Innovatsion iqtisodiyotning umumiy asoslari


Download 352.13 Kb.
bet1/5
Sana11.03.2023
Hajmi352.13 Kb.
#1260818
  1   2   3   4   5
Bog'liq
innovatsion iqtisodiyotning umumiy asoslari







Innovatsion iqtisodiyotning umumiy asoslari.







Tayanch iboralar:
Innovatsiya,
mahsulot innovatsiyasi, jarayon innovatsiyasi,
davriy innovatsiya, buzuvchi innovatsiya, innovatsion rivojlanish strategiyalari

Asosiy tushuncha va atamalar:
Innovatsiyaviy nazariyani asosiy rivojlanish bosqichi V.Zombart, V.Mitcherlix, J.Shumpeter ishlariga to‘g‘ri kelgan. Innovatsiyalar nazariyasini shakllanishi va rivojlanishiga avstriyalik olim J.Shumpeter katta hissa qo‘shgan.


Innovatsiaga oid iboralar.
I nnovatsiya – aholi yoki о‘z extiyojlarini qondirish uchun yaratilgan yangi yoki takomillashtirilgan texnologiya yoki mahsulot, yangi xizmatlar turi, yangi tashkiliy-texnik yechimlar.


Innovatsiya" so'zi lotincha innovationem so'zidan kelib chiqqan bo’lib - "o'zgartirish yoki modernizatsiya qilish" ma'nosini anglatuvchi innovare fe'lidan olingan. Shunday qilib, innovatsiyalarning markaziyligi va ahamiyati yangilanish bilan bog'liq. Bunday yangilanish faqatgina odamlar qaror qabul qilish uslubini o'zgartira oladigan, standart usullardan voz kechadigan va mavjud me'yor va qoidalar doirasidan tashqarida tanlov qilishni o'rgangan taqdirdagina bo'lishi mumkin. Olimlar, iqtisodiy tarixchilar, iqtisodchilar hamda siyosatchilar har Doim turli mamlakatlarning Iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarga qiziqish bildirishgan. Ularning bu sohadagi bahs-munozaralarida texnologiyaning o‘rni doimo ustun bo‘lib kelgan. Iqtisodiy rivojlanishning sabablari va
omillarini tahlil qilish davomida, zamonaviy innovatsion iqtisodiy rivojlanish nazariyalari ilk bor XIX asrning o‘rtalaridan boshlanadi. Bular faqat taxminlar edi xolos. 1847-yilda ingliz olimi X. Klark 1793-1847-yillardagi urush o‘rtasida 54 yil o‘tganligini payqadi. Dastlab u bu oraliq tasodifiy emasligini va bunday falokatlarning ma’lum bir sabablari bo‘lishi kerakligini aytadi. Rus iqtisodchisi N.D.Kondratyev dastlab iqtisodiy muhitning uzoq to‘lqinlari muammosiga qiziqib qoldi va ular doirasida innovatsion jarayonlarni tadqiq qildi. N.D.Kondratyev siklli inqirozlarni endogen xarakterga ega bo‘lgan uzoq to‘lqinlar o‘rtasida doimiy bog‘liqlik borligini taklif qildi va keyinchalik isbotlab beradi. N.D.Kondratyev birinchi bo‘lib uzoq to‘lqinlar qonunlari va iqtisodiyotning ish to‘lqinlari sikllari ta’sirining butun tizim ta’siriga ko‘ra iqtisodiyot harakatining ob’ektiv mohiyatini ko‘rsatdi Torshteyn Veblen 1915-yilda mamlakatlarning iqtisodiy nisbiy holatini taqqosladi va dastlabki sanoat yutuqlari bilan bog‘liq kamchiliklarni tahlil qildi N.D.Kondratyev nazariyasining asosini ilmiy-texniktaraqqiyotning shakllari nuqtai nazaridan, barcha zamonaviy innovatsion konsepsiyalarning asoschisi hisoblangan avstriyalik iqtisodchi J. Shumpeterning uzoq to‘lqinlarning innovatsion nazariyasi tashkil qiladi. Ijtimoiy fanlarning dastlabki davrlarida u iqtisodiy, sotsiologik va tarixiy g‘oyalarni birlashtirib, uzoq muddatli iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘rganishda yuqori darajadagi o‘ziga xos yondashuvni


Download 352.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling