Innovatsion pedagogik jarayonga tadbiq etish bosqichlari


Pedagogik texnologiyaning tasnifi, qonuniyatlari, tamoyillari va mezonlari. Ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish asoslari


Download 150 Kb.
bet2/7
Sana11.05.2023
Hajmi150 Kb.
#1452766
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
INNOVATSION PEDAGOGIK JARAYONGA TADBIQ ETISH BOSQICHLARI

Pedagogik texnologiyaning tasnifi, qonuniyatlari, tamoyillari va mezonlari. Ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish asoslari.
Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng ko‘lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda talabaga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi.
Ta’lim tizimida innovatsion uslublarni ishlab chiqishning zaruriyati
Hozirgi sharoitda innovatsion faollik oliy ta’limning ham mazmun hamda tashkiliy tuzilmaviy jihatdan qayta ishlab chiqish bilan bevosita bog‘liq. Bu jarayonlarning asosi bo‘lib oxirgi uch, o‘n yillikda pedagogik ta’lim nazariyasini tezkor ishlab chiqilishi bo‘ldi. (A.A.Abdulina, Ye.V.Bondarevskaya, V.I.Zagvyazinskiy, V.S.Ilin, N.M.Kan-Kalik, V.A.Slastenin va b.q)
Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Oxirgi o‘n yillikda pedagogik innovatikani nazariy asoslari ishlab chiqilyapti. Ayniqsa, K.Anglovskiy M.V. Klarin, V.Ya.Lyaudis, M.N.Potaщnik, S.D.Polyakov, T.I.Shamova,
O.T.Xomeriki, N.R.Yusupbekova, V.A.Slastenin va b.q.larning ishlarida pedagogik professionalizmni rivojlantirishning o‘ziga xos tomonlarini aniqlash va oliy ta’limda o‘qitish jarayonida bo‘lg‘usi o‘qituvchining innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning bahs mavzusi bo‘lib qolmoqda.
Shaxsiy yo‘nalishli ta’lim konsepsiyasi madaniy-tarixiy va faoliyatli yondashuvga asoslanadi (L.S.Vыgotskiy, A.A.Leontev, D.B.Elkonin, E.V.Ilenko, V.V.Davыdov, G.P.Shedrovitskiy, A.G.Asmolov) va bugungi kunda umummetodologik jihatdan V.V.Serikov, V.G.Sukerman, V.P.Zinchenko, L.N.Kulikovlarning ishlari alohida ahamiyatga molik. Tashkiliy-boshqaruv darajasida ushbu muammo bilan M.N.Kostikov, V.A.Boltovlar shug‘ullangan. Ushbu konsepsiyaning yetakchi g‘oyalaridan biri pedagogik ta’limda predmetli tayyorlashning roli va o‘rnini anglab yetish, predmetlarni o‘zlashtirish bilan asosiy e’tibor o‘quvchilarni rivojlantirish vositasi sifatida predmetni o‘qitishga asosiy maqsad qaratiladi.
Ushbu konsepsiyaning boshqa bir g‘oyasi o‘quv shakllarini konstruksiyalash bilan bog‘liq bo‘lib, bunda ta’lim jarayoni yagona jarayon sifatida qaraladi, (xususiy o‘quv faoliyati) unda materialni anglab yetish va tadqiqot ishi birgalikda bo‘lg‘usi pedagogning shaxsiy pedagogik pozitsiyasi bo‘lib shakllanadi. Mazkur yondashuvda asosiy talablar quyidagi izchillikda: shaxs o‘zi uchun va boshqalar uchun ham asosiy boylik bo‘lib, bunda ta’lim-oliy ta’limdagi yaxlit pedagogik jarayon sifatida yo‘naltirilgan shaxsni o‘zgartirishga qaratilgan jarayondir.
Bunday ta’limning bosh natijasi egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar emas, balki shaxs o‘sishiga qobiliyat, empatik o‘zaro munosabatlar va shaxsiy samaradorlikka qaratilgan yuqori ijtimoiy faollik tushuniladi. Hayotiy kelajakni amalga oshirish uchun inson ongli tarzda qayta o‘z-o‘zini faoliyatini yo‘lga qo‘yadi va buning uchun ta’lim jarayoni imkoniyatlaridan foydalanadi. Ayniqsa, bu jarayon talaba yoshi davri, yoshlik davri ayni ushbu jarayonni yo‘lga qo‘yish uchun muhim bosqich davri hisoblanadi. Ushbu konsepsiyaning keyingi g‘oyasi
pedagogik sub’ektivlikni rivojlanishi bilan bog‘liq: talaba “o‘rganuvchi”, “o‘quvchi”, “o‘qitadigan” pozitsiya orqali o‘tadi.
Agar oliy o‘quv yurti “o‘qish joyi va vaqti emas, balki yigit va qizlarni katta bo‘lish maydoni”(D.B.Elkonin) deb qaralsa, u holda ushbu oliy o‘quv yurtidagi pedagogik jarayon uni amalga oshirish orqali ta’lim olayotgan talabaning o‘z-o‘zini rivojlantirishini faollashtiruvchi, hech bir narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan pedagogik jarayonni ijodiy-o‘zini qayta qurish sub’ekti ham talaba, ham pedagog uchun imkoniyatlar hisoblanadi.
O‘qituvchi faoliyati ham o‘zgaradi: “usta” ishlari orqali bilimlarini pedagogik texnologiya asosida yetkazishdan, talabalarda pedagogik qobiliyatni shakllantirish maqsadida birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi “maslahatchi” pozitsiyada talabalar bilan birgalikda uning kelajak kasbiy faoliyatini loyihalovchiga aylanadi. Shunga ko‘ra integrativ ta’lim texnologiyalarini yo‘lga qo‘yish dolzarb bo‘lib qoladi.
Ushbu masalada ta’limni loyihalash bilan shug‘ullanuvchi muammolar instituti bugungi kundagi dolzarb masalada yetakchilik qilmog‘i zarur. Bundan tashqari oliy ta’limda har bir fanlarni o‘qitish sohasida pedagogika va psixologiya fanlari bloki tezkor texnologik izlanishlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanishlari kerak.
Pedagogik ta’lim amalga oshirishining tashkiliy-tuzilmaviy modeli haqida alohida to‘xtalish kerakligi e’tiborga loyiq. Bular: kichik darajadagi, ko‘p bosqichli va ko‘p darajadagi modellarga qaratilishidan iborat. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har bir model mustaqil yaxlit ta’lim sifatida qaralib, ular o‘zlarining jilg‘alariga ega bo‘lib, aniq ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy xolatlar bilan bevosita bog‘liq.
Kichik darajadagi tizim – bu oliy ta’limdagi an’anaviy tizim hisoblanib, u qat’iy hisoblanib, bunda tor mutaxassislar tayyorlanib, ta’lim jarayonida o‘qitish variantlarini tanlash imkoniyati mavjud emas. Qabul qilingan 1998yildagi DTS da variativ qismi kiritilgan bo‘lsada, lekin bu tizim ham baribir shaxs tanlash imkoniyatlarini chagaralaydi.
Ko‘p bosqichli tizimda o‘rta maxsus ta’lim tizimi asosida oliy ta’lim olish uchun imkoniyatlar mavjud bo‘lib, o‘zaro bog‘lovchi o‘quv rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu tizim ixcham hisoblanib, bitiruvchilarni uchinchi kursga qabul qilish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar kelib chiqadi: qaysi mablag‘ asosida o‘qitish, birinchi o‘rinda pedagogika bilim yurti va pedagogika kollejlarida talabalarni egallagan bilimlari sifati masalasi turlicha gumon uyg‘otadi. 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunga muvofiq oliy ta’limning ko‘p
bosqichli tizimi yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’limning ko‘p bosqichli tizimini ishlab chiqish va joriy etishni kuchli innovatsion jarayon sifatida belgilash mumkin. Ushbu masalada G‘arbiy Yevropa mamlakatlari tajribasi har tomonlama tahlil etilib, baho berildi va O‘zbekiston Respublikasi sharoitida o‘zimizning mentalitetimizdan kelib chiqib, oliy ta’limning o‘ziga xos ko‘p bosqichli tizimi yaratildi.
Oliy pedagogik ta’limni ko‘p bosqichli mazmuni bizning sharoitimizda ikki darajali
Maʼlumki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda taʼlim tizimini rivojlantirish, kadrlarni malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash sohasi tubdan isloh qilinmoqda. Uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan toʻla xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak maʼnaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimini yaratishga alohida eʼtibor qaratilyapti.
Bunda innovatsiyalar, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish, shu boʻyicha zarur huquqiy mexanizmlarni yaratishga ustuvor yoʻnalish sifatida qaralayotgani muhimdir.
Shular asosida, oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash hamda attestatsiyadan oʻtkazish tizimi yana-da takomillashtirilmoqda, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim bosqichiga qator yangiliklar tatbiq etilayotir. Shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarining sifati, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish boʻyicha zamon talablari asosida muayyan ishlar olib borilyapti.
Yurtimizda yuridik kadrlar tayyorlash sohasiga ham aynan mana shunday progressiv nuqtai-nazar bilan yondashilayotgani yaqin kelajakda oʻzining yorqin samaralarini berishi shubhasiz. Zero, shu boʻyicha qabul qilinayotgan Farmon va qarorlar, boshqa huquqiy hujjatlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning yuksak talablari va zamonaviy xalqaro standartlariga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab berilmoqda. Ularning ijrosi esa soʻzsiz va izchil taʼminlanyapti. 
Biroq mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar shu bilan bir joyda turib qolishi kerak emas, balki u jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hamohang tarzda rivojlanib borishi darkor. Oʻzbekistonda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va huquqiy siyosatning mazmun-mohiyatini aniqlashtirish, uning maqsad hamda vazifalarini islohotlarning bugungi taraqqiyoti asosida shakllantirib borish zarur. Inson manfaatlarini taʼminlashning strategik jihatdan yangi vositalar bilan bir qatorda, ham taktik xususiyatga ega boʻlgan ilgʻor usullarni qoʻllash,shaxs hamda jamiyat manfaatlarini yana-da samaraliroq himoya qilish, korrupsiyani oldini olishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida bu boradagi aniq “yoʻl xaritasi“ chizib berildi. Ushbu muhim hujjat 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining vazifalariga muvofiq, shuningdek, yuridik kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro standartlarni hisobga olgan holda yana-da takomillashtirish, Toshkent davlat yuridik universitetida oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy qilish, yoshlarning oliy yuridik taʼlim olishlariga keng imkoniyatlar yaratishni taʼminlash maqsadida amaliyotga joriy etildi.
Shu asosda professor-oʻqituvchilar tarkibini yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega mutaxassislar bilan mustahkamlash, amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarni taʼlim jarayoniga keng jalb etilmoqda. Talabalarning mustaqil tayyorgarligini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda nazariy mashgʻulotlar yana-da optimallashtirildi, ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, yuristda tahliliy fikrlash va kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan oʻquv rejasi, dastur va oʻquv-metodik materiallar oʻquv jarayonida qoʻllanilyapti.
Modul tizimi va oʻqitishning innovatsion metodlarini rivojlantirish, oʻquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash, talabalar, oʻqituvchilar va yosh tadqiqotchilarni global axborot-huquqiy va taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, amaliyot, stajirovka oʻtish tartibini takomillashtirish, shuningdek, klinik taʼlimni joriy etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlar fondini, oʻqitishning texnik vositalari, shuningdek, global axborot-huquqiy va taʼlim resurslarini muntazam yangilanayotir. Yetakchi xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar, qolaversa, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura bilan faol hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.Shunga uygʻun tarzda davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida taʼlim tizimini chuqur isloh qilishga doir vazifalar koʻrsatib oʻtildi, ularni amalga oshirish yoʻllari oʻrtaga tashlandi.Bu bevosita pedagogik faoliyatni zamon talablaridan kelib chiqib, yoʻlga qoʻyish masalasiga ham daxldordir.
Zero, bugun taʼlim muassasalarida innovatsion pedagogik faoliyatga har qachongidan ham koʻproq zaruriyat tugʻilyapti. Bu darslarni samarali oʻtish, vujudga kelishi mumkin boʻlgan ziddiyatlarni oqilona hal etish imkonini beradi. Binobarin, taʼlim xodimi – eng avvalo, innovator “xavfsiz sinovlar oʻtkazish” psixologiyasining bilimdoni boʻlishi kerak.
Oʻqituvchini aniq maqsadni koʻzlagan holda innovatsion faoliyatga tayyorlash – bu yaxlit, bir butun jarayon. U oʻzaro bogʻliq va bir-biri bilan shartlangan davrdan tashkil topgan: oliy taʼlim muassasalarida oʻqish va tarbiyalash, shuningdek, maxsus muassasalarda oʻqish va maktabdagi amaliy pedagogik faoliyatning oʻzaro almashib kelishi asosida tashkil qilingan OTMdan keyingi taʼlim. Qayd etib oʻtilgan davrlarni oʻqituvchi shaxsini bosqichma-bosqich rivojlantirib borishning yaxlit jarayoniga birlashtirilishi – uni innovatsion faoliyatga kiritishning asosidir.
Oʻqituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash konsepsiyasini yaratishda oʻqituvchi shaxsini shakllantirishning bir butun jarayonini loyihalashni va faoliyat olib borishini taʼminlovchi tizimli, refleksiv-faoliyatli, individual-ijodiy yondashuvlar asos qilib olinadi.
Masalan, tizimli yondashuv jihatdan – pedagogik taʼlimning barcha boʻgʻinlari innovatsion faoliyatning barcha komponentlarini ularning yaxlitligida yuzaga chiqishini maksimal darajada ragʻbatlantirishi kerak.
Refleksiv-faoliyatli yondashuvni amalga oshirish esa oʻqituvchining oʻz faoliyatiga nisbatan, faoliyat subyekti sifatida oʻquvchi shaxsini rivojlantirish borasidagi samaradorligini tanqidiy tahlil etish, mulohaza qilish va uni baholash maqsadida oʻziga nisbatan ham faol tadqiqiy mavqeiga kirishish qobiliyatini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Individual-ijodiy yondashuv oʻqituvchida ijodiy individuallikni aniqlash va shakllantirish, unda innovatsion ongni rivojlantirishni takrorlanmas faoliyat texnologiyasini taʼminlovchi shaxsiy darajaga olib chiqadi.
Xulosa qilib aytganda, pedagogni innovatsion faoliyatini yoʻlga qoʻyish obyektiv voqelikni qabul qilishdagi qarashlarini aniqlab beradi. Pedagogni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosi maʼlum maqsadlarga boʻysunuvchi bir necha oʻzaro aloqador va funksional komponentlarni oʻz ichiga olgan tizim sifatida ifodalanishi mumkin.Boʻlgʻusi oʻqituvchining innovatsion tayyorligi uzluksiz taʼlim sharoitida pedagogik innovatikaning toʻliq mazmun-mohiyatini egallash boʻyicha uning nazariy, amaliy va psixologik-fiziologik saviyasidir. Bunday tayyorlik pedagogik tizim natijasi sifatida nazariya va amaliyotning bir butunligini taʼminlash, oʻquv ishlariga vijdonan munosabatda boʻlishni tarbiyalash hamda ijodiy faollikni rivojlantirish asosida oʻquvchilarda maʼlum fanlar, umumkasbiy faoliyat koʻrinishlari boʻyicha bir butun bilimlar va malakalarni shakllantirishga koʻmak berishi kerak.

Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling