Innovatsion siyosati reja


Download 37.53 Kb.
bet1/3
Sana24.06.2023
Hajmi37.53 Kb.
#1654298
  1   2   3
Bog'liq
innavatsion siyosat




Innovatsion siyosati



REJA

1.Davlat innovatsion siyosatining shakllanishi va uning


asosiy yo‘nalishlari

2.Innovatsion sohada davlat tomonidan tartibga solish


usullari

3. Innovatsion faoliyat rivojlanishining huquqiy asoslari



1. Davlat innovatsion siyosatining shakllanishi va uning
asosiy yo‘nalishlari

Davlat innovatsion siyosati innovatsion faoliyatni


kuchaytirish, uning samaradorligini oshirish va natijalarini
mamlakatning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ijtimoiy
ehtiyojlarni to‘liq qondirish maqsadida keng qo‘llashga qaratilgan
chora-tadbirlar majmuidir. U uch bosqichdan iborat:

- innovatsion faoliyat rivojlanishining ilmiy asoslangan


konsepsiyalari (qarashlar tizimi) ning ishlanmasi – innovatsion
salohiyat holatining tahlili asosida amalga oshiriladi;
- davlat tomonidan innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashning
asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
- innovatsion faollikni oshirishga qaratilgan qo‘yilgan
maqsadlarni bajarish bo‘yicha amaliy harakatlarni amalga oshirish.
Innovatsion siyosatda ikki yo‘nalishni ajratish lozim –
strategik va taktik. Davlat innovatsion siyosat strategiyasi
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy
rivojlanishining uzoq muddatli konsepsiyalari asosida shakllanadi.
Innovatsion siyosat strategiyasini tanlash davlat tomonidan
innovatsion faoliyatni tartibga solishning asosiy yo‘nalishlarni
belgilashni va ilmiy salohiyatni qo‘llashni, innovatsion
rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga muvofiq bosh
maqsadlarni belgilashni taqozo etadi. Taktika esa ulkan
samaradorlik bilan ushbu maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan
joriy maqsadlar va aniq chora-tadbirlarni belgilashni taqozo etadi.
Taktik vositalar – bu tadqiqot va loyihaviy-konstruktorlik
ishlanmalarni moliyalashtirish, moddiy-texnik va axborot
ta’minoti, kadrlarni saralash, innovatsion rivojlanish chora-
tadbirlarini amalga oshirish uchun huquqiy va tashkiliy shart-
sharoitlarni yaratish.
Davlat innovatsion siyosatning, uning shakllanish usullari va
innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlarining
samaradorligi ma’lum darajada ilmiy-texnik yetakchilikda o‘z
aksini topadi. U xalqaro miqyosda namoyon bo‘ladi: ilmiy-texnik
axborot natijalari (litsenziyalar, patentlar va h.k.)ni eksportini
kengaytirish, tayyor yangiliklar eksportini ko‘paytirish, boshqa
mamlakatlarga beg‘araz ilmiy-texnik innovatsion keng yordam
ko‘rsatish. Ilmiy-texnik yetakchilik – bu davlat innovatsion
siyosatini shakllantirish va olib borish bo‘yicha tanlangan strategik
yo‘l va taktik harakatlar to‘g‘riligini isbotlashdir. Ilmiy-texnik
yetakchilik tadqiqotlar yo‘nalishlarining to‘g‘ri tanlanganligi natijasidir (selektiv va frontal usullarini qo‘llash). To‘g‘ri tanlov rivojlanishida ustuvorlikka ega bo‘lgan yo‘nalishlarda yetakchilikka olib kelishi lozim.
Davlat innovatsion siyosati asosan innovatsion jarayonlarni
amalga oshirish uchun qulay iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy, axborot
va ijtimoiy-psixologik sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Innovatsion siyosatning ushbu sharoitlari va shakllanish usullarining turli-tumanligi davlat tomonidan innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Davlat tomonidan innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

1) ilmiy (fundamental, izlanish, amaliy) tadqiqotlar, avvalambor, istiqbolli yo‘nalishlarning rivojlanishiga yordam ko‘rsatish;


2) innovatsion faoliyatning kadrlar bilan ta’minlanishi;
3) innovatsion faollikni oshirishga qaratilgan ishlanmalarga
(hukumat idoralari doirasida) ko‘maklashish;
4) keyinchalik (ichki va tashqi) bozorda keng tarqaladigan
ko‘pgina yangiliklarga boshlang‘ich talabni ta’minlaydigan
innovatsion ishlanmalarni o‘tkazishga shartnomalar ko‘rinishida
davlat buyurtmalarini shakllantirish;
5) davlat tomonidan tartibga solishning ayrim firma (korxona) larning innovatsion qarorlari zarurligi va samaradorligini ta’minlaydigan, tashqi muhitning kuchaytiruvchi ta’sirlarini shakllantiradigan fiskal va boshqa vositalarini qo‘llash;
6) davlatning turli fan sektorlari (akademik, sohaviy, otm va
zavod) ning samarali o‘zaro ta’sirini tashkil etishda va innovatsion
ishlanmalar sohasida sanoat firmalari (korxonalar, aksionerlik
jamiyatlari) va oliy ta’lim muassasalari (universitet, akademiya,
institutlar) o‘rtasida kooperatsiyani kuchaytirishda vositachi rolida
ishtirok etishi;
7) hududlarda innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish;
8) innovatsion faoliyatning huquqiy bazasini yaratish;
9) innovatsion jarayonlar sohasida xalqaro aloqalarni tartibga
solish.
Keyingi ikki yo‘nalish davlatning innovatsion faoliyatni
qo‘llab-quvvatlashda ishtiroki nuqtai nazaridan muhimdir. CHunki
innovatsion faoliyatni huquqiy tartibga solish davlatning alohida
imtiyozidir, innovatsion jarayonlar sohasida xalqaro aloqalarni
tartibga solish ham davlat tomonidan amalga oshiriladi.
Innovatsion faoliyatda davlat tomonidan xalqaro aloqalarni
tartibga solish shakllari turli-tumandir. Ayrimlarini sanab o‘tamiz:

- xorijiy innovatsion investitsiyalarni rag‘batlantirish;


- eng istiqbolli, ustuvor hamkorlik yo‘nalishlarini asosli tanlash;
- innovatsion ishlanmalar (texnologiya, mahsulot, retsepturalar) ning bojxona tomonidan tartibga solinishi va eksport nazorati;
- kichik innovatsion tadbirkorlikning xalqaro kontakt (aloqa) larini qo‘llab-quvvatlash;
- ko‘p tomonlama (ikki tomonlama) xalqaro innovatsion loyihalarni moliyalashtirish;
- qo‘shma innovatsion loyiha va ishlanmalarni amalga
oshirishda ishtirok etadigan mamlakatlar (yoki tashkilotlar) uchun
maxsus soliq va kredit imtiyozlarini qo‘llash;
- mamlakatda xalqaro standart va me’yorlarni joriy etish.
Bundan tashqari, ushbu sohada davlat tomonidan tartibga
solish shakllariga quyidagilar kirishi mumkin: xorijiy
mamlakatlarga ilmiy-texnik ko‘makni kengaytirishning federal
dasturlari; ma’lum darajada innovatsiyalar masalalari bilan
shug‘ullanadigan xalqaro tashkilotlar (YUNESKO, OESR,
YUNIDO, YUNKTAD, MAGATE) ishida ishtirok etish; xalqaro kelishuvlarga qo‘shilish (masalan, intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga); xalqaro innovatsion aloqalarni yuridik jihatdan tartibga soluvchi maxsus qonunchilik akt va me’yorlarni yaratish; xalqaro patent-litsenzion operatsiyalarda ishtirok etish va h.k.



Download 37.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling