Innovatsion menejmentning funksiyalari va usullari


Innovastion davr bosqichlari bo‘yicha ITTKI ga xarajatlarning tuzilishi


Download 306.62 Kb.
bet2/4
Sana06.04.2023
Hajmi306.62 Kb.
#1333420
1   2   3   4
Bog'liq
ppt1

Innovastion davr bosqichlari bo‘yicha ITTKI ga xarajatlarning tuzilishi
- tashqi va ichki muhit omillari;
- ITTKI, yangi tеxnologiyalar, mahsulotning yangi namunalari;
- moliyaviy holat va moliyaviy imkoniyatlar va boshqalar.
- ishlab chiqarish imkoniyatlari va ishlab chiqarish apparatining holati;
Rеjalashtirish jarayoni quyidagilarning tahlilidan tashkil topadi:
ITTKI bosqichlari bo‘yicha o‘rtacha statistik xarajatlar tahlilidan kelib chiqishga, yangi namunani ishlab
chiqishni hujjatli va tashkiliy-texnologik ta’minlash eng katta ulushni tashkil qiladi. Bu texnik-texnologik
yangiliklarning o‘sib boruvchi ta’siri va zamonaviy firmalarning shaxsiy ilmiy boshlanish va ITTKIning
rivojlangan tarmog‘iga ega bo‘lishga intilishlari haqidagi fikrni yuzaga keltiradi.
Korxonaning ushbu uchastkasidagi etarlicha bo‘lmagan faolligi xorijdagi yirik sanoat kompaniyalari
rahbarligi ta’minlamaganligidan kelib chiqadi. Masalan, 1999 yilda 500 yirik TMK rahbarlaridan faqat 3,4 %
firmalari yetarlicha shaxsiy ilmiy-texnik boshlanmagan egaligini ta’kidlagan, 32,8 % uning etarlicha emasligi,
34,8 % esa shaxsiy ilmiy tadqiqotlar va yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga ega emasliklarini aytganlar
Kompaniyada ilmiy boshlanishlarni yaratish va ishlab chiqarishning yangilanishini ilmiy ta’minlashning
har bir varianti muqobil asosda ko‘rib chiqiladi va quyidagilarni hisobga oluvchi aniq vaziyatga asoslanadi:
- yangilikning ta’rifi;
- uning faoliyat sohasiga mos kelishi;
- yangilik yashash davrining xususiyatlari va bosqichlari;
- innovastion infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi;
- moliyaviy, moddiy va axborot resurslari bilan ta’minlanganligi;
- xodimlarning malakasi, kasbiy ko‘nikmalari va texnik tajribasi;
- ishlab chiqarish tizimlarining texnik-tashkiliy darajasi;
- firmalarning sohaviy tegishliligi va hokazo.
Yangi tashkiliy tuzilmalar va ITTKIni boshqarishning yangi usullarini yaratish ilmiy tadqiqot va
konstruktorlik bo‘linmalari tizimi faoliyatini takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, agar an’anaviy
korxonaga matristali, divizion yoki tarmoqli tuzilmalar doirasida yangiliklarni ishlab chiqishning chiziqli –
izchil ishlab chiqilishi xos bo‘lsa, u holda zamonaviy korxonalarda ITTKIni boshqarishga loyihaviy yondashuv
muvaqqat maqsadli loyihaviy guruhlarni boshqarish tizimi yoki yirik korporastiyalar doirasida innovastion
venchurli bo‘linmalarni tashkil qilish ustuvorlik qiladi.
ITTKIning sifati va samaradorligiga rahbarlikning undovchi sabablarini pasaytiruvchi,
kommunikastiyalar va yangiliklarni ishlab chiqish va tatbiq etishga mas’ul bo‘lgan turli vazifaviy bo‘linmalar harakati muvofiqlashganligini yomonlashtiruvchi sof ma’muriy usullarning ustunligi ta’sir ko‘rsatadi. Loyihali boshqaruv usullarini qo‘llash, muvaqqat loyiha jamoalarini va firma ichidagi venchurlarni tashkil etish yirik kompaniyalardagi innovastion jarayonni takomillashtiradi.
Yangilanishning samaradorligiga innovastion faoliyatning turli omillari: innovastiya mahsulotining sifati, qo‘llanilayotgan texnologik qarorlarning sifati va loyihani amalga oshirishning tashkiliy-texnik sharoitlari ta’rifi ta’sir ko‘rsatadi. Buyumning texnik darajasi, uning texnologiyaliligi, resursni iste’mol qilishi, unifikastiyalanganlik va standartlashtirilganlik darajasi, eski va yangi modellarning qiyosiy texnik-iqtisodiy
samaradorligi o‘zlashtirilayotgan buyum yoki yangi mahsulot sifatini belgilab beruvchi omillar hisoblanadi.

Download 306.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling