Innovatsion jarayonning mohiyati va shakllari
Innovatsion jarayon modellari
Download 31.55 Kb.
|
inn.iqt 2
2.Innovatsion jarayon modellariInnovatsion jarayonlarni tadqiq qilishning zamonaviy uslubiyoti quyidagi uch gipotezaga asoslanadi: “texnolgik turtki” gipotezasi (fandan-bozorga); “bozor talabi bosimi” gipotezasi (bozor ehtiyojlaridan-fanga); “interfaol model” gipotezasi (yuqoridagi ikki modelni o‘ziga oluvchi dual model). Yuqorida sanab o‘tilgan uch xil yondashuvni atroflicha ko‘rib chiqamiz. “Texnologik turtki” gipotezasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: ilmiy g‘oyani amaliyotdan (bozordan) mustaqil ravishda rivojlantirish, bu esa avvaldan ko‘zda tutilgan ilmiy paradigmalarning obyektiv ravishda o‘zgarishini ko‘zda tutadi; iqtisodiy muhit (bozor ehtiyojlari) va ilmiy-texnologik taraqqiyot o‘rtasidagi teskari aloqalar unchalik ham ahamiyatga ega emas. Ushbu gipoteza doirasida innovatsion jarayon g‘oyaning fundamental, amaliy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlanmalar, marketing, ishlab chiqarish va nihoyat, sotish orqali bosqichma-bosqich tijoriy mahsulotga aylanish jarayoni sifatida qaraladi. Ilmiy g‘oyani amalga oshirish bosqichlarining bunday qat’iy ketma-ketligi innovatsion jarayonning chiziqli modeli bilan tavsiflanadi. Ushbu modelga asoslanib ishlab chiqilgan fundamental g‘oyalar innovatsiyalarning yaratilishi va ularning keyinchalik tijoratlashuviga asos bo‘lib xizmat qiluvchi amaliy tadqiqotlarda o‘z ifodasini topadi. Ushbu model to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiziqli munosabatlarni o‘rnatadi: qancha ko‘p fundamental tadqiqotlar bo‘lsa shuncha ko‘p amaliy tadqiqotlar amalga oshadi, qancha ko‘p innovatsiyalar yaratilsa, shuncha ko‘p ilg‘or texnologiyalar amaliyotga joriy etiladi. “ITTKI larga qancha ko‘p kapital qo‘yilmalar kiritilsa, shuncha ko‘p yangi mahsulotlar yaratiladi” - degan tamoyilga amal qilgan holda, kompaniyalar birinchi navbatda ilmiy yutuqlarga asosiy e’tiborni qaratadilar. Ushbu strategiya “umidlar strategiyasi” deb, nom olgan. Bu strategiyaning asosini: “Eng yaxshi odamlarni yollang, ularni eng yaxshi resurslar bilan ta’minlang va ularni yolg‘iz qoldiring” - g‘oyasi tashkil etadi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ilm-fan va yangi texnologiyalar taraqqiyoti jamiyatda mavjud muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday yondashuv taklifning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishida, ya’ni universitetlar va davlat laboratoriyalaridagi ilmiy ishlanmalarni rag‘batlantirishda, shuningdek, korxonalarda asosiy ilmiy-tadqiqot dasturlari uchun malakali ishchi kuchini etkazib berishda va kompaniyalardagi eng muhim ITTKI lari dasturlarining hukumat tomonidan doimiy qo‘llab- quvvatlanishida o‘z ifodasini topadi. Rivojlangan davlatlar amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, fundamental tadqiqotlardan natijalarni tijoratlashtirishgacha bo‘lgan jarayonlarning “o‘z holicha oqimi” samarasiz bo‘lib, bugungi kunda jarayonlarni bunday tartibda amalga oshirish qiyin ishdir. Chiziqli modelga xos bo‘lgan ziddiyat shundan iboratki, u atrof-muhitning (bozorning) ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar bilan bog‘liq voqealarning rivojiga ta’sirini hisobga olmaydi va umuman olganda fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi munosabatlarning murakkabligini ifoda eta olmaydi. Bundan tashqari mazkur modelda iste’molchi va uning ehtiyojlari nazoratdan chetda qolib ketganligini ham e’tiborga olish lozim. Chunki, innovatsiyalar xar doim ham fundamental tadqiqotlar va ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida amalga oshavermaydi. Bozor ehtiyojlari innovatsiyalarga juda katta hisoblanmaydi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, innovatsiyalarning kelib chiqish manbalari quyidagicha: 60% innovatsiyalarning manbai bozor, ya’ni uni mijoz belgilab beradi; 25 % innovatsiyalarning manbai texnologiyalar hisoblansa; 15% innovatsiyalar noaniq manbalardan masalan firmaning ichki manbaidan yoki ixtirolar hisoblanadi. Ushbu holat, innovatsion jarayonlarning sababini tushuntirib beruvchi – “bozor talabining bosimi” ruhiga yo‘g‘rilgan innovatsion jarayon modelini ifoda etuvchi ikkinchi farazning qay darajada ahamiyatli ekanligini ko‘rsatib beradi. Ushbu faraz iqtisodiyotning innovatsion salohiyatining o‘sishini bozor talablari bilan bog‘laydi. Bu o‘rinda milliy va jahon iqtisodiyotining iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan bozorning ma’lum bir ehtiyoj va talablari ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bu erda ustuvorlik milliy va jahon iqtisodiyotini iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalariga bog‘liq holda o‘ziga hos bozor ta’lablaridan kelib chiqadi. Ushbu tendentsiyalarga ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga bo‘lgan ehtiyojlarni, raqobat kurashining avj olishi va buning natijasida “bozorda o‘z ulushiga ega bo‘lish uchun kurashning kuchayishi, marketingga bo‘lgan katta qiziqishni uyg‘onishi, yangi mahsulotni bozorga chiqarish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirish zaruriyati kabilarni kiritishimiz mumkin. Shu sababli, talabning ortishi ishlab chiqarish hajmini keskin ko‘paytirishni talab etgan hollarda, innovatsiyalar ishlab chiqarishga faol joriy etila boshlaydi. Ikkinchi farazga muvofiq, iqtisodiy shart-sharoitlar, birinchi navbatda, bozor omillari innovatsion faoliyatni amalga oshirishga undovchi muhim omil hisoblanadi. Bunda innovatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy samarani hamisha ham yangilik yaratgan subyektlar emas, balki uni amalda qo‘llagan yoki unga nisbatan mulk huquqi mavjud bo‘lganlar olishlari mumkin. Asta-sekinlik bilan kompaniyada o‘zaro ta’sirlashuv jarayonlarining ikki muhim ko‘rinishi, ya’ni bir tomondan texnologik imkoniyatlar, boshqa bir tomondan esa bozor ta’lablarini ifoda etuvchi texnologiyalarning turtkisi va bozor bosimi strategiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion jarayonning interaktiv modeli texnologik taraqqiyot va bozor potentsialining o‘ziga xos mantig‘i innovatsion g‘oyalarning manbai ekanligini ko‘rsatuvchi innovatsion jarayonlarning tobora murakkab, chiziqli bo‘lmagan tavsifga ega bo‘lib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Bu esa innovatsiyalar ilmiy-tadqiqotlar bosqichini chetlab o‘tgan holda ham yaratilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Qachonki biror-bir g‘oya paydo bo‘lsa, uni amalga oshirish borasida kontseptsiya ishlab chiqilib, so‘ngra uning namunaviy ishlanmasi yaratiladi. Bu fundamental va amaliy tadqiqotlar ahamiyatini kamaytirmaydi, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni hayotga izchil joriy etish borasida muammolar paydo bo‘lsa, fundamental va amaliy tadqiqotlarga murojaat qilinadi. Bunda dastlab amaliy tadqiqotlar natijalari tahlil qilinadi va agar ular muammoni hal qilish imkonini bermasa, fundamental tadqiqotlar amalga oshiriladi. Bundan tashqari, yangi g‘oyalar innovatsion jarayonning: loyihalash, ishlab chiqish va marketing bosqichlarida bir vaqtning o‘zida yaralishi va ishlab chiqilishi ham mumkin. Ushbu holatda korxona ichki funktsiyalarni muvaffaqiyatli tarzda birlashtirgan va ilmiy-texnologik hamjamiyat va bozor bilan keng qamrovli aloqalarni yo‘lga qo‘ygan ochiq tizimni ifoda etadi. Chiziqsiz (interfaol) modelning chiziqli modeldan farq qiluvchi asosiy jihatlari quyidagilardan iborat: Download 31.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling