- Davlatning innovatsiyalar sohasida ta’sir ko‘rsatish usullarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvositaga ajratish mumkin. Ularning nisbati mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga va davlat tomonidan tartibga solishning shu munosabat bilan tanlangan konsepsiyalariga qarab belgilanadi.
- Innovatsion jarayonni davlat tomonidan tartibga solishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri usullari asosan ikki shaklda amalga oshiriladi: ma’muriy-idoraviy va dasturiy-maqsadli. Ma’muriy-idoraviy shakl innovatsiyalarga bevosita ko‘maklashish maqsadida qabul qilinadigan maxsus qonunlarga muvofiq amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Davlat tomonidan innovatsion jarayonni tartibga solishda bilvosita usullar ham muhim rol o‘ynaydi. Davlat innovatsion siyosatini amalga oshirishda qo‘llanadigan bilvosita usullar, bir tomondan, innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirishga, ikkinchi tomondan, - novatorlik faoliyati uchun qulay (ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik) muhitni yaratishga qaratilgan. Innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita usullari tarkibi, tuzilishi va mazmuni turli-tumandir - Davlat tomonidan innovatsion jarayonni tartibga solishda bilvosita usullar ham muhim rol o‘ynaydi. Davlat innovatsion siyosatini amalga oshirishda qo‘llanadigan bilvosita usullar, bir tomondan, innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirishga, ikkinchi tomondan, - novatorlik faoliyati uchun qulay (ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik) muhitni yaratishga qaratilgan. Innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita usullari tarkibi, tuzilishi va mazmuni turli-tumandir
Innovatsion faoliyat rivojlanishining huquqiy asoslari - Davlatning innovatsion jarayonga ta’sir etishning muhim elementi – huquqiy tartibga solishdir. Konstitutsiyasi ilmiy-texnik taraqqiyotni, innovatsion jarayonni moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirishning bosh omillaridan biri sifatida belgilagan.
- U davlat vazifasi sifatida ilmiy-texnik yutuqlarni xalq xo‘jaligi va ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida amalga oshishini tashkil etishni mustahkamlab, fuqarolarga ilmiy-texnik ijod erkinligini kafolatlaydi. Konstitutsiya me’yorlari innovatsiyalarni boshqarishning huquqiy reglamentatsiyasi uchun asos qilib olingan. Innovatsion jarayonning huquqiy ta’minoti odatda respublika miqyosida qabul qilingan qonunchilik va normativ aktlarga tayanadi. Bunday aktlar amaldagi qonunlar, Prezidenti farmonlari, Hukumat va markaziy boshqaruv organlari qarorlari, davlat va sohalararo standartlar, hamda hududiy qonunlar, respublika hukumatlari qarorlari va hokazolarni o‘z ichiga olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |