Innovatsion tadbirkorlik faoliyatda marketing tizimi


Operativ innovatsion marketing


Download 83.5 Kb.
bet5/6
Sana15.10.2023
Hajmi83.5 Kb.
#1704074
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
22222Innovatsion tadbirkorlik faoliyatda marketing tizimi

Operativ innovatsion marketing
Iqtisodiy rivojlanishning innovatsion turi hammadan avval
determinatsiyalanganlikni keskin pasayishi va umuman tizimi murakkablashishini bildiradi. Tashqi muhitning o’zining sotsial va siyosiy janjallari va iztiroblari,
axborotli va texnologik o’zgarishlari bilan yuqori faolligida iqtisodiy tizim va uning
tuzilma tashkil qiluvchi xulqi borgan sari ehtimolli va oldindan aytib bo’lmaydigan xarakterga ega. Bunday sifatlarda korxonalarni yashab qolishi rahbarlarning qobiliyati, ularni kutilmagan vaziyatlarda to’g’ri yo’lni tanlay bilishlar, xatarni ko’ra
olishlariga to’g’ridan to’g’ri bog’liq. Novatorlik firmasi rivojlanishining mantiiqi og’irlik markazini operativ taktik rejalashtirish va boshqarishdan strategik darajaga, boshqaruvning yangi turini shakllantirish darajasi- innovatsion marketingga
ko’chishiga olib keladi. Unda an`anaviy tamoyillarning har xil fragmentlari saqlanib qolinadi, ammo ulardan vaziyatli tahliliga nisbatan qo’llanishida foydalaniladi. Bu
yangiliklar, sarmoyalar manbalari va yangi bozorlarni uzluksiz qidirish sharoitlarida firma qobiliyatini muvofiqlashtirishga imkon beradi.
Innovatsion marketingda samarali rahbarlikning usullari, yondoshishlari va yo’llari vaziyatga muvofiq o’zgaradi. Innovatsiyalar yashash davrining har bir bosqichida marketingning har xil usullari va yondoshishlari, har xil stratgeiyasi va
taktikasi talab qilinadi. Yangi tovarni sotish kanallarini pozitsiyalashtirish (joylashishi)ni shakllantirishni o’z ichiga oluvchi yangilikni bozorga kirib borishi strategiyasi va
taktikasi marketing tadbirlarining muhim yo’nalishi bo’ladi. Joylashtirish-yangilikni bozorda mavjud bo’lgan tovarlar qatoridagi joyini belgilash tizimini bildiradi.
Joylashtirishdan maqsad -yangilikni bozordagi o’rnini mustahkamlashdir.
Yangi tovarni joylashtirish hammadan avval yangilik va mavjud bo’lgan
tovarlar o’rtasidagi raqobatni bildiradi.
Innovatsiyani joylashtirish - bu uning mavjud bo’lganlar qatoridagi o’rinni belgilashdan iboratdir. Masalan, marketing nuqtai nazaridan innovatsiya ostida
analoglariga ega bo’lmagan sifatan yangi tovarni, ushbu firma yoki ushbu bozor uchun yangi va mamlakat va xorij amaliyotida analogiga ega imitatsiya qilingan tovarni va qo’llashning yangi sohasiga ega tovarni tushunish mumkin. Tubdan yangi
tovar bozor yangiligi bo’lgan tovardan, modifikatsiyalangan tovardan, alplikant tovar, substitut tovardan farqlanadi, ya`ni har qanday innovatsiyaning belgilanishi bo’yicha 294
to’ldiruvchi, o’rinni almashtiruvchi va siqib chiqaruvchi yangilik kiritishlardan farqlay olish kerak. Bu jihat innovatsiyani ishlab chiqarish bosqichida alohida rol'
o’ynamaydi, ammo yangilik kiritishni bozorga kirishida hal qiluvchi ahamiyatni kasb etadi. Innovatsiyaning muvaffaqiyati va marketingning strategiyasi ana shunga bog’liqdir.
Joylashtirish marketing faoliyatining har xil: sotish, reklama, tovar, narx, servis va h.k. yo’nalishlariga ta`sir ko’rsatadi. Innovatsion marketing kontseptsiyasi nafaqat
Yangi xaridorlarni qo’lga kiritishni, balki firmaning Raqobat afzalliklaridan muvofiq foydalanish, korxona faoliyati sohalarini keng yoyish va kengaytirish va Yangi
sohalar va Yangi bozorlarni bosib olish hisobiga ta`sir ko’rsatish sohasini ko’paytirishni ko’zda tutadi.
Innovatsion marketing uchun marketingning barcha tadbirlari, ishlab
chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlarning navlari, o’zaro bir birlarini to’ldiradigan vao’zaro bog’liq bo’lishini bildiruvchi sinergizm tamoyili muhim bo’ladi.


Xulosa
Marketing xizmatlari marketing xarajatlari va daromadlarini baholashga
alohida e`tiborni qaratadi. Xarajatlarni baholash uchun ishlab chiqarish va sotishlarning doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarini tahlil qilish, daromadlar bo’yicha narxning o’zgaruvchanligini belgilash, raqiblarning narx siyosatini o’rganish zarur.
Mahsulotni bozor tomon harakatlantirish (reklama, jamoatchilik bilan aloqa, sotishni rag’batlantirish va h.k.) xarajatlari, hamda sotishdan keyingi va servis xizmatini ko’rsatishning qiymati baholanadi. Marketingdan daromadlarni baholash quvvatlarni
muvofiq yuklanishi maqsadga muvofiq ishlab chiqarish dasturlari va sotishlar hajmini talab, mahsulotning ta`riflari va turlari o’zgarishiga ko’ra bashoratlashni hisobga olinishiga ega muqobil yondoshishlarni hisobga olish bilan o’tkazilishi kerak

Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling