya indeksi —2016» hisobotida eng yuqori reytingga ega 25 davlat guruhidan Xitoy ham joy oldi. Xitoy Global innovatsiya indeksini o’zgarishsiz boshqarib kelayotgan eng rivojlangan davlatlar guruhidan o’rin olgan birinchi o’rtacha daromadli davlatga aylandi. Xitoy innovatsion rivojlangan mamlakatga aylanmoqda. Buning isbotini an’anaviy sanoat o’rnini tobora egallayotgan yangi texnika va texnologiyalar tasdiqlaydi. Qurilmalarni internet orqali boshqarish ham xitoyliklar uchun cho’t emas. Bunday gajetlarni ishlab chiqish bo’yicha “Huawei” ishonchlilik darajasi bo’yicha “Samsung” va “Apple” kompaniyalarini ham ortda qoldirdi.
Download 245.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling