Innovatsion siyosati reja


Innovatsion faoliyat rivojlanishining huquqiy asoslari


Download 37.53 Kb.
bet3/3
Sana24.06.2023
Hajmi37.53 Kb.
#1654298
1   2   3
Bog'liq
innavatsion siyosat

3. Innovatsion faoliyat rivojlanishining huquqiy asoslari

Davlatning innovatsion jarayonga ta’sir etishning muhim


elementi – huquqiy tartibga solishdir. Konstitutsiyasi ilmiy-texnik
taraqqiyotni, innovatsion jarayonni moddiy va ma’naviy
ehtiyojlarni qondirishning bosh omillaridan biri sifatida belgilagan.
U davlat vazifasi sifatida ilmiy-texnik yutuqlarni xalq xo‘jaligi va
ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida amalga oshishini tashkil
etishni mustahkamlab, fuqarolarga ilmiy-texnik ijod erkinligini
kafolatlaydi. Konstitutsiya me’yorlari innovatsiyalarni
boshqarishning huquqiy reglamentatsiyasi uchun asos qilib
olingan. Innovatsion jarayonning huquqiy ta’minoti odatda
respublika miqyosida qabul qilingan qonunchilik va normativ
aktlarga tayanadi. Bunday aktlar amaldagi qonunlar, Prezidenti
farmonlari, Hukumat va markaziy boshqaruv organlari qarorlari,
davlat va sohalararo standartlar, hamda hududiy qonunlar,
respublika hukumatlari qarorlari va hokazolarni o‘z ichiga olishi
lozim.
Ta’kidlash joizki, ko‘pincha innovatsion jarayonni huquqiy
ta’minlash faqat innovatsiyalarni moliyalashtirish va
rag‘batlantirishga taalluqli me’yoriy-huquqiy hujjatlar (qonunlar,
farmonlar, qarorlar, yo‘riqnomalar) gacha toraytiriladi. Innovatsion
qonunchilik yanada keng ma’noda, innovatsion mexanizmning
nafaqat moliyaviy-iqtisodiy, balki uning tashkiliy, axborot,
boshqaruv va boshqa tarkibiy qismlarni qamraydigan ma’noda ko‘rilishi lozim. Bularga innovatsion faoliyatga ta’sir etishning ma’naviy-psixologik usullarning huquqiy ta’minotini ham kiritish lozim. Xarakteri va mazmuniga ko‘ra innovatsion qonunchilikda uch guruh me’yoriy-huquqiy aktlarni ko‘rsatish mumkin:
1) huquqiy maqomni o‘rnatadigan va innovatsiyalarni
boshqarish organlari tizimining shakllanishini belgilaydigan;
2) mazkur tizimning faoliyat ko‘rsatishini tartibga soladigan;
3) bevosita innovatsion mexanizmni va undagi jarayonlarni
belgilaydigan va tartibga soladigan.
Dastlabki ikki guruh bo‘yicha huquqning regulyativ
funksiyasi asosan strukturaviy masalalarni echish – boshqaruv
organlari tizimini tuzish, ularning kompetensiyasi, huquqlari va
uning ayrim bo‘linmalari majburiyatlarini belgilash bilan
cheklanadi. Uchinchi guruhda innovatsion jarayonni huquqiy
jihatdan tartibga solish masalasida innovatsion jarayonni tashkil
qilish, moliyalashtirish, rag‘batlantirish va rejalashtirish hamda
uning natijalarini ishlab chiqarishda tadbiq etish, shuningdek,
yangiliklarni ichki va tashqi bozorga chiqarish jarayonlari huquqiy
rejimiga muhim rol ajratiladi. Uchinchi guruhga taalluqli
me’yoriy-huquqiy aktlar muhimdir.
Innovatsion mexanizmning ba’zi elementlarini ularning
faoliyat ko‘rsatishini me’yoriy-huquqiy ta’minlash nuqtai
nazaridan qisqacha ko‘rib o‘tamiz. Innovatsion mexanizmning eng
barqaror, konservativ elementi – tashkiliy tarkibiy qismidir, ya’ni
tashkil qilish tiplari va ularning ichki tuzilishi, fan sektorlari,
innovatsion ishlarni amalga oshirish usullari. Innovatsion
mexanizm bozor munosabatlariga o‘tishdan oldin mavjud bo‘lgan,
va uning tashkiliy mexanizmi deyarli saqlanib qolgan.
Innovatsiyalarning tashkiliy mexanizmi o‘n yillar davomida o‘sha
vaqt me’yoriy-huquqiy aktlari (qonunlar, qarorlar, nizomlar va
h.k.) asosida shakllanib, umuman olganda o‘zini oqladi. Shu
sababli innovatsiyalar tashkiliy mexanizmining yuridik asosini
kardinal o‘zgartirishda zaruriyat yo‘q. Chunki bunday o‘zgarish
tashkil qilishning ko‘pgina tiplari maqomining ko‘p o‘zgarishlariga
va natijada – ularning proporsiyalari, aloqalari va faoliyat
ko‘rsatishi rejimi buzilishiga olib keladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Mamlakatda innovatsiya faoliyatining tashkil etilishi va rivojlanishi uchun, eng avvalo, quyidagi shartlarning mavjud bo’lishi va ta’minlanishi maqsadga muvofiqdir: davlat innovatsiya siyosati, investitsiya salohiyati, innovatsiya sohasi, innovatsiya infratuzilmasi, innovatsiya dasturi.
Innovatsion faoliyatni ishlab chiqarishga joriy etayotgan qariyb har bir kichik korxona uning tashkiliy muammolariga duch keladi. Bunday muammolarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • ilmiy-texnik yangiliklarni yaratish va shakllantirish;

  • loyihalarni, uning tashkiliy-me’yoriy hujjatlarini tayyorlash;

  • yangiliklarning tashqi va ichki muhitga moslashuvchanligini ta’minlash;

  • yangilikni ishlab chiqarishga joriy etish va ommaviy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va boshqalar.

O’zbekiston Respublikasida innovatsion sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash jamg’armasining tashkil etilishi orqali kichik biznes korxonalari innovatsion faoliyat har tomonlama rivojlanib boradi.
Innovatsion sohadagi manfaatlarini ta’minlash va faoliyatini rag’batlantirish orqali davlat ahamiyatiga molik muammolarni quyidagi asosiy vazifalar bilan hal etish mumkin:

  • Innovatsion faoliyatini takomillashtirish hamda ishlab chiqarishning ilmiy-texnik darajasini oshirish;

  • Innovatsion faoliyatni rag’batlantirish maqsadida korxonalarda hamkorlik va kooperatsiya aloqalarini qo’llash;

  • zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan foydalanish maqsadida ilmiy parklar va texnoparklar faoliyatini tubdan takomillashtirish;

  • Innovatsion faoliyatni moliyalashda xorij tajribasini o’rganib chiqib, amaliyotga tatbiq etish va boshqalar.

Davlatda innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishga yordam beradigan quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
innovatsion marketing texnologiyalari joriy etilmagan bo’lsa, innovatsion faoliyati samarasiz yakunlanishi ma’lum. Shu bois, innovatsion marketingni tashkil etish va undan foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki, innovatsion marketing texnologiyalari o’z vaqtida samarali joriy etilishi yangi tovarni ishlab chiqish bilan bog’liq risklarni pasaytiradi, potensial talabni baholash, bozorning maqsadli segmentini aniqlash imkonini beradi. Raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishda, ushbu tovarlarning bozordagi holatini aniqdashda ularning ishlab chiqarilishi, dizayni, servis xizmati, korxonaning va mahsulotning imidji, tovar o’rovi va ushbu omillarning nisbatini hisobga olish talab etiladi.
Download 37.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling