Innovatsion sug`urta xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish


Download 140,24 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi140,24 Kb.
#1442568
  1   2   3
Bog'liq
Moliyaviy risklar va ularni minimallashtirish metodlari

Moliyaviy risklar va ularni minimallashtirish metodlari

REJA:

  • REJA:
  • Kirish
  • Moliyaviy risklarni tasniflanishi.
  • Moliyaviy risklarning turlari.
  • Risklarni boshqarish va minimallashtirish usullari.
  • Xulosa
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  •  
  • Xo’jalik subyektlari o’z faoliyati jarayonida amalga oshiradigan moliyaviy-xo’jalik munosabatlarida moliyaviy yo’qotishlar ehtimoli yuzaga keladi. Mazkur moliyaviy yo’qotishlar moliyaviy risklar sifatida tavsiflanadi. Xo’jalik subyektlari faoliyatining maqsadi, raqobatdoshlik sharoitida maksimal darajada foyda olishga qaratiladi. Har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishida davlatning va xo’jalik boshqaruvi organlarining zarur moliyaviy resurslarga egalik qilishi muhim o’rin tutadi. davlat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat yuritishi uchun me’yoriy va institutsional tuzil­ malarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o’z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun moddiy, amaliy, tashkiliy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi.
  • Ayniqsa, bugungi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoiti davrida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish quroli bo’lgan bozor asoslarining ahamiyati ortib bormoqda. Hozirda bozor operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarida turli risklarni hisobga olish, baholash va boshqarish muhim masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun mavzuning o`rni oliy malakali kadrlarni tayyorlashda ahamiyatlidir. Ushbu mavzuni o’rganib chiqishdan maqsad – moliyaviy risklarni tahlil qilish, baholash va boshqarish bilan bog`liq zaruriy nazariy ko`nikma va malaka shakllantirish. Mening vazifam moliyaviy risklar, bozor risklarini baholash va boshqarish bilan bog`liq nazariy va amaliy bilimlarni o`rganishdan iborat.
  • Moliyaviy risklar nazariyasi fani moliya sohasida yuzaga keluvchi xavf-xatar va risklarni tasniflash sohasida kasbiy bilim beruvchi, bo’lg’usi moliyachilarni mazkur risklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishga yo’naltiruvchi, hamda risklarni baholash va boshqarishning asosiy qonunlarini o’rgatuvchi fandir. Ma’lumki, moliya sohasida risklarni minimallashtirishga risk strategiyasini ishlab chiqish orqali erishish mumkin. Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan xom-cho’t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan salbiy xolatlarga yo’l qo’ymaslik yoki ularning ta’sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig’indisini o’z ichiga oladi.
  • “Risk” atamasi yevropaning ko`p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda “ridsikon” so`zi mavjud bo`lib, u qoya, cho`qqi ma`nosini bildiradi. Italiyaliklar tilida “risiko” so`zi xatar, tahdid ma`nosini, “risicare” so`zi qoyadan mohirona o`tish ma`nosini bildiradi. Frantsuzlardagi “risdoe” so`zi tahdid, qoyani aylanib o`tmoq ma`nosini beradi. Iqtisodiy lug`atlarda risk – xavf-xatar, zarar va yo`qotish ehtimoli, xavf ehtimoli yoki muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish ma`nosida kelishi ko`rsatilgan.
  • “Risk” so`zi ispancha-portugalcha so`zdan olingan bo`lib, “suv ostidagi qoya” degan ma`noni bildiradi. Taniqli lug`atshunos S.I.Ojegovning rus tili izohli lug`atida “risk - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisaga umid” degan ma`no anglatadi deyilsa, mashhur Vebster lug`atida riskka “xavf, zarar va talafot ehtimoli” deb qaralgan. V.T. Sevryuk “risk - bu hol, bir ishlab chiqaruvchining situativ holati” degan ta`rifni bergan bo`lsa, rus olimi A.Ol shanskiy “risk -bu zarar ko`rish yoki manfaatni qo`ldan chiqarish bilan bog`liq ehtimollar o`lchamidir”5, degan ta`rifni keltiradi.
  • Risk nazariyasini o`rganishda klassik maktab namoyondalari muhim hissa qo`shishgan. A.Smit risk va foyda o`rtasidagi o`zaro proportsionallik tushunchasini oydinlashtirishga harakat qilgan. Uning ta`kidlashicha, “riskli holatlar yuqori bo`lgan maydonda qonun bo`yicha daromad kichik bo`ladi, bu esa o`z navbatida kutilayotgan daromad darajasini ko`paytirish uchun usullar salmog`i yanada ortib boradi”.
  • Taniqli lug`atshunos S.Ojegovning rus tili lug`atida “risk - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisadan umid” ma`nolarini anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera lug`atida “risk - bu xavf, zarar yoki talofat ko`rish ehtimoli”6, deb ifodalangan.
  • Riskning rag`batlanturuvchi funksiyasining ikkita jihati bor, ya`ni konstruktiv va destruktiv. Konstruktiv jihati shunday bir holatda yuzaga keladiki, bunda risk iqtisodiy qarorlarni hal qilishda katalizator rolini o`ynaydi, ayniqsa innovatsion, investitsion qarorlarni qabul qilishda. Destruktiv ko`rinishi esa asoslanmagan risk bilan qabul qilingan va amalga oshirilgan qarorlar natijasida yuzaga keladi.
  • Riskning himoyalovchi funksiyasi ham ikki jihatga ega: tarixiy-genetik va ijtimoiy - huquqiy. Tarixiy-genetik jihati shundan iboratki, insonlar doimo stixiyali tarzda kutilmagan noxush voqealardan o`zlarini asrash shakllari va vositalarini izlaydilar. Amaliyotda bu sug`urtalangan rezerv fondlarini tashkil etish, tadbirkorlik risklarini sug`urtalash kabi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Ijtimoiy-huquqiy jihati esa, xo`jalik, mehnat, jinoiy qonun hujjatlari to`plamida risk kategoriyalarini joriy qilishda namoyon bo`ladi. Bulardan tashqari riskning yana quyidagi xususiyatlari mavjud bo`lib, ular qarama- qarshilik, alternativlilik va noaniqliklardir.

Download 140,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling