Innovatsion iqtisodiyotni samarali boshqarish va uni moliyalashtirish


Download 227.24 Kb.
bet3/8
Sana02.12.2023
Hajmi227.24 Kb.
#1780847
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyotni 23fayllar.org

1-jadval.



Yangi mahsulotning muvaffaqiyat omillari.


Muvaffaqiyat omili

%

Mahsulotning bozor talabiga moslashganligi

8

Mahsulotning firma imkoniyatlariga muvofiqligi

5

Mahsulotning texnologik ustunliklari

6

Yangi mahsulotlarning firma rahbariyati tomonidan qo’llab-quvvatlanishi

2

Yangi modellar tanlashda baholash jarayonlaridan foydalanish

5

Qulay raqobat muhiti

2



1-jadval ma‘lumotlaridan kelib chiqadiki, asosiy muvaffaqiyat omili mahsulotning bozor talablariga moslashganligi hisoblanadi. Bu innovatsion marketingning asosiy kompetensiyasi hisoblanadi.
Innovatsion marketing texnologiyalarining o’ziga xos xususiyati shundaki, ular jismoniy jihatdan mavjud mahsulot bilan emas, balki uning ishlab chiqarilayotgan konsepsiyasi bilan ishlaydilar. Bu esa an‘anaviy marketingdan farqli ravishda, marketing tadqiqotlari o’tkazishda katta qiyinchiliklar yuzaga keltiradi. Innovatsion marketing innovatsiyalar bozori konyunkturasini o’rganish, innovatsion loyihani biznesloyihalashtirish, uni amalga oshirishdan tortib innovatsiyalarni bozorga harakatlantirish, innovatsiyalar diffuziyasi va daromad olishgacha bo’lgan butun innovatsion siklning tizimli integratsiyasini ifodalaydi.
Innovatsion marketing ob‘ekti intelektual mulk, yangi materiallar va tarkibiy qismlar, yangi mahsulotlar, yangi jarayonlar, yangi bozorlar, tovar va xizmatlarni siljitish yangi usullari, boshqaruvning yangicha tashkiliy shakllari hisoblanadi. Innovatsiyalar yaratish mamlakatimizda doimo muhim ahamiyatga ega bo’lib kelgan. Biroq bugungi kunga kelib, raqobat kurashida innovatsiyalar ishlab chiqarishni emas, ularni amaliy qo’llashni tashkillashtirishdan iboratdir. Korxonalarda innovatsion marketingni iste‘molchilar xulq-atvorini o’rganishda turli strategiyalardan foydalanish talab etiladi, ya‘ni o’zaro munosabatlar marketing, ijtimoiy marketing, B2B, B2C, xolistik marketing, ―yashil‖ marketing, geomarketing, tarmoq marketing, taassurotlar marketinggi, neyromarketing strategiyalari kabi turlardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.Bu innovatsion marketing strategiyasi turlaridan mamlakatimiz korxonalarda, ularning yangi mahsulot ishlab chiqarishida hamda xizmat ko’rsatishida yangi bozor segmentlarini o’zlashtirishda, korxonaning raqobatli ustunligini yaratishda samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Korxonalar faoliyatida innovatsion marketing strategiyalaridan samarali foydalanish orqali yangi xizmatlar to’rini yanada kengaytirish, ushbu xizmatlar bilan nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham yangi xizmat ko’rsatish turlarini ko’rsatish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ―Innovatsion marketing‖ – marketing faoliyatidagi yangi paydo bo’lgan yo’nalish hisoblanib, innovatsion mahsulot va xizmatlarni shakllantirishda ishlab chiqarish texnologiyalarni joriy qilish hamda ushbu innovatsion g’oyani tijoratga tayyorlashni amalga oshiradi. U korxonaga innovatsion mahsulotni maksimal samara bilan joriy qilish imkonini beradigan usul va vositalar majmuidan foydalanadi. Innovatsion marketing texnologiyalarini o’z vaqtida qo’llash innovatsion ishlab chiqish bilan bog’liq risklarni pasaytiradi, chunki ular potensial talabni baholash, maqsadli bozor segmentini aniqlash va ishlanmalarini davom ettirish kerakmi, ular kutilgan samarani beradimi degan savollarga javob berishga imkon yaratadi. Xizmat ko’rsatishda esa “innovatsion marketing”, ayirboshlash natijasida yangiliklarga bo’lgan ehtiyojni qondirish orqali foyda olishga yo’naltirilgan inson faoliyati majmui hisoblanadi. Bu faoliyat yangiliklarga ehtiyojni aniqlashdan tortib yangi innovatsion xizmatlarni yaratish, bozorga kirib borish, xizmatlarning hayotiylik davri, amaliyotda qo’llash, innovatsion xizmatlarni sotib olish uchun xaridorlarni qiziqishini orttirish, yangiliklarga bo’lgan talabni va ularni yaratilish istiqbollarini aniqlash kabi vazifalarni o’z ichiga oladi. Xizmat ko’rsatish innovatsiyasi va xizmatlar innovatsiyasi ilm-fan va amaliyotga etarli darajada qo’llanilmagan keng tushunchali atamadir. Innovatsion mahsulotdan innovatsion xizmatning farqli belgilaridan beri, innovatsion xizmat yangilik bozordagi muvaffaqiyati tegishli texnik bilimlarni amalga oshirish jarayonini kamroq talab qiladi. Innovatsion xizmatni tijoratlashtirishda texnikaga nisbatan ko’proq iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi jarayonlarni qamrab oladi. Yuqoridagi ko’rib o’tilgan olim va mutaxassislarning innovatsion marketinga bergan ta‘rif va tavsiflarini tahlil qilar ekanmiz, ular tomonidan asosan innovatsion mahsulotni bozorga siljitish bilan bog’liq marketing faoliyati nuqtai nazaridan yondashilganligini guvohi bo’lamiz. Lekin, ularni fikricha biz, marketingni iqtisodiy faoliyat sifatida o’zini olib ko’radigan bo’lsak, unda qo’llaniladigan yangi vosita va usullar ham innovatsion faoliyat bo’lib yuzaga chiqadi. Bundan kelib chiqib, innovatsion marketingga quyidagicha mualliflik tarifini keltirishni lozim topdik.

Download 227.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling